Mavzu: Ishlab chiqarish omillari bozori Reja Mehnat bozori Kapital bzori



Yüklə 191,41 Kb.
səhifə6/11
tarix11.12.2023
ölçüsü191,41 Kb.
#145859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarish omillari bozori

Kapital sarfi,
K


Mehnat sarfi,
L


Mahsulot ishlab
chiqarish hajmi, Q


O`rtacha mahsulot,
AP Q
L





Chekli mahsulot,
MP Q
L L












15

0

0

-

-

15

1

12

12

12

15

2

32

16

20

15

3

60

20

28

15

4

80

20

20

15

5

95

19

15

15

6

108

18

13

15

7

112

16

4

15

8

112

14

0

15

9

108

12

- 4

15

10

100

10

- 8

Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning o`zgarmasligini ko`rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga to`g`ri keladigan mahsulot o`rtacha mahsulot bo`lib, u to`rtinchi ustunda keltirilgan. O`rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O`rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka etguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O`rtacha mahsulot maksimal bo`lganda mehnat sarfi to`rt birlikni tashkil qiladi.

Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti


MPL

keltirilgan. U qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot miqdori bo`lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan undan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayrish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o`zgarmas bo`lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o`zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo`shimcha mahsulot yaratadi. O`rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida o`sib, keyinchalik kamayib boradi (ya′ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o`sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatga va boshqa kapital sarfiga ham bog`liq. Agar mehnat sarfi o`zgarsa kapital sarfi ham o`zgarishi mumkin.


Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko`rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o`zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo`shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi (10.3-rasm).
Agar biz o`zgaruvchan omil sifatida mehnat sarfini qarasak (kapital sarfi o`zgarmaganda), mehnat sarfi kichik miqdorda oshganda mahsulot ishlab chiqarish hajmini anchagina oshiradi, nima uchun deganda, boshlang`ich davrda mehnat sarfining oshishi kapitaldan to`liqroq foydalanish imkonini beradi.

Q3 95 C
Q2 80 B

L1
Q1 60 A

O‘rtacha va


chekli mahsuldorlik, APL, MPL

Natijada chekli mahsuldorlik, umumiy va o`rtacha mahsuldorlik oshadi. Lekin pirovard natijada ishchilar sonining oshishi (kapitalning o`zgarmaganligi) chekli mehnat unumdorligini kamayishiga olib keladi, ya′ni omil mahsuldorligining kamayish qonuni ishlay boshlaydi. Omil mahsuldorligining (bir birlik qo`shimcha omil sarfiga to`g`ri keladigan qo`shimcha mahsulot) kamayish qonuni qisqa muddatli oraliqqa xosdir, chunki bu oraliqda kamida bitta omil o`zgarmasdir. Uzoq muddatli oraliqda barcha omillar ma′lum miqdordagi kombinatsiyada oshsa, ishlab chiqarish hajmi ham oshib boradi.

Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi. Mahsuldorlik kamayish qonuni ma′lum bir ishlab

chiqarish texnologiyasida o`rinlidir. Yuqorida keltirilgan 10.2-jadval ma′lumotiga ko`ra umumiy mahsulot miqdori, o`rtacha va chekli mahsulot miqdorlarini qarab chiqamiz: O`rtacha mahsulot va chekli mahsulot chiziqlari bir-biri bilan bog`liqdir. Agar chekli mahsulot o`rtacha


mahsulotdan katta bo`lsa MPL APL , o`rtacha mahsulot o`sadi. Rasmda

NA'
oraliqda chekli mahsulot MPL o`rtacha mahsulot
APL
dan katta

bo`lgani uchun, o`rtacha mahsulot o`sadi. Anuqtada, chekli mahsulot

maksimumga erishadi.
AB'
oraliqda chekli mahsulot kamayib, B'

nuqtada o`rtacha mahsulotga teng bo`ladi.


B'C'
oraliqda
MPL
APL

bo`lgani uchun o`rtacha mahsulot kamayib boradi.
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni absolyut bo`lmasdan nisbiy xarakterga egadir va u ma′lum ishlab chiqarish texnologiyasiga qo`llaniladi. Vaqt o`tishi bilan texnologiyaning takomillashuvi, mahsulot ishlab chiqarish chizig`ini yuqoriroqga ko`tarilishiga olib kelishi mumkin.

Shuni eslatib o`tish kerakki, texnologiyaning takomillashuvi omil mahsuldorligining kamayishi qonunini umuman ishlamasligini bildirmaydi, ushbu qonun har qanday ishlab chiqarish texnologiyasida ham o`z kuchini saqlab qoladi. Rasmdagi 1, 2 va 3-takomillashgan texnologiyalarga mos keluvchi ishlab chiqarish chiziqlaridagi A, B, C nuqtalardan keyingi ishlab chiqarish nuqtalarida har bir qo`shimcha sarflangan ishlab chiqarish omili (mehnat sarfi), ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi.
Ishlab chiqarish egri chiziqlarining o`ngga yuqoriga siljishi ushbu qonunni ishlashini ma′lum ma′noda sezdirmaydi. Xuddi mana shu holat, ya′ni mahsuldorlikning kamayish qonunini qisqa muddatli orliqdagi va uzoq muddatli oraliqdagi (texnologiyalarning takomillashuvi sharoitida) ishlash mohiyatidagi anglashmovchiliklar ingliz iqtisodchi olimi Tomas Maltusni (1766-1834) yer sharida aholining uzuluksiz o`sishi kelajakda og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to`g`risidagi bashoratiga sabab bo`ldi. Maltusning ushbu bashorati asosida omil mahsuldorligining kamayish qonuni yotadi. Maltus yer sharidagi qishloq xo`jaligida ishlatiladigan yerlarning nisbatan cheklanganligi va unda mehnat qiladigan aholining o`sib borishi pirovardda mehnat unumdorligini kamayishiga olib keladi va cheklangan yer oshib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan yetarli darajada ta′minlay olmaydi, deb faraz qiladi, ya′ni chekli va o`rtacha mahsuldorlikning kamayishi bilan aholining o`sib borishi umumiy ocharchilikka olib keladi.
Ma′lumki, Maltus xatoga yo`l qo`yadi (lekin, uning mehnat unumdorligining kamayish to`g`risidagi fikri to`g`ri bo`lsada). Jahondagi ishlab chiqarish taraqqiyoti shuni ko`rsatadiki, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi jahon bo`yicha oshib bormoqda.
Ishlab chiqarish omilarini bir-biri bilan almashtirish. Ikki omilga bog`liq ishlab chiqarish funksiyasini ko`rib chiqamiz. Masalan, ishlab chiqarishda ikkita omildan - mehnat va kapitaldan foydalaniladi, deylik. U holda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Q F(L, K) , bu yerda: Q - mahsulot hajmi; K- kapital; L- mehnat.
Faraz qilaylik, mehnat va kapital sarflab oziq-ovqat ishlab mahsulot ishlab chiqarishi hajmlaridagi izokvantalar

Ma′lumki, izokvanta - bu egri chiziq bo`lib, bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan omillar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Shuning uchun ham 65 birlik mahsulot ko`proq kapitaldan foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin (A nuqta), yoki ko`proq mehnat sarfidan foydalanib ishlab chiqarish mumkin (B nuqta). Ikkala chetki A va B nuqta oraliqlaridagi variantlar ham bo`lishi mumkin. Rasmdan malumki, mahsulot ishlab chiqarishda mehnat omili (L) sarfining oshishi, kapital (K) sarfining kamayishi hisobiga

Yüklə 191,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə