Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

4. Xususiy kapital
.
Bank riskini bartaraf etish bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 
chora – tadbirlar va usullar samara bermasa, bank kapitali so‘nggi «umid istehkomi» 
bo‘lib hizmat qiladi. Chunki bank o‘z faoliyati bo‘yicha olgan zarari hatto aksionerlik 
kapitalini ham yemirsa, bank o‘z eshiklarini yopishga va o‘zini bankrot deb tan olishga 
majbur bo‘ladi. Shuning uchun risk darajasi (u qaysi manbadan hosil bo‘lishidan qat’iy 
nazar) qanchalik yuqori bo‘lsa, kapital miqdori shunchalik katta bo‘lishi kerak.
 
Bank kapitalining quyidagi turlari mavjud:
1.
Oddiy aksionerlik kapitali
. Uning qiymati, bank tomonidan chiqarilgan va 
dividendlar miqdori o‘zgaruvchan bo‘lgan, oddiy aksiyalarning nominal qiymati bilan 
aniqlanadi. 
2.
Imtiyozli aksionerlik kapitali
, fiksatsiyalangan daromad to‘lanishi (dividend 
stavkasi) va’da qilingan (muomilaga chiqarilgan va istalgan turdagi) aksiyalarning 
nominal qiymati orqali hisoblanadi; imtiyozli aksiyalar muddatsiz va qoplash muddati 
chegaralangan bo‘lishi mumkin. 
3.
Qo‘shimcha kapital
, aksiyalarning nominal qiymati va sotib olish bahosi 
o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
4.
Taqsimlanmagan foyda
, divedend tariqasida to‘lanmagan va bank tomonidan 
investitsion maqsadlarga ishlatish uchun olib qolingan sof foydadir. 
5.
Zahiralar
, ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha harajatlarni qoplash, shuningdek 
e’lon qilinmagan dividendlarni to‘lash uchun saqlanayotgan mablag‘lardir. 
6.
Subordinar majburiyatlar (qarz)
omonatchilar oldidagi majburiyatlarga ko‘ra 
ikkilamchi, aksiyadorlar oldidagi majburiyatlar bo‘yicha birlamchi bo‘lgan, tashqi 
investorlar tomonidan qo‘yilgan uzoq muddatli qarz kapitalidir. Bunday qarz 
majburiyatlari konvertatsiyalanadigan (ya’ni bank aksiyalariga almashtiriladigan) 
bo‘lishi mumkin. 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə