Mavzu: “Imlo muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar Reja


Qadimiy yozuvlar haqida. O‘rxun-Enasoy bitiklari yozuvi



Yüklə 60,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix14.03.2023
ölçüsü60,74 Kb.
#102523
1   2   3   4   5   6   7
Qadimiy yozuvlar haqida. O‘rxun-Enasoy bitiklari yozuvi.
Yozuvning 
paydo bo‘lishi insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk madaniy kashfiyotlardan 
sanaladi. Yozuv jamiyat, til, adabiyot, san’at tarixini o‘rganish, insoniyat qo‘lga 
kiritgan madaniy obidalar, fikriy natijalarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Yozuvlar jamiyat taraqqiyotini yana ham jadal sur’atlar bilan 
rivojlanishiga olib keldi. Yozuvlar orqali biz nafaqat tilimiz, balki ota-boblarimiz 
turmush tarzi, urf-odatlari, kasb-kori, davlat tuzilishi va boshqa jihatlari to‘g‘risida 
keng ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. 
Yozuvlarning hozirgi ko‘rinishlari talab va ehtiyojlar tufayli oldin paydo 
bo‘lgan yozuvlarni takomillashtirish hamda bir qancha izlanishlar natijasida 
yuzaga kelgan. Ayniqsa harfli yozuvlar asosida paydo bo‘lgan ilmiy simvolika 
tafakkur taraqqiyotini tezlashtirishda, fikrlash, o‘ylash qobiliyatlarining yuqori 
darajaga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynagan. 
Ilmiy manbalarda ta’kidlanishiga ko‘ra insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida 
piktografik, ideografik, bo‘g‘inli va alifboli yozuvlardan foydalanib kelgan. 
Yozuvlar tarixida alifboli yozuv alohida ahamiyatga ega. Alifboli yozuvlarning 
dastlabki shakllari miloddan oldingi 1-mimg yillikda Nil vodiysiga bostirib kirgan 
giksos qabilasida, keyinchalik Finikiyada rivojlangaligi tarixiy-ilmiy manbalarda 
ta’kidlanadi. 
Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda dunyoda 3 mingdan ortiq 
tillar mavjud bo‘lib, bu til egalari bir qancha yozuvlardan foydalanadilar. Jahonda 
hozirgi paytda eng keng tarqalgan yozuv bu – lotin alifbosi asosidagi yozuv bo‘lib, 
undan dunyo aholisining 30 foizi foydalanadi. Bundan tashqari, ieroglif (Xitoy) 
yozuvidan 25 foiz, Hind yozuvidan 20 foiz, arab yozuvidan 10 foiz, kirill 
yozuvidan 10 foiz, Yunon, Yahudiy, Gruzin, Arman, Efiopiya va boshqa 
yozuvlardan 5 foiz dunyo aholisi foydalanadi.
1

Yüklə 60,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə