Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
ilovepdf merged (2)

Darsni moddiy texnik ta’minlash 
deganda, darsning optimal zichligini 
ta’minlashga imkon beradigan, qoʻyilgan kompleks vazifalarni toʻlaqonli hal qilish 
uchun kafolat beradigan, yetarli darajadagi oʻquv-tarbiya jihozlari, anjomlari va 
mashgʻulot joyi nazarda tutilgan. 
Oxirgi yillarda koʻpchilik maktablarda jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining 
tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari birdaniga koʻpchilik oʻquvchi 
shugʻullanishi mumkin boʻlgan nostandart jihozlar, anjomlar va trenajerlar bilan 
jihozlanmoqda. Bunday jihozlardan foydalanish dars zichligini ahamiyatli darajada 
yuqori effektli tashkiliy formasini vujudga kelishi, oxir oqibat mashgʻulotlar 
natijalarini oshishiga olib kelmoqda. 


Jismoniy tarbiya darsning mazmuni: 
Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashgʻulotlarining sifatini 
belgilovchi toʻrtta asosiy komponentning umumiyligida ifodalanadi. Bu elemenlar 
oʻzaro uzviy bogʻlangan va darsning harakterli 
komponentlari
deb ataladi, ular: 
a) 
darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar. 
Darsning mazmunining 
eng yirik harakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama boʻlib, 
tarbiyalash, 
sogʻlomlashtirish, 
bilim 
berish 
vazifalarini 
hal 
qilishda 
shugʻullanuvchilar uchun faoliyat predmeti boʻlib xizmat qiladi. Mashqlar darsning 
umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa ma’noda dars mazmunining bir 
qirrasi xolos. 
b) tavsiya qilingan mashqlarning bajarish bilan bogʻliq boʻlgan 
oʻquvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi yirik 
komponentlaridan biri. 
Bu komponent shugʻullanuvchini turli koʻrinishdagi, 
intellektual va jismoniy faoliyatdan iborat boʻlib, ular: pedagogni eshitish
koʻrsatilayotgan mashqni e’tibor bilan kuzatish, harakat faoliyati orqali hosil 
boʻlgan tasavvurni ustida fikr yuritish, bajarilishi lozim boʻlgan faoliyatni 
loyihasini fikran tuzish, uni bajarish, oʻz harakatlarini nazorat qilish va baholash, 
vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan birgalikda muhokama qilish, oʻz 
hissiyotini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni 
boshqarish va h.k.lardir. Shugʻullanuvchilarini dars vazifasini hal qilish boʻyicha 
barcha faoliyatlari dars mazmuni asosini tashkil qiladi. 
v) 
pedagogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti boʻlib, 
quyidagicha holatlarda namoyon boʻladi. Uyga vazifa berish va uni tushuntirish, 
darsning aniq vazifasini bayon qila bilish va uni hal qilishni tashkillashtirish
shugʻullanuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini tahlil qilish, 
shuningdek shugʻullanuvchilarning faoliyatini lozim boʻlgan yoʻlga burish, ular 
orasidagi munosabatlarni oʻzining diqqat markazida ushlash va faoliyatlarini 
yoʻnaltirish, boshqarish, nazorat qilishdek ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy rol 
oʻynaydigan muhim asosiy holatlarni oʻz ichiga oladi. 


g). shugʻullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashqlarni bajarishda 
sodir boʻladigan 
fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa oʻzgarishlar
dars 
mazmunining navbatdagi yirik harakterli komponentlaridan biri hisoblanadi. 
Malakalarni shakllanishi orqali rejalashtirilgan, ularning natijasidagi oʻzgarishlar, 
shakllangan nazariy va amaliy bilimlar, uddalash, harakat malakasi va uning 
avtomatlashuvi orqali sodir boʻladigan yashirin (latent) davr darsning 
mazmunining toʻrtinchi komponenti hisobiga sodir boʻladi. Bunda oʻqituvchi 
faoliyati va oʻquvchilar faoliyatining samarasi yashiringan boʻladi. Rejalashtirilgan 
oʻquv tarbiyaviy ishlarni sodir boʻlmoqdami yoki yoʻqligi joriy nazorat qilinib, 
pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimligi uchun 
yoʻriqnomalar tayyorlanadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə