Mavzu: Jahon xo’jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari mundarija kirish Reja



Yüklə 158,88 Kb.
səhifə8/19
tarix22.12.2023
ölçüsü158,88 Kb.
#154111
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
jahon xojaligining vujudga kelishi a

Birinchi yo’nalish ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvi ishlab
chiqarish vositalari va texnologik bilimlarni ayirboshlash, xalqaro ixtisoslashuv va
kooperatsion aloqalar negizida yaxlit ishlab chiqarish va iste’mol tizimi bo’lib, bu
ishlab chiqarish resurslari xalqaro moddiy - material, axborotning xalqaro
umumlashuvi, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmalardan iborat xamkorlik jarayonini
ifodalaydi.
Ikkinchi yo’nalish - XMT orqali baynalminallashuv jarayoni;
Uchinchi yo’nalish - an’anaviy xalqaro savdoning xajmi va sifat jixatining
o’zgarishi negizida iqtisodiy xayotning baynalminallashuvidir. Xalqaro savdoning
vazifasi «tovar-pul» oddiy formulasidan, milliy ishlab chiqarish jarayonlariga
xizmat qiluvchi chegaralardan chiqib ketdi va natijada xalqaro savdo tarkibi xam
o’zgardi.
To’rtinchi yo’nalish - moliya va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro
almashuv turi mamlakatlar iqtisodiy xayotining yaqinlashuvi va uyg’unlashuviga
olib kelmoqda. Bu jarayon xalqaro kredit va xorij investitsiyalari shaklida amalga
oshirilmoqda.
Beshinchi yo’nalish - xalqaro xamkorlikda xizmatlar ko’rsatish soxalari
moddiy ishlab chiqarish soxalariga nisbatan tez rivojlanib bormoqda.
Oltinchi yo’nalish – ilmiy-texnik bilimlarning xalqaro almashuvining tez
rivojlanishidir. Bu jarayon xalqaro intelektual mexnat taqsimotining
shakllanishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarining xalqaro
ixtisoslashuvi va kooperatsiyasiga olib kelmoqda.
Ettinchi yo’nalish - xalqaro ko’lamda ishchi kuchi integratsiyasi o’smoqda va
bu jarayonda xamdo’stlik mamlakatlari xam ishtirok etmoqda xamda u iqtisodiy
xayotni baynalminallashuvining tarkibiy qismi bo’lib qolmoqda.
Sakkizinchi yo’nalish - xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va iste’molning
baynalminallashuvi tabiiy muxitga jiddiy ta’sir etmoqda va bu soxada xalqaro
xamkorlikni kun tartibiga qo’ymoqda (atrof-muxitni muxofaza qilish, Dunyo
okeanini va kosmosni o’zlashtirish, rivojlanayotgan mamlakatlardagi ochlik va
savodsizlikni bartaraf etish va boshqalar).
Qishloq xo`jaligi umuman iqtisodiyotning qadimiy sohasidir. Dastlabki
ijtimoiy mehnat taqsimoti ham avval chorvachilik, sungra dexkonchilikning paydo
bo`lishi bilan bog’liq. Dexkonchilik va, xususan sug’orma dexqonchilik jamiyat
taraqqiyotida alohida, inqilobiy ahamiyatga ega bo`lgan. Sababi - aynan sug’orma
dexkonchilik jamoa, uning asosida doimiy aholi manzilgoxlarining vujudga
kelishida muhim rol uynagan, keyinchalik dexqonchilik xunarmandchilik va
savdo-sotiqni, ular esa o`z navbatida manufaktura va yirik mashina industriyasini
rivojlantirishga olib kelgan. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun quyidagilar
xos:
 agrar soha bevosita tabiiy sharoit bilan bog’liqligi tufayli u mavsumiy
xarakterga ega;
 mavsumiyligi uchun mehnat resurslari ham yil davomida band emas;
 qishloq xo`jaligi rivojlanishi sanoatga nisbatan uzgaruvchan ko`rinishda
boradi;
 bu tarmoqda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil qilish shakllari o`ziga xos
mujassamlashuv va ixtisoslashuv torrok, kooperatsiya va kombinatlashuv
esa juda kam xollarda uchraydi;
 qishloq xo`jaligi tarmoqlari areal yoki maydon shaklida hududiy tashkil
qiladi;
 mazkur tarmovda ekstensiv va intensiv rivojlanish yakkol kurinadi;
 qishloq xo`jaligining tarmoqlar tarkibi sanoatga o`xshash uncha boy emas;
 qishloq, xo`jaligida mulkchilikni xususiylashtirish osonrok;
 xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, chet el investorlarini
qishloq xo`jaligiga jalb qilish kamrok va x.k.
YUqoridagi xususiyatlar ushbu tarmoqning iqtisodiyoti va geografiyasiga
jiddiy ta’sir ko`rsatadi. CHunonchi, tabiiy sharoitning iqlim va ob-xavoning
noqo`layligi qishloq xo`jaligi unumdorligi, u esa kayta ishlovchi (ozik-ovkat)
sanoatiga va pirovard natijada xalqning turmush darajasini pasayishiga olib keladi.
Kolaversa, qishloq xo`jaligi bilan sanoatning boshqa tarmoqlari: mashinasozlik,
ximiya, qurilish materiallari sanoati va elektr-energetika ham aloqador.
Mehnat resurslaridan foydalaiishning mavsumiyligi. ishlab chiqarishning
mujassamlashuv darajasini yuqori emasligi mazkur tarmoqning iqtisodiy
ko`rsatkichlarini pasaytiradi. Bundan tashqari, qishloq xo`jaligida er ishlab
chiqarish vositasi bo`lib, uniig tabiiy xosildorligi hamma joyda ham bir xil emas.
Qishloq xo`jaligi asosan ikki katta tarmoqdan, ya’ni dexqonchilik va
chorvachilikdan tashkil topgan. Er yuzi bo`yicha qishloq xo`jaligida dexkonchilik
oldinda turadi, Biroq, shunday bo`lsada dexkonchilik va umuman qishloq
xo`jaligida tarmoqlarning turlanishi sanoatta nisbatan sustrok bormokda. Ayni
vaqtda qishloq xo`jaligidagi ayrim yangi yo`nalishlar - broyler parrandachiligi,
teplitsa (issik xona) xo`jaligi, sut va gusht fabrikalari, uzlarining tashkil kilinishiga
karab ko`proq industrial sohaga yaqin turadi.
So`nggi yillarda ba’zi bir maxsulotlarning etishtirilishi (pomidor, bodring,
ziravorlar va b.) mavsumiy xususiyatini yo`qotib bormokda. Masalan, Toshkent
bozorlarida bunday maxsulotlar deyarli yil buyi mavjud. Albatta, bu o`rinda
"geografik konveyr»ning roli ham bor. CHunki, yuqoridagi qishloq xo`jalik
maxsulotlarini etkazib turish turli hududlarda, ularnipg agroiqlimiy sharoitlaridan
kelib chiqqan holda navbatma-navbat amalga oshiriladi.
YAna shuni qayd etish joizki, ayrim qishloq xo` jaligi mevalarining geografiyasi
tobora kengayib bormokda. CHunonchi, anjir, anor va ayniqsa xurmo faqat
alohida, subtropik rayonlarning mevasi bo`libgina qolmay, ular endigi sharoitda
ko`pgina hududlarda etishtirilmokda.
Qishloq, xo`jaligi tarmoqlarini joylashtirishga tabiiy va ijtimoiy -iqtisodiy
omillar ta’sir kursatadi. Tabiiy komponentlar ichida eng avvalo iqlim, suv va
tuprokning axamiyati katga. Iqlim sharoitlari, xarorat, er osti va er usti suvlari
tuprok xususiyatlari qishloq xo`jaligining tarmoqlar va hududiy tarkibini ko`p
jihatdan belgilab beradi.
Foydali xarorat, ya’ni yig’indisi yil davomidagi sutka xaroratining + 10°S-
dan yuqorisi va ijobiy xarorat yigindisi (erta baxordan to kech kuzgacha ijobiy
xaroratning summasi) o`simlnklarning pishib etishi uchun talab qilinadigan
vegetatsiya davrini shakllantiradi. Masalan, paxta uchun birinchi ko`rsatkich eng
kamida 20000S, ikkinchisi 40000S bo`lishi kerak
Qishloq xo`jaligi uchun erning axamiyatini ta’kidlagan edik. Ammo har
qanday er maydoni ham bu sohada intensiv foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Binobarin, hududlarning qishloq xo`jalik salohiyati yoki ekiladigan yoki
haydaladigan er va umumiy er maydonining nisbati, er fondining xajmi va tarkibi
orkali belgilanadi. Ayniksa, sug’oriladigan er maydoni bilan qishloq aholisining
ta’minlanganlik darajasi katta mazmunga ega.
Foydalanish mumkin bo`lgan er maydonining xajmi shu joyning geomorfologik
xolatiga ham bog’liq. CHunonchi, tekis bo`lmagan hududlarda er koffitsienti
nisbatan past bo`lishi aniq.
Ayni chog’da bizning sharoitimizda faqat er maydoniniig bo`lishi etarli
emas. Buning uchun albatta yana issik xarorat va suv, namgarchilik talab kilinadi.
CHunki, O`zbekistonda etishtiriladigan qishloq xo`jalik maxsulotlarining
ko`pchiligi issiq talab va suv talabdir. Ayniqsa, bodring, pomidor, baqlajon, sholi
kabilarda suv sarfi ancha yuqori.
Qizigi shundaki, tabiatda bir joyning o`zida issiq xarorat, dexkonchilikka
yaroqli er maydoni va suv kamdan-kam xollarda uchraydi. Suv bor joyda qo`lay er
maydoni yo`q (tog’liklar), er maydoni bor joyda suv yo`q (cho`llar). Birinchisida
dexqonchilik uchun terrasa usuli, ikkinchisida sun’iy sug’orish qo`llaniladi,
Qadimda sug’orma dexkonchilik daryolarning quyilish qismida, del’tasida
rivojlangan va buning uchun tabiiy xosildor allyuvial yotqiziqlardan foydalanilgan.
Biziing o`lkamizda dastlabki voxalar aynan mana shunday hududlarda vujudga
kelgan. Keyinchalik sug’orma dexkonchilik geografiyasi daryolarning kuyilishidan
ularning yuqori kismlariga kutarilib borgan, suv omborlari va kanallar qurilishi
munosabati bilan tog’ yonbagri adirlar ham ishlab chiqarish oborotiga kiritilgan,
voxalar bir-biriga tutashib ketgan (masalan, Fargona vodiysida).
Sun’iy sug’oriladigan dexkonchilikdan tashqari bizda baxorikor erlar ham ko`p
(Samarkand, Jizzax, Surxindaryo viliyatlari va boshqalar). Bunday tabiiy
namgarchilikdan foydalanib dexkonchilikni yuritish. erning gidrotermik rejimini
hisobga olgan holda joylashtiriladi. Maxsus adabiyotlarda buning uchun "Lange
omili" tushunchasi mavjud bo`lib, u issiklik bilan yogin-sochin nisbatini bildiradi.
Jumladan, bahorikor dexkonchilikda yillik yogin - sochin mikdori urtacha yillik
xaroratdan kamida 15 marta ko`p bo`lishi talab etiladi. Agar bu koffitsient 15 dan
kam bo`lsa, u xold faqat chul yaylovchiligi rivojlantirish mumkin, xolos.
Havo (xarorat), suv, tuproq - qishloq xo`jaligi rivojlanishi va
foydalanishining asosiy uch shartidir, SHu bilan birga melioratsiya va irrigatsiya,
mehnat resurslari, fan - texnika tarakkiyoti, transporg va boshqalarning axamiyati
ham muhim. Masalan, ishchi kuchi omili, ayniksa, sug’orma dexkonchilikda,
sabzavotchilikda katta rol uynaydi. Ammo, ta’kidlash lozimki, O`zbekiston qishloq
xo`jaligida mehnat resurslarining bandligi nixoyatda yuqori. Bu esa mazkur tarmoq
samaradorligini, uning mehnat unumdorligini nixoyatda pasayishiga sabab bo`ladi.
Mavjud ma’lumotlarga kura, AQSH qishloq xo`jaligida atiga 8,7% mehnat
resurslari band. Buyuk Britaniyada, xozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi maxsulotlari
chetdan keltirilganigi tufayli, bu ko`rsatkich 3%ni tashkil qiladi.
Dunyo bo`yicha qishloq xo`jaligida mehnatga layokatli aholining yarmidan
ko`prog’i ishlaydi. Afrika va Osiyo davlatlarining ba’zilarida bu ko`rsatkich
yanada yuqori (masalan, Nepalda 90%). Ayni vaqtda rivojlangan mamlakatlarda
sanoatning "pastki" qatlamlarini rivojlanayotgan mamlakatlarga ko`chishiga
o`xshab, ularda qishloq xo`jaligining intensiv shakli saklanib qolmokda, xolos.
Qishloq xo`jaligida aholi bandligining qiskarib borishi dastlab Buyuk Britaniyada,
so`ngra Belgiya, Niderlandiya, Daniya, AQSH va boshqalarda kuzatilgan.
Natijada, xozirgi kunda bu mamlakatlarda bir fermer taxminan 80 va undan ortik
kishini ozik-ovkat bilan ta’miilashga kodir. Vaxolanki, rivojlanayotgan
mamlakatlarda mehnat sarfi xaddan tashqari ziyod, kishilok joylarda "yashirin"
ishsizlar ko`p aholinnng nisbiy va xatto mutloq ortiqchaligi sezilib turibdi.

Yüklə 158,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə