Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Jismoniy madaniyatning faoliyat turi



Yüklə 30,41 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü30,41 Kb.
#158402
1   2   3   4   5   6   7
Jismoniy madaniyatning faoliyat turi - sifatida insonning o‘ziga xos, maqsadga muvofiq harakat faolligini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda
harakat faoliyatining aniq shakllar ko‘rsatilgan.Jismoniy madaniyatga hamma
shakldagi harakatlar kirib qolmasdan, balki harakat faoliyatini aniq mashqlari kiradiki, bular hayotda kerakli harakat ko‘nikma va malakalari tashkil toptira oladigan, hayotga ahamiyatli bo‘lgan, jismoniy sifatlarni yo‘naltirgan holda rivojlanishini ta’minlay oladigan, insonning sog‘lig‘i va ish qobiliyatini yuqori darajada ushlab turaoladigan bo‘lsin. Bunday jismoniy madaniyat faoliyatining asosiy elementlari jismoniy mashqlar deb nom olgan.
Tarixiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, jismoniy madaniyatga ta’sir

ko‘rsatuvchi shakllari, mehnat faoliyatining qaytargan holda, ko‘proq jismoniy mehnat madaniyatning keyingi rivojlanish jarayonida,
birinchi elementar shakllarini xarakterida bo‘lgan. Jismoniy ko‘proq harakat va faoliyatni
maxsus (o‘yin, sport, gimnastika) madaniy ta’lim, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va boshqa vazifalarni echish uchun, maxsus tuzilgan shakllarini o‘z ichiga oladi.Jismoniy madaniyat amaliy tomondan mehnat amaliyotiga oldingidagidek tayyorlash vositasi sifatida qoladi. Bu esa mehnat operatsiyalarini tez egallab olishni ta’minlashi, unumli mehnat qilishni hamda hayotda amaliy vazifalarni echish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikma va malakalarni, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni va yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydigan jismoniy tayyorgarlikka olib keladi.
1. Jismoniy madaniyat- predmetlar birligining boyligi sifatida - jamiyat tomonidan yaratilgan moddiy va material boylikni, jismoniy madaniyat faoliyatini samarali ravishda ta’minlash natijasidir.
Jismoniy madaniyatni rivojlanishidagi har bir bosqichda uni boylik (kishi talablarini qondiradigan boylikni) mazmunini kim shug‘ullanayotgan bo‘lsa, o‘rgatishi, ishlatish bu bilan birga imkoniyati boricha keyinchalik rivojlantirishi mumkin. Bu erda so‘z jismoniy madaniyatning hozirgi kunda ko‘p tarqalgan shakllari: gimnastika, sport turlari, sport o‘yini turidagi o‘yinlar, jismoniy mashqlarni majmui sifatida jismoniy madaniyatni amaliy va boshqa bo‘limlariga kiritilgan
Ijtimoiy hayot va faoliyatni uzoq rivojlanishi yo‘lida, jismoniy madaniyatning mazmuni va shakli ham asta-sekin farqlanib bordi (ta’lim va
tarbiya, moddiy ishlab chiqarish va xizmat faoliyati, kunlik hayotda va dam olishda, tibbiyotda) bu esa jismoniy madaniyatda, ko‘pgina ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘limlarni maktabda, ishlab chiqarishda, turmushda, rekreativ davolash jismoniy madaniyat va boshqani tashkil topishiga olib keldi.Sportdagi
yutuqlar jamiyatda jismoniy madaniyatni samaradorligini oshirish uchun maxsus
tayyorlangan material texnik va boshqa sharoitlarga bog‘liq (meditsina ta’minoti, sport informatsiyasi, maxsus sport asbob va uskunalari).
2. Jismoniy madaniyat faoliyat natijasi sifatida kerakli natijalarni bir butunligicha ishlatilishi, jamiyatda predmet boyligi sifatida madaniylashtirilishi
bilan xarakterlanadi. Bularga qisman: jismoniy madaniyat faoliyati natijasida egallangan jismoniy tayyorlanganlik va shu asosida harakat, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari darajasini, jismoniy madaniyat bilan aloqada bo‘lishi bilan orttirilgan natijalardir. Shunday qilib jismoniy madaniyat faoliyati, odam bilan tashqi munosabatda bo‘lib qolmasdan balki, ko‘nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‘unlashgan holda ichki boylik sifatidagi shaklida ham bo‘ladi. Ijtimoiy hayot obraziga, aniq organik sharoitda jismoniy madaniyat hamma sohalarini to‘liqligicha kiritish natijasi xalq ommasini jismoniy kamoloti bo‘yicha kompleks ko‘rsatkichga erishilganligidadir.
Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadqiqotlar madaniyatning qator boshqa sohalariga qaraganda ancha kech boshlandi. Jismoniy madaniyat harakatining amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jamiyat hayotidagi salohiyatini ortib
borishi, uni ilmiy jihatdan fikrlashga bo‘lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat haqidagi ilmiy bilimlar tizimning har xil bo‘limlarini tiklanishi bab-baravar sodir bo‘lgani yo‘q. Boshqa bo‘limlaridan oldin, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlar paydo bo‘ldi. Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya jismoniy madaniyatning asosiy shakli sifatida, o‘z tarixining boshlanishidan boshlab, tarbiyaning umum ijtimoiy amaliyotining katta qismini tashkil etganligi sabab bo‘ldi. Uning asosida paydo bo‘lgan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bevosita pedagogika fani bilan bog‘liq holda taraqqiy qildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmet sifatida anchagina ilgari shakllandi.
Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining qator asosiy masalalari bizning mamlakatimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan (Jumladan, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur). Oliy jismoniy madaniyat ta’limotida
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‘quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi. Maxsus shakllangan predmetlar o‘rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘langan predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir. Lekin u butun jismoniy madaniyat nazariyasini aks ettiraolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo‘lmaydi. Jismoniy madaniyat sohasidagi ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport nazariyasidir. Bu fanning tez rivojlanishiga, ayniqsa, oxirgi o‘n yilliklar ichida, olimpiya o‘yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko‘rsatilgan yuqori sport natijalari sabab bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy yetuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy vazifasidir. Chunki, jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk komil insonlargina jamiyat taraqqiyotini belgilab beraoladi.
Shu sababli olimpiada, jahon chempionatlarini aniqlash va maksimal darajadagi rivojlanishning yangi usullarini qidirib topishda, ko‘pgina tadqiqotchilarni jalb etishning o‘ziga xos tabiiy laboratoriyasiga aylandi va tabiiyki
sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to‘planishida o‘z aksini topdi. Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, sport sohasidagi mutaxassislarni bo‘lajak kasbiga tayyorlashning etukchi predmeti sifatida shakllangan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi fani faqat sportchilarga ta’lim tarbiya
jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fannigina emas, balki komil insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni ham o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki yo‘nalish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi:
Tabaqalashgan (ayrim shaxsiy obyektga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni ixtisoslashuvi va bo‘linishi) va integratsiya (ko‘pgina shaxsiy bilimlarni bir butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish).
Jismoniy madaniyat va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy fanlarni
shakllanishi, ko‘pgina davrlarda, asosan tabaqalashtirilgan yo‘l bilan amalga oshirildi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh hodisalarni oshirish tomonlarini aks ettiruvchi ko‘pgina ayrim predmetlarpaydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo‘limlaridan kelib chiqqan va o‘z tarkibiga, kasbga taalluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, o‘yin, yakkama-yakka kurash, engil atletika, suzish va h.k.), ayrimlari esa, jismoniy madaniyat sohasida yaratilmagan, bilimlar doirasida paydo bo‘lmagan, lekin o‘zlariningtarmoqlari bilan unga ham tegishli tabiiy va boshqa fanlar yoki ilmiy-amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexanika, psixologiya) ixtisoslashgan soha shaklida namoyon bo‘ldi.

Yüklə 30,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə