Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja



Yüklə 30,41 Kb.
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü30,41 Kb.
#158402
1   2   3   4   5   6   7
Jismoniy madaniyat nazariyasi deb keng ma’noda jismoniy madaniyat amaliyotida qo‘llaniladigan nazariy bilimlarning hamma to‘plamiga aytiladi. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar
singari jismoniy madaniyat nazariyasi ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi. Jismoniy madaniyat u yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni maqsadga muvofiq ravishda boshqarishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday bilimlarning majmuasi bir
biridan aniq fan va nazariy umumlashtirish sanasi bilan farqlanuvchi turli fanlar ramkasida shakllanib kelgan va shakllanib bormoqda. Bu jihatdan quyidagilarni ajratish lozim.
Xususiy maxsus predmetlar. Jismoniy madaniyatning ayrim yoki ma’lum yaqin elementlarni o‘z ichiga olib metodik bilim sifatida (gimnastika turlari, sport
o‘yinlari) beriladi. Bunday predmetlar o‘z chegarasida katta bo‘lmagan aniqlikda nisbatan qisqa umumlashtiriladi.
Soha predmetlari. Jismoniy madaniyatni har xil tipdagi katta komponentlarini o‘rganishga qaratilib (ta’lim tizimi, mehnatni ilmiy tashkil qilish,
maishiy xizmat, maxsus sog‘lomlashtirish tiklash tadbirlarida qo‘shiladi), jamiyatda uni asosiy shakli va yo‘nalishidan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish (asosiy jismoniy tarbiya, kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik, sport trenirovkasi va boshqalar). Bu sohadagi fanlarni jismoniy madaniyat nazariyasi va
usuliyatining asosiy kasbga yo‘naltirilgan predmetlari deyiladi. Hozirgi vaqtda bulardan eng rivojlanganlari jismoniy tarbiya nazariyasi va sport nazariyasidir.
Umumlashtiruvchi nazariyaga jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi yoki jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy asoslari deb yuritiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi (uning umumiy asoslari), jismoniy
madaniyatning mohiyatini bildiruvchi ilmiy bilimlarni integrativ tizimi, umuman olganda, shaxsni ijtimoiy tashkil topishida va kishini hayotiy kuchlarini rivojlantirishni optimal rivojlanishi, tarbiyaviy omillar tizimini yanadada rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan holda foydalanishni umumiy qonuniyatlari va ularni amalda qo‘llanilishi tushuniladi.
O‘quv fan sifatida.
Jismoniy madaniyat nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlashda, ularga
ma’lumot berishda asosiy fan bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy madaniyat o‘quv fani sifatida to‘rtta katta bo‘limni o‘z ichiga oladi.
1. Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish. Bu qismda nazariyaning apparati, uning predmeti va tadqiqot uslublarini tashkil etuvchi tushunchalar
ifodalangan, asosiy ijtimoiy funksiyalari va jismoniy madaniyat shakllariga tizimli xarakteristika berilgan, jamiyatda uning rivojlanish oqimlari kuzatilib umumlashtirilgan.
  • Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Bu bo‘limning mazmuni jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fanda asosiy oqim bo‘lib qoladi. Bu erda jismoniy

  • tarbiyaning asosiy belgilari va qonun qoidalari ta’lim va tarbiyaviy maqsadlaridan jismoniy madaniyat foydalaniladigan jarayoni, bunda hal etiladigan asosiy vazifalar, ularni hal qilish uchun qo‘llaniladigan vositalar va uslublar, mashg‘ulotlarning tuzilish usullari va shu kabilar sifatida ko‘rib chiqiladi.
  • Jismoniy madaniyatdan foydalanishning tipik yo‘nalishlari va shakllarining tasnifi. Bu bo‘limda jismoniy madaniyat jamiyatda, inson hayoti tarkibida, ayniqsa, hayotiy faoliyatining asosiy sohalarida foydalanuvchi turli yig‘ilishlar va unga mos shakllarining xususiyatlari o‘rganiladi. Aniqrog‘i bu bo‘limda jismoniy madaniyat umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorlash tizimda mehnatni ilmiy tashkil etish tizimidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlarini o‘rganib boradi. Shuningdek, sport jismoniy madaniyatning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida (sport trenirovkasi, musobaqalar) tahlil qilinadi.
  • Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda foydalanishning ilmiy amaliy asoslari. Mazkur bo‘limda jismoniy madaniyatni maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash masalasi “yosh jihatidan” ko‘riladi. Shu bilan birga insonning faoliyat davomida shart-sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari xarakterlanadi.

  • Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi kursi jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasb ta’limotining bazasiga kiruvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. U bo‘lg‘usi jismoniy madaniyat sohasidagi
    mutaxassisga kasb faoliyati mazmunini to‘liq tushunishga imkoniyat yaratadi, dunyo qarashini kengaytiradi, jismoniy madaniyat sohasidagi boshqa ishchilarini umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu bilan birga mutaxassis egallashi zarur bo‘lgan keng kasbga yo‘naltirilgan dunyo qarashni shakllantirishga yordam beradi.

U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu etakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni vahajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallash murakkablashadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llaniladigan etakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik,
jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sporti, jismoniy kamolot, jismoniy madaniyat xarakati. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladiyu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli
faoliyatni to‘g‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z ahamiyati jihatidan birdek
muhimdir, bular to‘g‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga to‘xtaldik xolos.

Yüklə 30,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə