Mavzu: Jahon xo’jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari mundarija kirish Reja


-jadval Dunyo xo’jaligining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 158,88 Kb.
səhifə5/19
tarix22.12.2023
ölçüsü158,88 Kb.
#154111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
jahon xojaligining vujudga kelishi a

1-jadval
Dunyo xo’jaligining rivojlanish bosqichlari


Birlamchi sektordagi ish bilan mashg’ul axoli sonining qisqarishuvining
barxam topishini bildirmaydi, zero iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ushbu
sektor ishlab chiqarish xajmi va jaxon bozorlariga maxsulot yetkazib berish xajmi
jixatidan yetakchi mavqeini egallaydi. Agrar sektorda ishlovchilar sonining
qisqarishi eng avvalo samarali texnologiyalarning qo’llanilishi, o’simliklarni
ximoyalash vositalaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lib, ish bilan band axolining
asosiy qismi agrobiznesning boshqa soxalari sanalmish ilmiy-tadqiqot, maslaxat
xizmati, saqlash va qayta ishlash, marketing va x.k.da xizmat qilishadi.
Rivojlangan davlatlardagi ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari
xajmi dunyo xo’jaligining dinamikasini belgilaydi. Tashkiliy jixatdan esa xalqaro
mexnat taqsimoti ko’proq transmilliy korporatsiyalar (TMK) majmuasi bilan
bog’liqdir. 1990 yillarda maxsulot ayirboshlashning 2G’3 qismi aynan TMKlarga
va shu bilan birga ushbu ayriboshlashning 1 G’3 qismi TMKlarning turli
mamlakatlarida joylashgan filiallari o’rtasidagi aloqalari xissasiga to’g’ri keldi.
Zamonaviy dunyo xo’jaligi tizimining shakllanishi ko’p bosqichli jarayon bo’lib ko’p ukladli xo’jaliklarning saqlanib qolishi va dunyo mamlakatlari rivojlanishning turli bosqichlarida bo’lishlari asosida amalga oshadi.
Dunyo xo’jaligining muxim qirralaridan biri norasmiy sektor bo’lib ushbu
sektor dunyoning ko’plab davlatlarida keng yoyilgandir. Ushbu sektor faoliyatning
turli xillari, shu jumladan, maxsulot ishlab chiqarish, savdo va boshqa xizmatlar
ko’rsatish bilan mavjud yuridik va soliq tartibotlari chegarasidan chiqqan xolda
shug’ullanadi.
Norasmiy sektorning asosiy qismini qonun tomonidan taqiqlangan
maxsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat turlarini ko’rsatish, jumladan
narkobiznes, parnobiznes, qurol-yarog’, valyuta va qimmatbaxo metallarni
noqonuniy ravishda sotish tashkil etadi. Faoliyatning ushbu turlari «qora bozor»
ning paydo bo’lishiga sharoit yaratadi. Umuman, norasmiy sektor xissasiga ayrim
ma’lumotlarga qaraganda xalqaro yalpi maxsulotning 20% ga qadar qismi to’g’ri
keladi.
SHu tariqa, dunyo xo’jaligining xozirgi zamon global geografik tizimi uchun
turli bosqichlilik xolati xosdir, ya’ni dunyoning ko’plab mamlakatlari bir vaqtning
o’zida rivojlanishning turli bosqichlarini post industrial, industrial va
industrlashtirishgacha va Kondrat’evning «besh» uzun to’lqinlari davrlarini
boshdan kechirmoqdalar. Aynan, ushbu xolat dunyo xo’jaligini makon jixatidan
o’zini tashkil etish qobiliyatiga ega ekanligini bildiradi. Iqtisodiy jixatdan
rivojlangan mamlakatlarning postindustrial bosqichiga o’tishlari oldingi
davrlardagi tarmoqlarning siljishi - ya’ni qazib olish va qayta ishlash sanoatining
ko’plab tarmoqlarini industirlash bosqichi boshlangan mamlakatlar va xududlarga
ko’chib o’tish jarayonlari bilan bog’liqdir.
Milliy xo’jaliklarning jaxon xo’jaligiga qo’shilish jarayoni bosqichlari. Dunyo xo’jaligi juda murakkab tizim bo’lib, uning tarkibi ko’plab elementlardan
(tizimlar) iborat. Bu tizimning asosini xalqaro va ayrim milliy davlatlar doirasida
moddiy ishlab chiqarish va ma’naviyatning iste’moli, taqsimlanishi va
ayrboshlashi tashkil etadi. Bu bosqichlarning xar biri xam xalqaro (global) xam
mamlakatlar doirasida o’zining roli va o’rni bilan dunyo xo’jalik tizimining
faoliyatiga turlicha ta’sir qiladi.
Milliy xo’jalik majmualari dunyo xo’jaligi tizimining zaruriy bo’laklari
xisoblanadi. Biroq, ushbu xolatni tadqiq etishda xalqaro mexnat taqsimotida
ishtirok etuvchi xar bir tashkilot yoki muassasa xamda xar qanday tarmoq yoki
faoliyat turini o’zida mujassam etadigan resurslarning majmuasini nazarda tutmoq
lozim. Xar bir xo’jalik birligi firma, sanoat korxonasi, transport firmasi, bank va
boshqalar o’z mamlakatlaridagi ma’lum tarmoqqa xizmat ko’rsatishlari, xududiy
yoki xalqaro axamiyatga ega bo’lishlari xamda xalqaro savdo jarayonida ishtirok
etishlari lozim. Albatta, dunyo bozorining asosiy qismi yirik birlashmalarga
tegishlidir, biroq ushbu qonuniyat endilikda ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatishning nixoyat katta xajmga ega bo’lishini talab etmaydi. Bu narsa tarmoq
turi va taqdim etilayotgan maxsulot va xizmatlar xarakteri bilan xam bog’liqdir.
SHuning uchun xozirgi vaqtda xo’jalik faoliyatining globallashuvi sharoitida
dunyo xo’jaligi o’z tarkibiga iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini qamrab oladi va
ularga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Xozirgi vaqtda xalqaro ayirboshlashda
faol ishtirok etuvchi va o’z faoliyatini ichki bozor bilan cheklab qo’yuvchi
firmalar, kompaniyalar va korxonalar orasida aniq chegara o’tkazish qiyindir.
Natijada, makon ierarxiyasining yuqori pog’onalarini dunyo xo’jaligining
xududiy va tarmoq tuzilmalaridan iborat integratsion birlashmalar, milliy xo’jalik
majmualari, tarmoq va tarmoqlararo milliy korporatsiyalar egallashadi. Ushbu
tizimchalar tarkibiga shartli ravishda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, turtlamchi
va aloxida tarmoqlar va faoliyat turlarini kirgizish mumkin. Birlamchi tarmoqqa an’anaviy tarzda, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, baliq xo’jaligi; ikkilamchi

Yüklə 158,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə