Mavzu: Jahon xo’jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari mundarija kirish Reja



Yüklə 158,88 Kb.
səhifə1/19
tarix22.12.2023
ölçüsü158,88 Kb.
#154111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
jahon xojaligining vujudga kelishi a


Mavzu:Jahon xo’jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari


M U N D A R I J A
Kirish……………………………………………………………………………….

Reja;
1-bob.Jahon xo’jaligini vujudga kelishi va mohiyati………………….
1.1. Xalqaro mexnat taqsimoti-dunyo xo’jaligining moddiy asosi ………………...
1.2. Dunyo xo’jaligining moxiyati va bosqichlari………………………………….


2-bob.Dunyo xo’jaligi asosiy ko’rinishlari va yangi jarayonlar..............
2.1. Dunyo xo’jaligi va mexnat taqsimotidagi yangi jarayonlar...............................
2.2. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya……………………...
2.3. Xozirgi sharoitda xalqaro raqobat va uning xususiyatlari…………………….


Xulosa……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………………......................................

Kirish
Jahon xo'jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami tarixini o'z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining necha ming yillar
davomidagi evolutsiyasining natijasidir. Jahon xo'jaligining shakllanishi va
rivojlanishi jarayonlarini o'ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim
bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o'z ichiga olgan jahon xo'jaligi belgilari va regional xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha davom etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Yer sharining boshqa regionlarini ham qamrab oladi. Regionlar o'rtasida mahsulotlarni ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltiradi. Ushbu bozor transport rivojlanishi munosabati bilan yana ham kengaydi, chunki dengiz transporti barcha materiklarni
birlashtirishga imkon berdi. Jahon xo'jaligi XX asr arafesida to'la-to'kis shakllanib
bo'ldi hamda mazkur asrning birinchi yarmida uning rivojlanishi ayrim hududlarni
qamrab olish hisobiga amalga oshdi.
Jahon xo'jaligi iqtisodiy kategoriyadir, chunki uning to'g'risidagi tushun-cha
ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo'jalik aloqalarining baynal-milallashishi
hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishi bilan aloqadordir.
Jahon xo'jaligi geografik kategoriya bo'lib, u uch yo'nalishda tadqiq etiladi:
1.Jahon xo'jaligining umumiy geograflyasi.
2.Uning tarmoqlari geograflyasi.
3.Yirik regionlar va subregionlar geograflyasi.
Jahon xo'jaligining shakllanishi va rivojlanishida xalqaro geografik mehnat
taqsimotining o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Geografik mehnat taqsimoti — bu
ijtimoiy mehnat taqsimotining hududiy shaklidir. Geografik mehnat taqsimoti
miqyosiga ko'ra rayonlararo va xalqaro mehnat taqsimotiga bolinadi. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xo'jaligining harakatlantiravchi kuchi va negizidir.


Yüklə 158,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə