Mavzu: Inklyuziv talim siyosati Inklyuziv taʼlim


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 51,79 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü51,79 Kb.
#151565
1   2   3   4   5
Mavzu Inklyuziv talim siyosati Inklyuziv ta lim

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fanida bakalavr talabalar o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fan “Inklyuziv ta’lim” sohasining fundamental nazariy asoslarini, ilmiy-uslubiy yondoshuvlarni egallanilishini nazarga tutganligi sababli mazkur kursda ta’lim berishning ham an’anaviy usullari hamda innovasion pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi. Jumladan, qisqa hajmli ma’ruzalar, aqliy xujum usuli, guruhlarda ishlash, guruhiy namoyishlar, individual tahlilni amalga oshirish; keys-stadi, ya’ni ijtimoiy hayotdan keltirilgan vaziyatlarni modellashtirish orqali rolli ijro etish hamda uni muhokama etish, pover-point namoyish hamda ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslariga mos darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Yüklə 51,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə