Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


 Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
ilovepdf merged (2)

3. Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi 
dars uchun ajratilgan umumiy 
vaqtining 3-5 daqiqai sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli 
xil harakatli oʻyinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. 
Darsning asosiy qismida koʻtarilgan emotsional holatni pasaytiruvchi va saf 
mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi, lozim 
boʻlganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafariga joriy baho qoʻyiladi), uyga vazifa 
uchun mashqlar tushuntiriladi va dars oʻtkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va 
boshqa)dan uyushgan holda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlangʻich 
sinflarda oʻtkazilgan mashgʻulotlardan soʻng oʻquvchilarini, oʻqituvchining oʻzi 
kiyinish xonasiga kuzatib qoʻyadi. 
Turli xil yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilgan jismoniy tarbiya darslarining 
tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari tahlili 
birinchidan

qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini koʻrsatdi. 
Ikkinchidan
, jismoniy 
tarbiya darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida oʻtkazilgan asosiy qismlari 
darsning turiga bogʻliq. 
Uchinchidan
, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov 
qismlarini davomiyligini oʻzgarishi oʻquvchilarni yoshiga bogʻliq. Boshlangʻich 


sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, ya’ni tayyorlov va yakunlov 
qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan ozgina farqlanadi xolos. 
Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy 
qismning davomiyligidan keskin farq qiladi. Boshlangʻich sinflarda bolalar 
psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi 
darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda toʻrgan qiyin 
harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun koʻp vaqt sarflashni talab qiladi.
Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va koʻrsatish katta 
yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida oʻqituvchi tomonidan 
koʻp vaqt sarflashni taqazo etadi. Kichik yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy 
qism hisobidan uzunroq boʻlishining, sababi navbatdagi darsga oʻtishga oldindan 
tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi.
Oʻrta va yuqori sinfga oʻtgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari 
uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki oʻquvchilarda 
turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori boʻladi. 
Tushuntirish va koʻrsatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismida oʻquvchilar 
tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab 
vujudga keladi, shunga koʻra tayyorlov asosiy yakunlov qismlarining turli xil 
yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilishi turlicha va oʻzlarining xususiyatlari bilan 
farqlanadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə