Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
ilovepdf merged (2)

Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi 
Jismoniy tarbiya darslari bilan bogʻliq masalalarning eng muhimi uni qanday 
tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlari haqidagi gapirishdan avval uni 
qanday strukturaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va aniqlash kerak 
boʻladi. Avvaligi dars haqida fikr bildira etib uni tarkibiga kiritilgan jismoniy 
mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab “dars sxemasi” atamasi 
qoʻllanila boshlandi. Keyinchalik darsga qoʻyilgan vazifalar va ularni hal qilish 
uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning me’yoriga qarab “dars rejasi” degan 
atamalar qoʻllanildi. “
Darsni strukturasi
” degan atama birinchi marotaba 
V.V. 
Belinovich
tomonidan (1939) qoʻllanildi va oʻrinli ravishda darsni tuzilishi deb 
toʻgʻri nomlandi. Belinovich tuzilishi darsning vazifalari va jismoniy tarbiyani 
mazmuniga qarab belgilanishini uqtiradi.
N.N. Efremov
(1959) birinchi marotaba “
darsning tuzilishi
” degan 
tushunchaga ta’rif berishga urindi va dars strukturasi deganda mashgʻulotni 
tarkibiy (
kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov
) qismlarini oʻzaro joylashishi va 
munosabatini nazarda tutdi xolos. K.A. Kuzminaning fikricha (1960) esa 
darsning 
tuzilishi – bu uni qismlarining soni, ularning ahamiyati va mazmuni, ketma-
ketligi va darsni har bir qismini davomiyligi 
deb ta’rif berdi. Darsni tuzilishiga 
oid maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Lekin hozirgi 


kunda bu baxslarga chek qoʻyilgan va darsni tuzilishini uch qismli tarkibga ega 
deb qabul qilingan. Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda 
foydalaniladigan dars konspekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi oʻqituvchini 
darslarga mashqlarni oqilona tanlashga, materiallarni toʻgʻri joylashtirish va 
darsdagi yuklamani me’yorini aniq belgilashga yordam beradi. 
Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil 
oʻrganishni yoʻlga qoʻyadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal qilishda 
qoʻllaniladigan ta’limning uslubiyatiga aniqlik kiritadi va uni qoʻllash uchun 
darsning qismlari yoki ularning ayrim boʻlaklaridan qanday foydalanish 
lozimligini belgilaydi. 
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish 
koʻpincha shugʻullanuvchilar organizmidan ma’lum darajadagi zoʻriqishini 
vujudga keltiradi, shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayyor 
boʻlishi kerak. 
Buyuk rus olimi I.P. Pavlov organizmni qiyin vazifalarni hal etishga tayyor 
boʻlishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash ma’lum 
fiziologik qoidalarga asoslanishni taqazo etadi deb uqtirdi. Bu koʻrsatma 
oʻqituvchi zimmasiga shugʻullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik 
vazifalarni hal qilish darsning boshida emas ma’lum tayyorgarlikdan soʻng, 
mashgʻulotlarni, darslarni oxirida hal qilinishi lozimligini, shu mashgʻulotdagi 
asosiy vazifalarga shugʻullanuvchilarning organizmini uyushtirish, zarur kayfiyatni 
vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni bajarishga, mashqni oʻrganishga 
boʻlgan ishtiyoqni shakllanishini mashgʻulotlar davomida talab darajasiga koʻtarish 
lozimligiga toʻxtaldi. 
Oʻquvchilar tomonidan asosiy vazifalarni hal qilish koʻpincha 
shugʻullanuvchi zoʻr berayotgan ya’ni uni faolligini oshgan davriga toʻgʻri 
kelshligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zoʻriqish va 
kuchli emotsiional holatdan vazmin holatga birdan oʻta olmaydi. Shunga koʻra 
darsni tuzishda xotirjam holatga oʻtish va mashgʻulotlarni uyushtirilgan ravishda 
tugallash maqsadga muvofiq boʻladi. 


Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligi haqida yuqorida fikr bildirdik 
va ular 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə