Mavzu: “Imlo muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar Reja



Yüklə 60,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix14.03.2023
ölçüsü60,74 Kb.
#102523
1   2   3   4   5   6   7
“xorazmiy yozuvi”
dir. Xorazmiy yozuvi miloddan oldingi III-II asrlarda oromiy 
yozuvlari asosida shakllanganligi ilmiy manbalarda qayd qilinadi. Uning qoldiqlari 
Tuproqqala, Katta Oybuyirqala shahri xarobalari, Qo‘yqirilganqalada topilgan. 
1951-yilda Qo‘yqirilganqala xarobalarini tekshirgan S.P.Tolstov xumlarga o‘yib 
yozilgan yozuv haqida: “Bu yozuv yalpi O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan yozuvlar 
ichida eng qadimiysi” deya ta’kidlagan edi. 
Xorazmiy yozuvi eramizning XIV asrlarigacha amalda bo‘lganligi haqida 
ma’lumotlar mavjud. VIII asrda Xorazmni zabt etgan arab lashkarboshisi Qutayba 
ibn Muslim xorazmiy tili va yozuvida bitilgan kitoblarni yoqib tashlagan. 
A.Freyman, S.Tolstov, B.Herfeld, S,Volin kabi olimlar xorazmiy tilida fleksiya 
hodisasining barqarorligi, grammatik jins kategoriyasining mavjudligi, son so‘z 
turkumiga oid va boshqa lisoniy xususiyatlarini inobatga olib, bu tilda eroniy 
tillardagi kabi xususiyatlar saqlanganini e’tirof etadilar. “Avesto” yodgorligi ham 
mana shu til va yozuvda bitilgan.
Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” 
asarida (X asr) o‘z ona tilini bilishini, ammo unda so‘zlasa atrofdagilar ustidan 
kulishi mumkinligini aytib o‘tgan. 
Osiyo hududida qo‘llanilgan qadimiy yozuvlardan yana biri 
uyg‘ur
yozuvi
hisoblanadi. Uyg‘ur yozuvi nomi bilan atalayotgan qadimgi turkiy alifbo yozma 
manbalarda bir qancha nomlar bilan yuritilgan. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining 
«Devonu lug‘at-it-turk» asarida uni «turkcha yozuv» deb tilga oladi. U yozadi: 
«Barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu 
kungacha Qashqardan – Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan 
yuritilgan». Alisher Navoiy o‘z maktublarining birida uni «turkcha xat» deb 
atagan. Manbalarda mazkur yozuv «uyg‘ur xati», «mo‘g‘ul xati» deb ham 
yuritilgan. 

Yüklə 60,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə