Mavzu: Makroiqtisodiy nisbatlar va unga ta’sir etuvchi omillar. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni barqaror o’sishini taminlash yo’lari



Yüklə 274,04 Kb.
səhifə9/10
tarix30.12.2023
ölçüsü274,04 Kb.
#167354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Makroiqtisodiy nisbatlar va unga ta’sir etuvchi omillar.

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni barqaror o’sishini taminlash yo’lari

Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi.Prognoz natijalarini ilmiy asoslanganligi amaliyotda keng qo‘llanishining mumkinligi o‘rganib chiqiladi hamda tegishli xulosalar asosida ulardan amaliyotda rejalashtirish uchun qo‘llaniladi.Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi nisbat. Milliy hisobchilik tizimiga ko„ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko„rsatkichidan boshqa yana bir qator ko„rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko„rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko„rsatkichi ham kiradi. Bu ko„rsatkich MHTning oldingi ko„rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko„rsatkichi bilan mohiyatan bir xil. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.YaIM va YaMD ko„rsatkichlari o„rtasidagi farqni quyidagi formula ko„rinishida tasavvur etish mumkin: YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari.


YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o’lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang„ich daromadlarni o’lchaydi. Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko„rsatkichlariYaIM va YaMD ko„rsatkichlaridan amortizatsiya (iste‟mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi. SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko„rsaikichi ham qo„laniladi. ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad Foizlar ko„rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo„yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to„laydigan daromad solig„i, mulk solig„i va ayrim nosoliq to„lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko„rsatkichi topiladi. ShTD uy xo„jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun ishlatiladi.ShTD =C + S Makroiqtisodiy tahlilda uy xo’jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko’rsatkichlari o’zaro farqlanadi. YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar) Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste‟mol va milliy jamg„armish uchun ishlatiladi. YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar Yakuniy iste‟mol uy xo„jaliklarining iste‟mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste‟molga xarajatlarini ham o„z ichiga oladi.
Nominal va real Yalpi ichki mahsulot. Iqtisodiyotda mavjud bo’lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko„rsatkich dinamikasi bir vaqtning o„zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o„zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o„zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o„zgarishi ta’sir ko’rsatadi.Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko„rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo„yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko„rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko„rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko„rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o„laroq milliy iqtisodiyotda juda ko„p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o„zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
-deflator (Paashe indeksi);
-iste‟mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
-sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.

  1. formula.Deflator ko’rsatkichi formulasi




Nominal YaIM
Deflator = ———————————— 100
Real YaIM

2-formula.Deflator ko’rsatkichi formulasi



Nominal YaIM
Real YaIM = ———————————— 100
Deflator

Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa doimiy narxlarda baholaydi. Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o„sishi bilan oshadi, nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o„sishi natijasida ham oshishi mumkin.


Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:

∑ Qi0 Pi1


INI = ------------- 100
∑ Qi0 Pi0
Bu yerda:
Qi0– bazis yilda iste‟mol savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i –tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi. Iste‟mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari; iste‟mol savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o„zgarmaydi; iste‟mol savatiga faqat iste‟mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;iste‟mol savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste‟mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.Iste‟mol narxlari indeksi ko„rsatkichining kamchiligi shundaki iste‟mol savati tarkibi o„zgarmas bo„lganligi tufayli aholi iste‟moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o„zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro„y bergan o„zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi. Shu sababli bu indeks baholar darajasini biroz oshirib ko„rsatadi.
YaIM deflatori esa tarkibga joriy yilda kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib ko„rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o’rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi: If = Idef * Iini Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste‟mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin tarkibga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar. Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko„rsatkichlar o„rtasida ma‟lum proporsiyalar yoki tenglik ta‟minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo„laklarining nisbatini, yoki shu bo„laklar o„rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste‟mol va milliy jamg„arishga bolinishini misol qilib keltirish mumkin. Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste‟mol hajmi yuqori bo„ladi. Ammo mavzunin 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida kordikki milliy jamg„armalarning ulushi ham yuqori bo„lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste‟mol va milliy jamg„armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham boishi mumkin ekan.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo„lishi uchun ayrim ko„rsatkichlarning aynan teng bo„lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.Xarajatlar va daromadlar ko„rinishida hisoblangan YaIM ko„rsatkichlarining o„zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi. Y= C+ I + G + Xn Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg„armalar miqdoriga bog’liq bo„ladi. Bu ikki ko„rsatkich o’rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo„ladi. Ya‟ni:
YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda: YaIM = C + I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi korinishga ega bo’ladi:
C + I = C + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining jamg’arishga bo’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin. Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‟ni eksport-import aloqalari yo„lga qo„yilgan, soliq solish va transfert to„lovlari ko„rinishida davlat aralashuvi mavjud bo„lsin. Bunday holatda jamg„arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko„rinishga ega bo„ladi:1
S = Sp + Sg + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamgarmalar;
Sg - davlat jamgarmalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamgarmalari.
Bunda xususiy jamgarmalar daromadlar (Y), transfert to„lovlari (TR), davlat zayomlari boyicha foizlar yig„indisidan (N) soliqlar (T) va iste‟mol (C) xarajatlari yig„indisini ayirish natijasiga teng bo’ladi.
Sp = (Y + TR + N - T) – C
Davlat jag„marmalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg„armalari nolga teng bo„lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamgarishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori. Boshqa mamlakatlarning jamg„armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi. Sx =M – X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko„proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko„chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi. Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg„armalarning umumiy yig„indisi investitsiyalarga teng bo’ladi:
Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki
Sp + Sg + Sx = Y - C - G – Xn
S = C + I + G +Xn - C - G - Xn S = I Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg„armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg„armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shartsharoitlar xorijiy investorlar oqimining o„sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir. Keynschilar fikriga ko„ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg„aruvchilarnnig rejalari o„zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to„g„ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‟minlashi shart.

Xulosa
Kurs ishini bajarishdan shunday xulosaga kelindiki, iste'mol - jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonidir. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya'ni milliy daromad iste'mol va jamg'arma maqsadlarida sarflanadi. Buni keng ma'noda talqin qiladigan bo'sak, iste'mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni anglatib, unumli va shaxsiy istemolga ajraladi. Zamonaviy jahon xo'jaligi vujudga kelmasdan oldin ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo ko'rinishda) mavjud bo'lib, bunda asosiy e'tibor iste'mol tavarlariga qaratigan. Iste'mol va jamgarma hajmi hamda unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar o'rtasidagi bo'g'liqlik iste'mol va jamg'arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyani bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko'ra, kishilar o'z mablag'larini qo'shimcha daromad keltirgan taqdirdajamg'armagayo'naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko'ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning jamg'armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo'ladi, ya'ni jamg'arma real foiz stavkasining o'sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste'mol va jamg'arma mablag'larining yig'indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o'sishi bilan iste'mol kamayib, pasayishi bilan esa ko'payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko'ra iste'mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. J.M. Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikriga qarshi chiqib, uy xo'jaliklarining iste'mol sarflari real foiz stafkasiga u qadar bog'liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste'molning kelgusidagi iste'moldan afzalligini takidlaydi. U iste'mol sarflari darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi asosi y omil sifatida uy xo'jaliklarining joriy daromadlarini ko'rsatadi.Iste'molchilarning daromadlari qanchalik o'sib borgan sari ularning jamg'arishga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.Aholi daromadlarini shakllantirishda "iste'mol savatchasi" muhim ahamiyat kasb etadi. "Iste'mol savatchasi" - bu aholi fiziologik qobiliyatini tiklash uchun zarur bo'lgan eng muhim iste'mol tovarlar me'yorining ma'lum davrdagi qiymatidir. Har bir mamlakatda "iste'mol savatchasi" tarkibi tub aholining demografik, milliy, tarixiy va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Hozirgi paytga kelib, O'zbekiston "iste'mol savatchasi"ga eng muhim 19 xil oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan. Iste'mol savatchasini o'rganishning iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, uning qiymatidagi o'zgarishlarga qarab, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalarining daromad miqdorlari oshiriladi yoki ma'lum darajada (masalan, 50-70 %) indeksatsiya qilinadi. Iste'mol savatchasidan kelib chiqib, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari asosiy daromadlari indeksatsiya qilinadi.
Ish haqini minimal miqdorini belgilashda oilalar "iste'mol savatchasi"ning quyi chegarasi, ya'ni oila a'zolarining asosiy fiziologik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bulgan minimal iste'mol byudjetidan kelib chiqib belgilanishi muhimdir. Chunki bu ijtimoiy ishlab chikarishning asosiy omili ishchi kuchini takror ishlab chikarishni zaruriy sharti bo'lib, ijtimoiy adolat tamoyilining amalga oshishiga yordam beradi.
Tahlillarimiz kursatishicha, respublikamizda kundalik iste'mol tovarlarining asosiy qismini aholining iste'mollarga bo'lgan talabi tashkil etadi. Iste'mol tovarlari iqtisodiy kategoriya sifatida qishloq xo'jaligi, iste'mol sanoati tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotib olinishini va iste'molchilarga sotilishini tashkil etuvchi xo'jaliklar o'rtasidagi ayirboshlash munosabatlarining majmuasini aks ettiradi.Iste'mol ko'rsatkichlari to'g'risida umumiy xulosaga keladigan bo'lsak buni joriy yildagi iste'mol ko'rsatkichlari bilan fikrimizni dalilladik. Prezidentimiz rahbarligida iste'mol tovarlari ishlab chikaruvchi korxonalar rivojiga keng yo'l ochilgani ham aholi bandligining oshishi va daromadlari o'sishida muhim omil bo'lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014- yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida joriy yildagi umumiy iste'mol ko'rsatkichlari to'grisida ham alohida to'htalish qilganligi ham iste'molning nafaqat makroiqtisodiy ko'rsatkichlar ichida, balki mamlakatimiz iqtisodiy ko'rsatkichlari ichida ham salmoqli o'rin egallaganini ko'rsatib beradi.
Prezidentimiz Islom Karimovning yil yakunlari hisoboti orqali bu ko'rsatkichlar zamirida yani makro va mikro iqtisodiyotlardagi iste'molning barcha turlari, barcha sohalaridagi yutuqlar zamirida katta mashaqqat, ulkan mehnatlar yotganliklarini bot bot ta'kidladilar.

Yüklə 274,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə