Mavzu: “Imlo muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar Reja


Arab yozuvi tarixidan. Lotin va kirill yozuvlari



Yüklə 60,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix14.03.2023
ölçüsü60,74 Kb.
#102523
1   2   3   4   5   6   7
Arab yozuvi tarixidan. Lotin va kirill yozuvlari
. Qadimgi arablar 
tuyalarning kurak suyaklariga, palma daraxtining keng shoxlariga, silliq oq 
toshlarga, teriga, loyga va Misr papiruslariga yozishgan. Qadimiy Misr yozuvi arab 
yozuvining paydo bo‘lishida dastlabki manba vazifasini o‘taydi.
Qadimiy yozuvlarda bizgacha yetib kelgan manbalar
. O‘zbek tili tarixini 
o‘rganishda bizgacha yetib kelgan yozma, tarixiy manbalarga asoslanib ish 
ko‘riladi. Bunday manbalarning aksariyati arab grafikasi asosidagi yozuv bilan
2
Abdurahmonov G‘. Rustamov A. Qadimgi turkiy til. –T. O‘qituvchi. 1982. –B.12.


ayrim qadimiy namunalarigina o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida yetib kelgan. Tilimiz 
tarixini o‘rganishdagi o‘rni, ahamiyati va mazmuniy jihatlariga ko‘ra manbalarni 
ikki guruhga ajratish mumkin: 
I. Ilmiy xarakterdagi manbalar. 
II. Adabiy-tarixiy, diniy-tarbiyaviy hamda huquqiy mazmundagi 
manbalar. 
Quyida ana shunday manbalarning ayrimlariga e’tiborni qaratamiz.

Ilmiy xarakterdagi manbalar:
1. Abu Hayyonning turkcha-arabcha «Kitob-ul idrok li-lisonul atrok» asari 
(XIV asr) 
2. Jamoliddin at-Turkiyning arabcha-turkcha lug‘ati (XIV asr). 
3. Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul lug‘atayn» asari (XV asr). Sart (fors-
tojik) va turkiy til (o‘zbek tili)ning she’riyat sohasidagi imkoniyatlarini 
qiyoslashga va o‘zbek tilining boyligini namoyon qilishga bag‘ishlangan ilmiy 
asar. O‘zbek tilida (turkiy til) yozilgan bu asarda sart va turkiy tillarning tabiati, 
o‘zbek tilining fonetik va leksik-grammatik imkoniyatlari, uslubiy xususiyatlari 
batafsil ilmiy dalillar bilan ochib berilgan. Shu sababdan mazkur asar tilimiz 
tarixini o‘rganishda qimmatli ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. 
4. Toli’ Imoniy Hiraviyning Navoiy asarlari asosida tuzgan turkcha-forcha 
«Badoe’ ul lug‘at» va «Abushqa» lug‘atlari (XV asr). 
5. Muhammad Ya’qub Chingiyning «Kelurnoma» nomli o‘zbekcha-forscha 
lug‘ati (XVII asr). 
6. Muhammad Rizo Xoksorning Navoiy asarlarida uchraydigan qiyin 
so‘zlarni o‘zbek tilida izohlab beruvchi «Muntaxab-ul lug‘at» (XVII asr). 
7. Mirzo Mahdiyxonning Navoiy asarlari so‘zligini fors tilida izohlashga 
qaratilgan («Mabani-ul lug‘at») «Sanglox» lug‘ati (XVIII asr). 
8. Fath Alixon Kojariyning Navoiy asarlari asosida tuzilgan va 8ming so‘z 
izohini o‘z ichiga olgan «Lug‘ari atrokiya» (XIX asr) asarlari shunday manbalar 
jumlasiga kiradi. 

Yüklə 60,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə