Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
ilovepdf merged (2)

 
Adabiyotlar roʻyxati 
1. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA-
PRESS. T. 2014 yil. 297 b. 
2. Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культури”. Учебник / C.C. 
2004 г. 464 c. 
3. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. 
Москва. – 1991 г. 200 с. 
4. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта. 
Учебное пособие. Т., 2020 г. 416 с. 
5. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. 
Darslik. T.,- 2005 y. 300 b. 
 
 


Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya oʻtkazish uslubiyati 
 
Reja 
 
1. Pulsometriya haqida tushuncha. 
2. Pulsometriya olib borish uslubiyatiga tavsif. 
 
Kalit soʻzlar: 
Pulsometriya (jismoniy yuklamalarning organizmga ta’sirini 
aniqlash), oʻqituvchining tarbiyaviy ishlari, oʻquvchilarning xulqi, darsni 
umumlashtirish, dars davomida berilgan yuklamalarning oʻquvchilar tayyorgarlik 
darajasiga mos boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi maqsadga muvofiq ekanligi.
 
Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya olib borishdan asosiy maqsad
darsdagi 
yuklamani 
oʻquvching 
yoshiga, 
tayyorgarligiga, 
mashgʻulot 
oʻtkaziladigan joyning sharoitiga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Pulsometriya 
ma’lumotlarini toʻgʻri taxlil qila bilish esa, talabalarga keyinchalik oʻz 
harakatlarini obyektiv baxolashga va har bir sinf uchun yuklamalarni toʻgʻri 
rejalashtirishga, boshqarish usullarini egallashga yordam beradi. 
Kuzatuv sekundomer yordamida bir oʻquvchi ustida olib boriladi. Buning 
uchun oʻqituvchining topshiriqlarini faol bajaradigan oʻquvchi tanlab olinadi. 
Ushbu oʻquvchi kuzatuv obyekti haqida oldindan ogoxlantirilishi kerak.
Pulsni birinchi bor darsga koʻngʻiroq chalinishiga 5 daqiqa kolganda 
oʻlchanadi. Bunda kuzatuvchi, kuzatiluvchi oʻquvchining tinch xolatda, ya’ni 
uning pulьs kursatkichi normal xolatda ekanligiga ishonch xosil qilishi kerak.
Puls 
- lotincha turtki - tomir urishi, yurak qisqarishi natijasida qon 
tomirlarining ritmik tebranishi; kengayib-torayishi. 
Puls asosan bilakning ichki yuzasida, bilak arteriyasi sohasida aniqlanadi. 
Buning uchun tekshiruvchining bilagini bilakka usti boʻgʻimi qoʻl bilan shunday 
ushlash kerakki, bosh barmoq bilakning ikki tomonida, boshqa barmoqlar esa 


uning yuzidagi pulslanuvchi bilak arteriyachasining paypaslanuvchi terisini 
bosadigan boʻlsin. Puls 10 sekund mobaynida oʻlchanadi. 
Tomir urishini qoʻyidagicha oʻlchashtavsiya etiladi: 
1. Agar ish xususiyati doimiy boʻlsa, saflanish, yugurish, umumrivojlantiruvchi 
mashqlar va h.k. har 3 daqiqada, 3 daqiqadan kam oraliqda tomir urishini oʻlchash 
maqsadga muvofiq emas, chunki oʻquvchini tez tomir urishini oʻlchash uchun jalb 
etish, darsdagi xaqiqiy yuklamani aniqlashga yordam bermaydi; 
2. Har bir dars qismi tugagandan soʻng; 
3. Katta kuchlanishni talab etadigan yugurish, gimnastika snaryadlarida 
bajariladigan mashqlar, yugurib kelib sakrash, estafeta bosqichini tugatish va h.k., 
murakkab mashqlarni bajargandan soʻng. 
Olingan ma’lumotlarni hisoblashda 10 sekunddagi tomir urishining natijasini 
oltiga koʻpaytirib, bayonnomaning beshinchi grafasiga, oltinchi grafaga pulsning 1 
foizlarda oʻzgarishi yoziladi. Bu qoʻyidagicha amalga oshiriladi. Dastlabki tinch 
xolatda ulchangan puls 100 % deb olinadi. Ikkinchi marta oʻlchangan pulsning 
dastlabkisiga nisbatan necha foiz oshganligini aniqlash uchun proportsiya tuzilib, 
ishlanadi. Masalan: bayonnomadagi tinch xolatda ulchangan puls 1 daqiqada 90 
marta, ikkinchisi- 103 marta boʻlsin.
Shunga qarab proportsiya tuziladi: 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə