Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


-Ma’ruza  Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78
ilovepdf merged (2)

5-Ma’ruza 
Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan
jismoniy tarbiya tizimi 
Reja: 
1.
Mashgʻulotgacha oʻtkaziladigan gimnastika. 
2.
Jismoniy mashq daqiqalari. 
3.
Katta tanaffusdagi oʻyinlar. 
4.
Kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport soatlari. 
Kalit soʻzlar: 
“dars, darsdan tashqari shakllar”, jismoniy tarbiyaning 
darsdan va sinfdan tashqari shakllari, kirish gimnastikasi, jismoniy tarbiya 
daqiqalari, katta tanafusdagi oʻyinlar, kuni uzaytirilgan guruhlarda jismoniy 
tarbiya mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish. 
 
Umumta’lim maktablari kun tartibidagi jismoniy sogʻlomlashtirish 
tadbirlari, tashkiliy metodik koʻrsatmalar mazmuni, vazifasi va maqsadi jismoniy 
tarbiya boʻyicha oʻquv dasturida mkammal yoritilgan. Ularga quyidagilar kiradi: 
Darsgacha gimnastika mashqlari. 
Uning maqsadi: oʻquvchilarning aqliy ish 
qobiliyatlari va oldilarida turgan oʻquv faoliyatlariga istak bildirishi hamda badan 
a’zolarida salbiy siljishlarni ogohlantirish, uzoq vaqt harakatsizlikda boʻlgan 
vaziyatni yoʻqotish. Maktabda darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika har kuni 
birinchi darsdan oldin oʻtkaziladi. Oʻquvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, 
bir tomondan, ularning sogʻligʻini mustahkamlash boʻlsa, ikkinchi tomondan
oʻquv materiallarini puxta oʻzlashtirishga erishishdir. Darsdan oldin oʻtkaziladigan 
gimnastika oʻquvchilarning diqqatini faoliyatga jalb etadi va ularni darsga 
tayyorlaydi.
Maktabga bolalarning ba’zi birlari oldin kelsa, boshqalari gimnastika 
boshlanish paytiga etib keladilar. Oʻquvchilarning ba’zi birlari maktabga kelgunga 
qadar oʻynab, yugurishga ulgurgan boʻlsa, boshqalari kechikmaslik uchun 


shoshilib kelishadi, ba’zi birlari shoshilmasdan, lanj holatda keladilar, ya’ni 
hamma oʻquvchilarning ham dars boshlanishidan oldin diqqati bir yerga 
toʻplanmagan boʻladi. Shuning uchun ularning diqqatini bir joyga toʻplash va 
ularni aqliy mehnatga tayyorlash lozim. Ana shuning uchun ham mashgʻulotdan 
oldin oʻtkaziladigan gimnastika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar 
bolalarni tinchitadi, ulardagi hayajonlanish holatini bosadi, boshqalarni 
tetiklashtiradi. 
Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani har bir maktabda oʻtkazish shart. 
Maktab ma’muriyati va jismoniy tarbiya oʻqituvchilari bu tadbirni yaxshilab yoʻlga 
qoʻyish uchun oʻqituvchilar jamoasi oʻquvchilar, ota-onalar bilan birgalikda 
tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerak. Agar pedagoglar yigʻilishida darsdan oldin 
oʻtkaziladigan gimnastika jiddiyroq muhokama qilinsa, bu holda gimnastika 
maktab hayotiga tezroq singadi. 
Mashgʻulotgacha gimnastika oʻtkazilishi maktab direktorining buyrugʻi 
bilan e’lon qilinsa, yanada yaxshi boʻladi, chunki bu holda oʻquvchilarning 
intizomi yaxshilanib, bu muhim tadbirga butun jamoa safarbar qilinadi. Jismoniy 
tarbiya oʻqituvchisi darsdan oldin gimnastika mashqlarini oʻtkazish uchun eng 
yaxshi oʻquvchilar va faollarni oʻziga yordamchi qilib tayyorlashi kerak. 
Oʻquvchilarga mashqlar kompleksini jismoniy tarbiya darslarida oʻrgatish 
mumkin. Ular esa bu komplekslarni uyda oʻzlari mustaqil ravishda puxtalaydilar. 
Jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha yoki butunlay ozod etilgan oʻquvchilar 
vrachning maslahi bilan uyda har kuni ertalab gigienik gimnastika mashqlari 
kompleksini bajarishlari lozim. 
Koʻpchilik maktablarning tajribasiga asosan, oʻquvchilarda darsdan oldin 
oʻtkaziladigan gimnastikaga havas uygʻotish uchun sinflararo musobaqa tashkil 
etilib, maxsus salomatlik burchagi tuzish, unga natijalarni yozib borish shart. 
Buning uchun faollardan hakamlar tanlanib, ular har bir sinfning mashqlarni 
bajarishi, xulqi, faolligini baholaydilar. Oʻquvchilarning uyushqoqligi koʻp 
jihatdan ular bilan olib borilgan tayyorgarlik ishlariga bogʻliq boʻladi. Mashqlarni 
bajarish uchun har bir sinfga maydondan alohida doimiy joyni ajratib qoʻyish 


lozim. Mashqlarni jamoatchi faolning navbatchi oʻqituvchiga raport berishidan 
boshlash kerak. Gimnastika mashqlari musiqa bilan oʻtkazilsa yanada yaxshi 
boʻladi. 
Darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika 8-10 daqiqa davom ettiriladi. 
Kichik sinflarda mashqlarni bajarish vaqti 5-7 daqiqagach kamaytiriladi. 
Har bir mashqlar kompleksini oʻquvchilarga 10-15 kun davomida bajartirish 
mumkin. Oʻquvchilarda mashq bajarishga boʻlgan havasni oshirish maqsadida har 
ikki-uch kundan keyin kompleksning biror qismini oʻzgartirib turish lozim. 
Darsdan 
oldin 
bajariladigan 
gimnastikaning 
asosiy 
mazmunini 
umumrivojlantiruvchi mashqlar tashkil qilib, ular butun organizmni, barcha 
muskullarni rivojlantirishga qaratilgandir. Hamma oʻquvchilarni birvarakayiga 
joylashtirish imkoniga ega boʻlgan maktablarda bu mashqlarni yurish, yugurish 
harakatlari bilan toʻldirib borish tavsiya etiladi. Mashgʻulotgacha oʻtkaziladigan 
gimnastika mashqlarini ham muayyan bir izchillikda qoʻllash, ularning organizmga 
ta’sirini asta-sekin oshira borish kerak. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani 
yurishdan, muskullarga me’yorda ta’sir etadigan harakatlardan boshlash, birdan 
zoʻr berib bajariladigan mashqlarni qoʻllamaslik kerak. 
Kompleks tanlashda barcha muskullarni rivojlantiradigan mashqlarga e’tibor 
beriladi. Ularni vaqti-vaqti bilan navbatlantirib turiladi.
Birinchisi - mashqlar qon aylanishini yaxshilaydigan, chuqur nafas olish va 
qaddi-qomatning toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan “kerishish” shaklidagi 
mashqlardan iboratdir; 
Ikkinchisi - oyoqlarni bukish va qonning butun organizmga tekis tarqalish 
imkonini beradigan “choʻqqayish” shaklidagi mashqlar; 
Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchilari - gavda muskullarini rivojlantiruvchi 
mashqlar. Ular qorin muskullarini mustahkamlaydi va ichki a’zolarning me’yor 
holatini, me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Bu mashqlar orqa muskullarni ham 
rivojlantirib, qomatni toʻgʻri shakllantiradi, bukurlikning oldini olib, gavdaning 
qovurgʻa muskullarini mustahkamlash imkonini beradi; 


Oltinchisi - siltanish harakatlaridan iborat boʻlgan mashqlardir. Bunday 
mashqlar natijasida boʻgʻimlar chaqqon ishlaydi, bilak, oyoq va koʻkrak qafasi 
yaxshi rivojlanadi; 
Yettinchichi - sakrash, yugurish va chaqqonlik bilan choʻqqayish mashqlari 
boʻlib, ular nafas olish va qon aylanishini kuchaytirib, barcha ichki a’zolarning 
faoliyatini faollashtiradi. 
Mashgʻulotgacha oʻtkaziladigan gimnastika toʻrgan joyda yurish, chuqur 
nafas olish va toʻgʻri qomat his qildiruvchi mashqlar bilan tamomlanishi lozim. 
Maydonda yoki bino ichida har bir sinfni bemalol joylashtirish imkoniyati 
boʻlgan paytlarda mashqlarni buyumlar bilan oʻtkazish tavsiya qilinadi. 
Buyumlarni maydonchaga oldindan shunday joylash kerakki, oʻquvchilar saf 
tortish yoki darsdan oldin oʻtkaziladigan gimnastika mashqlarini bajarish uchun 
oʻz joylariga kelganlarida ularni qoʻllariga olish qulay boʻlsin. 
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi: hordiqni chiqarish, oʻquvchilar 
ish qobiliyatini oshirish.
Ma’lumki, bola uzoq vaqt qimirlamasdan oʻtirishi natijasida, qoʻl va oyoq 
barmoqlarining, tos, qorinning qon bilan ta’minlanishi susayadi. Bosh miyaning 
qon bilan ta’minlanishini yomonlashuvi esa bolalar asab hujayralarining ish 
faoliyatiga salbiy ta’sir etadi, bu esa oʻz navbatida, bola diqqatligiga ham salbiy 
ta’sir koʻrsatadi. Bola charchaydi, uning ish qobiliyati pasayadi, mashgʻulotlardan 
chetlashadi,diqqatsiz, har narsani unutadigan boʻlib qoladi, oʻquv materiallarini 
oʻzlashtira olmaydi. Aqliy va jismoniy yuklamani oʻz vaqtida almashtirib turish, 
ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish faoliyatida muhim oʻrin tutadi. 
Olimlarning kuzatishlaricha, birinchi sinf oʻquvchilari 15-20 daqiqa 
davomida diqqat bilan oʻtirishlari mumkin ekan. 35 daqiqali mashgʻulotdan keyin 
ularda ish qobiliyati keskin susayadi. Dars paytida koʻrish va eshitish organlari, 
tana,ayniqsa, orqa kurak qismi muskullari, qoʻl barmoqlari koʻproq yuklama oladi. 
Charchashning boshlangʻich holatida markaziy nerv tizimini qoʻzgʻatuvchi 
jarayonida oʻquvchilar xulqi tez oʻzgaradi: oʻqish faoliyatidan chetlashadilar, 


oʻqituvchining tushuntirishini e’tiborsizlik bilan tinglaydilar, gaplashadilar, 
oʻrinlaridan turib ketadilar. 
Mana shunday holatda 2-3 ta jismoniy mashqlarni toʻgʻri tanlash 
charchashni yoʻqotadi, oʻquvchilar diqqatini yaxshilaydi, ularning ishlash 
qobiliyatini oshiradi. 
Jismoniy mashq daqiqalari oddiy, murakkab koordinatsiyani talab etmaydigan 2-3 
ta mashqlar kompleksidan iborat boʻlib, ular qoʻllar, tana, bosh, oyoq uchun 
moʻljallangandir. Muskullarning katta qismini qamrab oladigan va asosan statik 
kuchlanishni yoʻqotadigan, nafas olishni faollashtiradigan, qon va limfa 
aylanishlarini kuchaytiradigan mashqlar kompleksi tanlab olinadi.
Jismoniy mashq daqiqalarini hamma darslarda oʻtkazish shart. Oʻquv 
faoliyatining turiga qarab mashqlar oʻtirgan yoki toʻrgan holda bajariladi. 1-2-
daqiqagacha davom etadigan 3-4-mashqlarning har biri 4-6 marta takrorlanadi. 
Kompleksning 1-mashqi qoʻllarni harakatlantirgan holda turlicha dastlabki 
holatlardan choʻzilish, toʻgʻrilanish, hamma boʻgʻinlarda egilish mashqi boʻlishi 
kerak. 2-mashqi tanani oʻngga, chapga burish, oldinga va orqaga engashishdan,3-
mashqi oyoqlarni bukish va toʻgʻrilash, tizzada bukilgan oyoqlarni koʻtarish, 
partada oʻtirgan holda turish va dastlabki holatga qaytish, toʻrgan holatdan oʻtirish 
va hakazolar. 4-mashqi esa tinchlantiruvchi va oddiy mashqlar boʻlishi kerak. 
Mashqlar aniq, toʻgʻri, chiroyli, nafas olish ritmiga mos bajarilishi zarur. 
Jismoniy mashq daqiqalarini musiqa ohanglari ostida oʻtkazish ham qoʻllaniladi. 
Musiqa oʻquvchilarning dam olish samaradorligi uchun qoʻshimcha omil boʻlib, 
ularga ijobiy hissiyot beradi, harakat bilan bogʻlangan holda ish qobiliyatini 
oshirishning samarador vositasi boʻladi. 
Katta tanaffusda oʻtiladigan oʻyinlar: Uning maqsadi: oʻquvchilar sogʻligʻini 
mustahkamlash va faol dam olish, chiniqish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini 
oshirish, jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni odat tusiga kiritishdan 
iboratdir. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə