Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
ilovepdf merged (2)

Ta’lim vazifalarini ifodalashda, albatta, quyidagilar e’tiborga olinadi: 
A) oʻrgatishda texnikaning negizini
B) oʻrganayotgan harakat faoliyatidagi texnikani asosiy zvenosi yoki 
detallarini; 
V) shugʻullanuvchilarga boʻlgan jismoniy va psixik talablar darajasi. 
oʻrganish vazifasiga:
1. U yoki bu bilan tanishtirish.
2. Mustaxkamlash va nazorat, sinovlarni qabul qilish va boshqalar kiradi. 
Masalan: 
- oldinga umbaloq oshishda oʻz-oʻzini ximoya qilishni oʻrgatish; 
- uch harakat usulida tirmashib chiqishni takrorlash; 
- turnikda tortilish boʻyicha oʻquv talablarini qabul qilish; 
- yugurib kelib granata uloqtirishga oʻrgatish. 
Ta’lim vazifalarini amalga oshirish, odatda, tarbiyalash va sogʻlomlashtirish 
vazifalari bilan bogʻlab olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarida diqqat, 
intizomlilik, iroda, saranjomlik, buyumlarni extiyot qilish, shuningdek, doʻstlik, 
oʻrtoqlik, maqsadga intilganlik, mustakillik va qiyinchiliklarni yengishda qat’iylik 
tarbiyalanadi. 
Axloqiy, irodaviy va estetik sifatlarni tarbiyalash darsning ham ma 
qismlarida xal etiladi. Oʻqituvchi oʻrgatish bilan bir vaqtda tarbiyalaydi ham. U 
darsning har bir daqiqasida oʻquvchilar faoliyatiga kerakli yoʻnalish beradi, oʻquv 
jarayoniga va bir-biriga boʻlgan munosabatini va h.k. tashkil qiladi. 
Ammo tarbiya vazifalarini xal etishga bagʻishlangan maxsus darslar ham 
boʻlishi mumkin. 
Masalan, oʻqituvchi, oʻquvchilarda qat’iylik va qiyinchiliklarni yenga olish 
xususiyatini tarbiyalash maqsadida, mashqlarni yoki ularni bajarish sharoitlarini 
murakkablashtirib, ba’zi kiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Qat’iylik va botirlik 



kabi sifatlarni tarbiyalash darslarda xudi shu sifatlarni namoyon qilishni talab 
etadigan mashqlar (sakrash, muvozanat saklash) ni qulash orqali amalga oshiriladi. 
Masalan: 
- ertalabki gigienik gimnastika bilan shugʻullanish odatini tarbiyalash; 
- “Kun va tun” oʻyinida oddiy reaksiya tezligini tarbiyalash; 
-ovoz signaliga muvofiq harakat yoʻnalishini oʻzgartira bilishni tarbiyalash
- oʻrganilgan mashqlarni tugri tushuna bilish va uni ijodiy tadbiq eta olishni 
tarbiyalash. 
Sogʻlomlashtirish 
vazifalari 
shugʻullanuvchilarning 
funksional 
imkoniyatlarini 
oshirish, 
jismoniy 
sifatlarini 
rivojlantirish, 
sogʻligini 
mustaxkamlash, tugri qadi-qomatni shakllantirish va chiniqtirishga qaratilgan 
boʻladi.
Sogʻlomlashtiruvchi vazifalarni belgilaganda uning yoʻnalishi va harakat 
(mashq) xili kursatiladi. Masalan: 
- tos-son boʻgʻimining harakatchanligini oshirish; 
- toʻgʻri qadi-qomatni shakllantirish; 
- URM yordamida chidamlilikni tarbiyalash
- yoʻrganda, toʻrganda toʻgʻri qadi-qomatni tuta bilishga koʻniktirish. 
Jismoniy tarbiya darslari bilan bogʻlik boʻlgan eng muxim masalalardan biri 
uni qanday tuzish masalasidir. 
Dars tuzilishi deganda aloxida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy 
muljalli reja tushuniladi. Dars tuzilishi oʻqituvchiga mashqlarni oqilona tanlash, 
materialni tugri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam beradi.
Dars tuzilishi dastur materiallarini izchil oʻrganish asosida belgilangan 
vazifalarga bogʻliq. 
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani xal etish koʻpincha, 
shugʻullanuvchilar organizmining zoʻr berishini talab qiladi. Bu ishga organizm 
tegishli darajada tayyorlangan boʻlishi kerak. Dars vazifalarini, mashgʻulot 
oʻtkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan soʻng, dars 
mazmunini aniqlashga utilishi lozim. Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning 



asosiy qismiga ta’lluqli mashqlarni, soʻngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism 
mashqlarini tanlash maqsadga muvofiq. Chunki dars oldiga qoʻyilgan vazifalar 
darsning asosiy qismida xal etiladi. 
Oʻqituvchi darsni asosiy qism mashqlarini joylashtirib boʻlgandan soʻng 
tayyorgarlik qism mashqlarini tanlashga oʻtadi. Tayyorgarlik qism mashqlarini 
shunday tanlash kerakki, bu mashqlar asosiy qism mashqlarini oʻzlashtirishga 
yordam bersin, organizmni asosiy ishga tayyorlasin. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə