Mavzu: “Imlo muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar Reja


“...o‘zbek tilining asl tabiati va



Yüklə 60,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix14.03.2023
ölçüsü60,74 Kb.
#102523
1   2   3   4   5   6   7
“...o‘zbek tilining asl tabiati va 
xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv 
grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks 
etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan 
takliflar tayyorlash” vazifasi alohida ta’kidlangan.
Davlatimiz rahbariyati ushbu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda. 2018 
yilning 15-may sanasi bilan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng 
joriy etish va yana-da takomillashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi” ishlab chiqildi 
va Respublika Bosh vaziri hamda Prezident maslahatchisi tomonidan imzolandi.
O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boy bo‘ldi: bu 
asrda yozuv uch marta tub isloh qilindi – bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga 
ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan-kam 
kuzatiladi.
Mavjud manbalar va hujjatlar tahlilidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek 
yozuvining XX asr tarixi to‘rt davrni o‘z ichiga oladi:
1-davr – arab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929).
2-davr – lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940).


3-davr – rus grafikasiga (kirillitsaga) asoslangan yillar (1940-1993).
4-davr – ikkiyozuvlilikka (rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek alifbolariga) 
asoslangan yillar (1993-2010 va hozirgi davrda).
Birinchi davrning 1916-1917 yillargacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh 
qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e’tibor 
yangi usulda ta’lim berishga asoslangan maktablarni tashkil etishga, ularda diniy 
darslar bilan birga dunyoviy ilmlarni ham o‘qitishga, shu orqali xalq ommasini 
ma’rifatli qilishga qaratiladi.
Bu jarayonni, tabiiyki, yangi mazmundagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarisiz 
tasavvur qilib bo‘lmas edi. Ayni shu ehtiyoj bir qator yangi kitoblarning 
yaratilishiga olib keladi: «Ustodi avval» (Saidrasul Saidazizov. Toshkent, 1900, 
1902), «Adibi avval» (Munavvarqori Abdurashidxonov. Toshkent, 1907), «Adibi 
soniy» (Munavvarqori Abdurashidxonov. Toshkent, 1907), «Kitob ul-atfol» 
«Bolalar uchun kitob» (Mahmudxo‘ja Behbudiy. Samarqand – 1908, 1914), 
«Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy. Toshkent, 1911), «Ikkinchi muallim» 
(Abdulla Avloniy. Toshkent, 1912), «Turkcha qoida» (Faxriddinov 
Muhammadamin. Toshkent, 1913), «Savod» (Xivalik muallim Muxtor Bakr. 
Qozon, 1913), «Ta’limi avval» (Rustambek Yusuf o‘g‘li. Toshkent, 1912, 1914), 
«Turkiy alifbe» (Muhammadxon Abdulxoliq o‘g‘li. Qo‘qon, 1916), «Rahbari 
soniy» (Abdullaxo‘ja Saidmuhammadxo‘jaev, 1916), «Birinchi yil» (Saidrizo 
Alizoda. Samarqand, 1917), «Rahbari avval» (Faxriddinov Muhammadamin. 
Toshkent, 1917) kabi kitoblar shular jumlasidandir.
Bunday kitoblarda yozuvni isloh qilish masalalarini ko‘rish maqsad 
qilinmagan bo‘lsa-da, ularni (kitoblarni) yaratish, shular asosida savod chiqarish, 
to‘g‘ri yozish va to‘g‘ri o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida imlo 
qoidalarini mukammallashtirish, alifboni o‘bek tili xususiyatlariga moslashtirish
tinish belgilari tizimini va qoidalarini shakllantirish zarurati borligi sezila borgan, 
bunday zarurat sezgisi esa, o‘ylaymizki, yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.
Buni qo‘qonlik ma’rifatchi Ashurali Zohiriyning quyidagi gaplari ham 
isbotlaydi. U o‘zining 1916 yilda nashr ettirgan «Imlo» darsligida bu haqda 
shunday deydi: «... Bizning hozirgi (eski) imlomizda qoida degan narsa aslo rioya 
etilmag‘onligidan har kim o‘zicha qanday yozmoqni xohlasa, o‘shanday yoza 
berg‘on; bu adabiyotimizning kengayishiga sad(devor) bo‘lib, yoshlarimizning 
qiynalishidan boshqa ajnabiy millatlarning qoshida tilimizni masxara qildirib, 
madaniy tillarga baho qo‘yg‘onda, qimmati hech bo‘lishiga sabab bo‘ldik. Shunga 
binoan bul «Imlo» risolasini yozdim. Eng zarur qoidalarni darj etdim... «hoye 
rasmiya»ni imlomizg‘a kirg‘izdim...»
1919-yilda Toshkentda Fitrat boshchiligida til-imlo va adabiyot masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar – «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil 
topadi. Bu haqda «Ishtirokiyun» gazetasi shunday yozgan edi: «Toshkentda yosh 
buxoroliklarning faol a’zolaridan Fitrat afandi ila o‘zbek yoshlari tarafidan 
«Chig‘atoy gurungi» nom(li) yangi bir jamiyat tuzilgan. Milliy ishlar komissariati 
tarafindan tasdiq etilib ishka kirishkan.


Bu jamiyatning maqsadi: Turkistondagi eski va yangi turkiy asarlarni jam 
qilib, turkiy tilini ihyo qiluv haqinda materiyol hozirlamoq, lug‘at va adabiyot 
dunyosin boyitmoqdir».
Shun kabi harakatlar o‘tgan asr boshida keng amalga oshirilgan bo‘lib, 
o‘zbek ziyoliylarining dunyoviy qarashlaridan sobiq ittifoq hukumati o‘z 
maqsadlari yo‘lida foydalanishga erishgan.

Yüklə 60,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə