Mavzu: Jahon xo’jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari mundarija kirish Reja


-bob.Jahon xo’jaligini vujudga kelishi va mohiyati



Yüklə 158,88 Kb.
səhifə2/19
tarix22.12.2023
ölçüsü158,88 Kb.
#154111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
jahon xojaligining vujudga kelishi a

1-bob.Jahon xo’jaligini vujudga kelishi va mohiyati
1.1. Xalqaro mexnat taqsimoti-dunyo xo’jaligining moddiy asosi va bosqichlari
Dunyo mamlakatlari milliy xo’jaliklarini yagona jaxon xo’jaligiga birlashtirish asosida xalqaro mexnat taqsimoti (XMT) yotadi.
- XMT - ayrim mamlakatlarning o’zlari uchun qulay va manfaatli, samarali
bo’lgan tabiiy sharoit va resurslar, axolining mexnat malakalari va ko’nikmalari
asosida ayrim maxsulotlar yoki ularning turlarini ishlab chiqarishga
ixtisoslashuvi va boshqa mamlakatlar bilan ayirboshlashidir.
- XMT mamlakatlarining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi, ijtimoiy-siyosiy
tuzumining xarakteridan qat’iy nazar tovarlar, xizmatlar va bilimlarning xalqaro
ayriboshlanishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, ilmiy-texnik, savdo-sotiq
soxalarda va boshqa xamkorlikning ob’ektiv asosidir.
- XMT mamlakatlar ichidagi va ular o’rtasidagi munosabatlar rivojlanishining
qonuniy natijasi va ijtimoiy mexnat taqsimotining mantiqiy davomidir.
- XMTini xarakatlantiruvchi kuch va uni rag’batlantiruvchi omil
mamlakatlarning unda ishtirok etishdan ko’zlangan maqsadi, manfaatlari va
vazifalari iqtisodiy foyda olishga qaratilganligidir. Bu faoliyat xalqaro
miqyosida qiymat qonuniga amal qilishda ko’rinadi. Qiymat qonuni tovar
ishlab chiqarish sharoitida XMT afzalliklaridan foydalanishga undaydi.
Xar qanday ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda qiymat ishlab chiqarish xarajatlari,
mexnatga xaq to’lash va qo’shilgan qiymatdan iborat bo’ladi. Barcha bozorga
tushayotgan tovarlar baynalminal qiymatning yoki xalqaro narxlarning
shakllanishida ishtirok etadi. Tovarlar xalqaro bozorlar qonuniyatlariga mos
mutanosiblikda, jumladan qiymat qonuni asosida almashtiriladi. Bunda
erishiladigan iqtisodiy samara vaqtning tejalishida va mexnat unumdorligining
o’sishida namoyon bo’ladi.
XMTda xar bir mamlakat milliy iqtisodiyotining tutgan o’rni quyidagilarga
bog’liq:
1. iqtisodiy-geografik xolati (geostrategik mavqei);
2. agroiqlimiy shart-sharoitlari;
3. tabiiy resurslari - foydali qazilmalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
4. xalqning, millatning mexnat an’analari, ma’lum ishlab chiqarish turlari va
xizmatlarga, ko’nikmalarga egaligi;
5. mamlakatning iqtisodiy-tarixiy rivojlanish xususiyatlari;
6. ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
7. mexnat resurslarining sifat tarkibi, kasbiy va madaniy intelektual darajasi,
yangi kasb va xunarlarning o’zlashtirish imkoniyatlari kabi bir qator
iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar.
XMTning mamlakatlar uchun manfaatli tomonlari quyidagilarda kuzatiladi:
- xalqaro ayrboshlashning qulay sharoitlarida eksport qilinayotgan tovarlar va
xizmatlarning baynalminal va milliy qiymatlari o’rtasidagi ijobiy farqqa
erishish;
- arzon import tovarlar va xizmatlar evaziga milliy tovarlar ishlab chiqarish va
xizmatlardan voz kechish.
Dunyo xo’jaligining rivojlanishi insoniyat taraqqiyoti bilan chambarchas
bog’liqdir. Buyuk geografik kashfiyotlar, Osiyo va Yevropa mamlakatlari o’rtasida
savdo-sotiqning rivojlanishi xalqaro savdoning mintaqaviy markazlari, so’ngra
xalqaro savdo va xalqaro bozorning shakllanishiga, transportning ayniqsa, dengiz
transportining rivojlanishi, XVIII asr oxiri va XIX asrda Yevropada va AQSH da
yirik mashinalashgan ishlab chiqarish tizimi («sanoat inqilobi») dunyo
xo’jaligining shakllanishiga olib keldi. XIXasr oxiri XX asr boshlarida yirik sanoat
industriyasi, transport va xalqaro bozor negizida-dunyo xo’jaligi yuzaga keldi.
Dunyo xo’jaligi - milliy xo’jaliklarning umumlashmasi bo’lib, barqaror
sur’atda rivojlanib borayotgan, bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga
buysungan xolda xalqaro aloqalarning o’sib borishi bilan birgalikda o’ziga xos
qarama-qarshiliklarga xam ega bo’lgan yaxlit xo’jalik tizimidir.
Dunyo xo’jaligining informatsion makonida integratsion rolni eng avvalo
iste’mol jamiyati stereotiplari o’ynaydi. Industriallashgan jamiyatning shakllanish
davridayoq ommaviy ishlab chiqarish va «davlatning umumiy farovonligi»
(Gelbreyt) stereotiplarining faol rivojlanishi ko’zatildi va bu «iste’mol obro’ -
e’tibori»dan boshlab ishlab chiqarishni gurkirab rivojlanishi, bozorlarning
maxsulotlar, ayniqsa uzoq muddat foydalaniladigan maxsulotlar bilan to’lib
toshishi kuzatildi.
Keyinchalik iqtisodiy rivojlangan davlatlar o’rtamiyona qatlamining extiyoj
darajasiga va tarkibiga erishish ko’plab mamlakatlar axolisining asosiy
maqsadlariga aylandi. Bu xolat birinchi marta 1940 yillar oxirlarida amerika
iqtisodchi olimi J.D’yuzenberri tomonidan asoslangan «namoyish samarasi» bilan
bog’liqdir. Dastavval matbuot vositalari orqali Gollivud fil’mlarining namoyish
etilishi, keyinchalik esa televizion seriallar va boshqa turdagi reklama
maxsulotlarining paydo bo’lishi ushbu ustivor extiyojning shakllanishi va
rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi.
«Talab-taklif» zanjiridagi qayta aloqalarning qonuniyatlari informatsion
makonning ishlab chiqarishning o’sishi va iste’mol maxsulotlari xalqaro
bozorlarini rivojlantirishdagi rolini yanada ortiradi va tarmoqlararo aloqalarning
mavjudligi sababli dunyo xo’jaligining barcha tarmoqlarini rivojlanishiga kuchli
turtki beradi. Xozirgi paytda eng avvalo katta xarajatli reklama kompaniyalari
xisobiga bu jarayon dunyo xo’jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish uchun
sharoit yaratdi va agar, ta’bir joiz bo’lsa, o’ziga xos «doping»ga aylandi. Xozirgi
zamonda xo’jalik yuritishning biror bir turi busiz faoliyat ko’rsata olmaydi.
SHu tariqa, iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan o’zaro chambarchas bog’liq
bo’lgan tizimchalar, elementlar va oqimlar dunyo xo’jaligining xududiy - tarmoqli
tuzilmaga ega ekanligidan dalolat beradi. Ushbu tizimning o’ta murakkabligi va
yuqori darajadagi noaniqligi dunyo xo’jaligining xususan, uning eng nozik
sanalgan moliya-valyuta tarmog’ini tartibga solib turuvchi turli - tuman
mexanizmlariga extiyoj seziladi. SHu bilan birga dunyo xo’jaligining rivojlanishi
uning shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari va ichki qaram-qarshiliklari bilan
bog’liqdir.
Dunyo xo’jaligining XX asrda rivojlanish jarayonlarini uch bosqichga bo’lish
mumkin.
Birinchi bosqich - XX asrning 20-30 yillari oralig’ida bo’lib dunyo
xo’jaligining rivojlanishida inqirozli jarayonlar bilan ajralib turadi. Rossiyadagi
1917 yil voqealari va G’arb mamlakatlarining iqtisodiy qamali xalqaro
aloqalarning avvalgi xolatlarini tiklay olmaydi. CHuqur ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz
dunyo xo’jaligi tizimidagi barcha mamlakatlarni qamrab oldi va iqtisodiy
aloqalarning beqarorligini kuchaytirdi. Birinchi jaxon urushi va «Buyuk
depressiya» (turg’unlik) davri barcha bosh mamlakatlar iqtisodiyotiga kuchli ta’sir
ko’rsatdi.
Ikkinchi bosqich - XX asrning 40-80 yillarini o’z ichiga oladi va xalqaro
iqtisodiyotda tadbirkorlik kapitalining intensiv o’sishi bilan xarakterlanadi. Bu
bosqichda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar dunyo xo’jaligining tashkiliyiqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Ishlab chiqarish
aloqalarida transmilliy korporatsiyalar - maxsulot ishlab chiqarish, uning
realizatsiyasi, xisob-kitobi, kreditlash tizimidan iborat baynalminal (xalqaro) ishlab
chiqarish majmualarini shakllantiradilar. Bu bosqichda dunyo xo’jaligida muxim
jarayonlar:
a) AQSH ning iqtisodiy qudrati yuksaldi va ikkinchi jaxon urushidan keyingi
G’arbiy Yevropa mamlakatlariga (Marshall rejasi, 1951 yil) katta iqtisodiy yordam
ko’rsatdi;
b) Mustamlakachilik tuzumi yemirilgandan so’ng bunday iqtisodiy yordam
yangi suveren davlatlarga qaratildi va 90-yillarda dunyo xo’jalik tizimida
rivojlanayotgan mamlakatlar guruxi yuzaga keldi.
50-80 yillarda AQSH iqtisodiy rivojlanish darajasiga boshqa sanoati
rivojlangan mamlakatlar (G’arbiy Yevropa va Yaponiya) iqtisodiy rivojlanish
darajasining yaqinlashuv jarayoni boshlandi.
Ammo, xar bir aloxida mamlakat Amerika iqtisodiyotidagi rivojlanish
darajasiga yetarli darajada yaqinlasha olmadi. Bu bilan birga AQSH ning iqtisodiy
ustunligi ko’p tomonlama tizimda yanada kuchaydi.
70-80 yillardagi jaxon iqtisodiyotidagi taraqqiyot iqtisodiy avtarkiya
tendentsiyasini davom ettirmadi. Aksincha, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish
va chuqurlashtirishning barqaror jarayonlari yuzaga keldi. SHunday qilib, 60-80
yillarning birinchi yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksport kvotasi
kamaymadi, aksincha, 11% dan, 21% gacha o’sdi, rivojlanayotgan mamlakatlarda
esa 18-20% ga o’sdi.
Dunyo xo’jaligining rivojlanishidagi yangi uchinchi bosqich boshlanishi XX
asrning oxirgi 10 yilligiga to’g’ri keldi. Bu davrda geografik kengliklarni
o’zlashtirish darajasi o’sdi, iqtisodiy o’zaro xamkorlik va o’zaro bog’liqlik
kuchaydi. Xozirgi zamon dunyo xo’jaligi bir xil bo’lmay, g’oyat turlichadir. Unga
ijtimoiy tarkibi, siyosiy tuzilishi, rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, ishlab
chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, shuningdek, xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda ishtiroki, ko’lami, xarakteri va uslublari xilma-xil mamlakatlar
kiradi.
Jaxon xo’jaligida yetakchi o’rinni 7 sanoati rivojlangan mamlakatlar AQSH,
Yaponiya, Kanada, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Italiya egallaydi. Sanoati
rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ular xissasiga sanoat ishlab chiqarishning 80% i
va jaxon sanoati ishlab chiqarishning 60% to’g’ri keladi. SHunga mos ravishda
elektroenergiya ishlab chiqarishning 60-70%, yalpi tovar va xizmatlar eksportining
esa 50-60% to’g’ri keladi.


Yüklə 158,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə