Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo‘shiqchilik ko‘nikmalarini tarbiyalash



Yüklə 394 Kb.
səhifə26/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo‘shiqchilik ko‘nikmalarini tarbiyalash .
Qo‘shiq kuylash – bolalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. U bolalarni nafaqat ruhiy balki jismoniy jihatdan rivojlantiradi. Chunki bola kuylaѐtganda og‘iz, burun, nafas yo‘llari, ko‘krak qafasi, umuman olganda barcha a’zolari faoliyat olib boradi. Bola kuylash jaraѐnida tik gavdasini erkin va to‘g‘ri o‘tirishi talab etiladi. Kuylash jaraѐnida nafas yo‘llari ham rivojlanadi. Bu jaraѐnlar masalasini juda ko‘plab fiziolog – medik olimlar ko‘p tadqiqotlar va ishlar olib borishganlar.Bulardan N.A.Vetlugina, A.N. Keneman, M.A.Metlov, S.G,Tovbina, Ye.P. Ravlov, A.G. Menabeni va boshqa ko‘plab fiziologlarni ta’kidlab o‘tsak bo‘ladi. Bolalarga kuylash jaraѐnida matn va musiqa uyg‘unligida bo‘lganda matn va kuyga e’tibor beriladi. Qo‘shiqda matn va musiqiy kuy birikib, tinglovchiga emoqional ta’sir ko‘rsatib turli his – tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu ta’sirchanlik bola tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bolaning kichik davridan qo‘shiqni ma’nosini tushunmasa ham, uning mazmunini va musiqasini tushunmasa ham unga hissiy munosabatni bildiradi. Bola rivojlangani sari, nutqi va haѐt davomida olgan ko‘nikmalari qo‘shiqni, umuman kuyni tushuna olishga ѐrdam beradi. Jamoa bo‘lib kuylaganda bolaga kuy qo‘shiq matnga nisbatan kuchliroq ta’sir qiladi. K. D. Ushinskiy ta’kidlaganidek: «Qo‘shiqda, ayniqsa xor jamoasida qalbni tarbiyalovchi , uni jumbushga keltiruvchi hissiѐtlar mavjud» Ko‘pgina hollarda o‘g‘il bolaning shaxdam yurib marshni kuylaѐtganini, qiz bolani esa qo‘g‘irchoqni allalashini kuzatishimiz mumkin. Bolaning ovozi – tabiiy cholg‘udir, chunki bu cholg‘u u ѐshligidan mavjud. Mana shuning uchun ham uning haѐti davomida hamroh bo‘ladi va turli o‘yinlardan foydalanadi. Undan tashqari qo‘shiq bola haѐtining boshqa faoliyatlarida qo‘llanadi. Masalan, raqs, xorovod, bolalar cholg‘ularida ijro etganda. Qo‘shiq – bu bolaning dunѐqarashini kengaytirib, ѐrqin obrazli tasavvurga ega bo‘lishga ѐrdam beradigan janrdir. Qo‘shiqlarda tabiatga, Vatanga muhabbat, kattalarga, ajdodlarga hurmat, o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va boshqa tarbiyaviy, axloqiy fazilatlar aks etadi va axloqiy qarashlarini o‘stirishga ѐrdam beradi. Qo‘shiq o‘rgatish jaraѐnida bolalardan katta aqliy mehnat talab etiladi. U ѐnidagi bolani eshitishni, uning qo‘shig‘iga o‘z munosabatini bildirishni, musiqiy jumlalarni bir – biri bilan solishtirishni, taqqoslashni, fortepiano jo‘rligini tinglay olishni, qo‘shiqni garmonik va melodik tizimini eshita olishni va ijro sifatini baholashni o‘rgatadi. Bola qo‘shiq organizmiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, nutqni o‘stiradi, ovoz apparatlarini rivojlantiradi, qo‘shiqchilik nafasini shakllantiradi. Bola qo‘shiq kuylashda asosan musiqa hissi, emoqional ta’sirlanish, musiqiy eshituvi (slux), ritm hissi rivojlanadi. Qo‘shiq kuylashning yana bir asosiy xususiyatlardan biri bu – jamoa bo‘lib kuylashdir.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə