Sportchining tasnifi
- sportchini barqaror tasnifi boʻlib, ma’lum vaqt ichida
yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
Oʻzbekiston Respublikasida yagona sport tasnifi mavjud boʻlib, har toʻrt
yilda oʻzgarib turadi. Sportning ijtimoiy hodisa sifatida oʻziga
xos xususiyati
shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi
vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma’naviy kamolotiga ham
kuchli ta’sir koʻrsatadi.
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir
koʻrsatadi, hayotiy koʻnikma va malakalarning
shakllanishiga yordam beradi,
ma’naviy, ahloqiy va aqliy oʻsishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi
xususiyatlarini chiniqtirishga koʻmaklashadi, insonlarda oʻzaro hurmat,doʻstlik-
inoqlik
hissiyotlarini tarbiyalaydi, oʻzaro yordam, olijanoblik, halollik,
baynalmilallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Trenirovka atamasi boshqa terminlar singari bir ma’noli soʻz emas. Uni eng
keng ma’noda, mashqlarning konkret mazmuni mutlaqo xilma xil boʻlishi
mumkinligiga qaramay, har qanday mashq qilish, odatlantirish jarayoni ma’nosida
tushunadilar.
Sport trenirovkasi pedagogik hodisa boʻlib, u
sportda yuksak natijalarga
erishish uchun bevosita yoʻnaltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
Sport trenirovkasining maqsadi mazkur sportchi uchun mumkin boʻlgan eng
yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak
natijalarni namoyish etishdan iboratdir.
Sport trenirovkasi atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi
ham qoʻllaniladi.
Sportchini tayyorlash- kengroq tushuncha boʻlib, u sportda yuksak
koʻrsatkichlarga erishishga tayyor boʻlish va buni oshira borishni ta’minlovchi
barcha vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiyligi uning
oqibatlaridan samarali
ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn).
Bu oqibatlar majmui, sport bilan shugʻullangan har bir jamoa a’zosi, har bir
ijtimoiy guruh uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi.
Bularga quyidagilar kiradi:
- aholini barcha ijtimoiy guruh va tabaqalariga jismoniy tarbiya tizimining
ijtimoiy ta’siri;
- jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat
samaradorligi;
- har bir jamiyat a’zosining ruhan va jismonan sogʻlom boʻlishiga, uning
ijodkor shaxs sifatida
har tomonlama kamol topishiga, uning mehnat faoliyati,
ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan
oʻrniga sportning tarbiya, ta’lim va sogʻlomlash-tirishga qaratilgan ta’sirining
amaliy natijasi;
- mashgʻulotdan boʻsh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam
olishning ommaviyligi;
- ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targʻib
qilishning samaradorligi;
-xalqaro sport harakatlari va olimpiya oʻyinlarining rivojlanishiga,
turli
mamlakat xalqlari oʻrtasida tinchlik – totuvlik va hamkorlikning rivojlanishiga,
keskinlikni yumshatishga qoʻshgan hissasining samaradorligiga bogʻliqdir.
Sport hamisha jamiyat oldida, bir qator muhim vazifalarni bajarib kelgan
hozirgi kunda vazifalar bundan ham koʻpaya boradi.
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta’sir
koʻrsatadi, hayotiy koʻnikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi,
ma’naviy, axloqiy va aqliy oʻsishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi
xususiyatlarini chiniqtirishga koʻmaklashadi, insonlarda oʻzaro hurmat, doʻstlik-
inoqlik hissiyotlarini tarbiyalaydi, oʻzaro yordam, oliyjanoblik, halollik,
baynalminallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Sport koʻngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sogʻlomlashtirish
vazifasini bajaradi, uning sogʻlomlashtirish turlari,
dam olish, joʻshqin xordiq
chiqarishga qaratilgan boʻlib, sogʻlom hayotning asosi boʻlib, hisoblanadi.