Mavzu: “Imlo muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar Reja


Adabiy-tarixiy, diniy-tarbiyaviy hamda huquqiy mazmundagi



Yüklə 60,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix14.03.2023
ölçüsü60,74 Kb.
#102523
1   2   3   4   5   6   7
Adabiy-tarixiy, diniy-tarbiyaviy hamda huquqiy mazmundagi 
manbalar:
1. Qutb Xorazmiyning «Xisrav va Shirin» dostoni (XIV asr). Nizomiy 
Ganjaviyning shu nomdagi dostoni asosida 1341-1342 yillarda O‘zbekxonning 
vorisi (katta o‘g‘li) Tinibekxonga atab yozilgan. Asarning 1381-yilda ko‘chirilgan 
yagona nusxasi Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. 
2. Xorazmiyning (otsiz) «Muhabbatnoma» asari (1353-yil. XIV asr). Asar 
maktublar shaklida oshiqning o‘z ma’shuqasiga yozgan lirik nomalaridan tuzilgan. 
Ikki nusxasi mavjud bo‘lib, ular Britaniya muzeyida saqlanadi. Biri – Uyg‘ur 
yozuvida 1432-yilda ko‘chirilgan, ikkinchisi arab yozuvida 1508-1509 yillarda 
ko‘chirilgan. 
3. Sayid Ahmad ibn Mironshohning «Taashshuqnoma» asari (XIV asr). Asar 
1435-yilda «Muhabbatnoma»ga o‘xshatma tarzida yozilgan. Yagona nusxasi 
Britaniya muzeyida saqlanadi. 
4. Sayfi Saroyining «Gulistoni bit-turkiy» asari (XIV asr). 1391-yilda 
Misrda yaratilgan didaktik mazmundagi asar. Shayx Sa’diyning «Guliston»idan 


erkin usulda qilingan tarjima. Yagona nusxasi Gollandiyaning Leyden universiteti 
kutubxonasida saqlanadi. 
5. Navoiy salaflari merosidan: Otoyi devoni, Sakkokiy devoni, Lutfiy adabiy 
merosi, Gadoyi devoni, Yaqiniyning merosi «O‘q va yoy munozarasi», Amiriy 
merosi «Dahnoma», Xo‘jandiy adabiy merosi «Latofatnoma» kabilarni keltirish 
mumkin. 

Yüklə 60,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə