Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
ilovepdf merged (2)

DARS KONSPEKTI № 
Tasdiqlayman:
“___”________2021 yil. Sinflar: 4a; 4b. 
Oʻtish vaqti: ___________ 
Vazifalar: 1.
2.
3. 
Oʻtkazilish joyi: ____________________ 
Inventarlar: _______________________ 
Dars 
qismlari 
Dars mazmuni 
Me’yori 
Tashkiliy uslubiy 
koʻrsatma 
Tayyorgarlik 
qismi 
8-10 daqiqa 





( ) daqiqa 
Mashqni bajarishda 
oʻquvchilar 
faoliyatini tashkil 
etishning frontal 
usulidan foydalanish 
maqsadga muvofiq 
Asosiy qism 
25-30-
daqiqa 





( ) daqiqa 
Yakuniy 
qism 
3-5 daqiqa 



( ) daqiqa 
Konspekt tuzishga baho: “ “. 
Dars oʻtishga baho: “ “. 
 
Oʻqituvchi imzosi: ________________________ 



Darsga konspekt tuzishda eng kerakligi, asosiy va yordamchi vazifalarni 
aniq va metodik tomondan asoslangan xolda ifoda qilishdir. 
Dars oldiga qoʻyiladigan vazifalarni oʻqituvchi oʻziga buyruq sifatida 
belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma’nosida ifoda qilinadi. Masalan: 
tanishtirish, oʻrgatish, mustaxkamlash, koʻrsatish va h.k. Jismoniy tarbiya 
darslarida tarbiya, sogʻlomlashtirish va oʻrgatish vazifalari bir-biriga bogʻlangan 
xolda xal qilinadi. Boʻlar oʻquv materiali, har darslik ish rejasiga asoslanib 
belgilanadi va oʻrgatish tamoyillari ham da oʻtkazilgan darsni natijalariga qarab 
aniqlashtirilib, shu darsda bajariladigan qilib ifodalanadi. 
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari dars oldiga aniq vazifalarni qoʻyishda 
quyidagilarni: 
1.
Oʻquvchilar oldingi darslarni qanday oʻzlashtirganliklariga; 
2.
Har bir darslik ish rejasini, davlat dasturini va shu dars uchun ta’lluqli 
koʻshimcha adabiyotlarni; 
3.
Sinfdagi oʻquvchilar sonini, dars oʻtkazish joy sharoitini va mavjud 
sport anjomlarini; 
4.
Dars jadvalining xususiyatini, dars turini; 
5.
Oʻquvchilarning sogʻlik xolatini, ularning jismoniy tayyorgarliklarini 
va h.k. hisobga olishlari muxim ahamiyatga egadir. 
Oʻqituvchi yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan xolda oʻziga qator 
savollarga javob beradi: 
1.
Shu darsda oʻquvchi nimaga oʻrgatish kerak? 
2.
Shu darsda nimalarni oʻrgatish, qaytarish, takomillashtirish kerak? 
3.
Asosan qanday jismoniy sifatlarni tarbiyalashga oʻz e’tiborini jalb 
etishi kerak va. h.k. 
4.
Darsda sogʻlomlashtirish vazifalari qanday xal etilishi mumkin va h.k. 
Shu savollarga toʻlik javob bera olgandagina oʻqituvchi dars oldiga aniq 
vazifalar qoʻya oladi. 
Vazifalar: dars turlariga qarab kirish darsi, yangi materialni oʻrganish darsi 
boʻyicha, oʻtilgan materialni qaytarib mustaxkamlash, takomillashtirish boʻyicha 



yoki oʻtilgan materialni oʻzlashtirish darajasini tekshirish boʻyicha ifodalanishi 
mumkin. 
Masalan: 2-sinfga kirish darsi: 
1. Oʻquvchilarga jismoniy tarbiya boʻyicha 1-chorak talablarini bildirish. 
2. 1-sinfda oʻrganilgan “Biz quvnoq bolalarmiz” oʻyinida oʻquvchi 
uyushqoqlik bilan harakat qilishlarini tekshirish. 
4-sinfda oʻrganish darsi: 
1. Balandlikka sakrashda va tabiiy sharoitda toʻsiklardan sakrashda toʻgʻri 
yerga tushishga oʻrgatish. 
2. Estafetalar orkali oʻquvching oʻzaro oʻrtoqlik munosabatlarini tarbiyalash. 
5- sinfda takomillashtirish darsi: 
1. 30 metrga yugurishda, startdan chiqishni mustaxkamlash. 
2. “Kun va tun” oʻyini orqali oʻquvchilarda harakat reaksiya tezligini 
tarbiyalashga koʻmaklashish. 
Oʻqituvchi dars vazifasini aniqlashda shu sinfdagi oʻquvching bilim va 
malakalarini bilgan xolda dars vazifasini, shu sinf oʻquvchilarining bilimlariga mos 
kilib ifodalashi kerak. Bu esa oʻquvchilar tomonidan darsda oʻtiladigan materialni 
aniq va ravshan tushunishlariga yordam beradi. 
Ma’lum bir mashqdan oʻquv me’yorlarini qabul qilish uchun, avvalo, 
oʻquvchi ushbu mashq bilan tanishtirish, keyin oʻrgatish, mustaxkamlash, 
qaytarish, takomillashtirish darslaridan soʻng, ulardan oʻquv me’yorlari qabul 
qilinadi. Bu esa bir necha darslar mobaynida xal etilishi mumkin. Har bir dars 
oldiga qoʻyilgan vazifalar ham uz navbatida tanishtirish, oʻrgatish, mustaxkamlash, 
takomillashtirish, me’yorlarini qabul qilish deb qoʻyilishi mumkin. 
Masalan: 6-sinf uchun basketbol mashqlaridan oʻquv me’yorini qabul qilish 
chorak oldidagi vazifa boʻlsin. Bu mashq har darslik ish rejamiz jadvalida 6 marta 
qaytarilib, 7 martada oʻquv me’yori qabul qilinadigan boʻlsa, har bir darsga 
taxminan shunday vazifalar qoʻyishimiz mumkin: 



1- darsga: Toʻpni yoʻnalishini oʻzgartirib olib yurishdan soʻng uni yelkadan 
bir qoʻllab savatga tashlash bilan tanishtirish. 
2- darsga: Basketbol shiti tagida toʻrgan xolatdan toʻpni yelkadan bir qoʻllab 
savatga tashlashga oʻrgatish. 
3- darsga: Basketbol shiti tagida toʻrgan xolatdan toʻpni yelkadan bir qoʻllab 
savatga tashlashni takrorlash. 
4-darsga: Toʻpni olib yurib ikki kadamda tuxtagandan soʻng uni yelkadan 
bir qoʻllab savatga tashlashni mustaxkamlash. 
5-darsga: Toʻpning yoʻnalishini oʻzgartirib olib yoʻrgandan soʻng uni 
yelkadan bir qoʻllab savatga tashlashni mustaxkamlash. 
6-darsga: Musobaqa sharoitida toʻpni yelkadan bir qoʻllab savatga tashlashni 
mustaxkamlash 
7-darsga: Yoʻnalishni oʻzgartirib toʻp olib yoʻrgandan soʻng, uni yelkadan 
bir qoʻllab savatga tashlash boʻyicha oʻquvchilar erishgan yutuqni baholash. 
Ta’lim (oʻrgatish) vazifalari shugʻullanuvchilarda maxsus bilimlar, harakat, 
koʻnikma va malakalari va ularni har xil sharoitlarda ishlata bilishga yoʻnaltirilgan 
boʻlib, oʻquvchi dasturda kuzda tutilgan mashqlarni bajarishga, oʻrganilgan 
mashqlarni 
takomillashtirishga, 
shuningdek, koʻnikma va malakalarni 
rivojlantirishga, oʻrganilgan mashqlarni turli sharoitda qoʻllashga oʻrgatishdan 
iborat. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish dasturdagi butun oʻquv 
materialini tizimli va mustaxkam oʻrganishga olib keladi. Ayrim ta’lim vazifalarini 
xal etish uchun nisbatan uzoq vaqt (qator ketma-ket darslar) zarur, ayrimlarini hal 
etish uchun esa bir darsning oʻzi kifoya qiladi. 
Masalan, arqonga muayyan usulda tirmashib chiqish va bunda harakatlarni 
tugri navbatlashni bir darsda oʻrgatish mumkin emas. Bu umumiy vazifa boʻlib, 
uni bajarish uchun darslar turkumi talab qilinadi. Oʻquvchi arqonni oyoqlari bilan 
ushlab tirmashib chiqishga bir darsda oʻrgatish mumkin, bu kichikroq xususiy 
vazifa boʻlib, uni mazkur darsning konkret vazifalaridan biri sifatida qoʻyish 
mumkin. 



Ta’lim vazifalariga, shuningdek, oʻquvchi jismoniy tarbiya va sport, 
sogʻliqni saklash, kundalik tartib, tugri nafas olish, chiniqish, jismoniy mashqlarni 
toʻgʻri bajarish haqida bilim olishlari ham kiradi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə