Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Bola: Bugun bayram tantana, Bayramingiz muborak. Aziz ustoz, murabbiy, Ayyomingiz muborak! Bola



Yüklə 394 Kb.
səhifə34/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Bola: Bugun bayram tantana, Bayramingiz muborak. Aziz ustoz, murabbiy, Ayyomingiz muborak!
Bola: Tongda turib opajon, Bizni deya shoshasiz, Bizni ko‘rib uzoqdan, Qaynoq quchoq ochasiz.
Bola: Sizdan oldik ko‘p bilim, O‘rgatingiz tolmasdan.
Onalarni sevishni, Unga ko‘mak berishni. Bola: Bu olamni asrashni, Odam bo‘lib yashashni. Bog‘da gulzor yaratib, O‘rgandik bog‘bon bo‘lishni.
Bola: Bog‘larimiz oralab, Gullar terdik saralab. Gullarning eng sarasin, Sizga berdik dastalab.
«Qari navo» o‘zbek xalq kuyiga raqs ijro etadilar.
Boshlovchi: Aziz bolajonlar, ustozlarning burch va vazifalari sizlarga ta’lim-tarbiya berish bo‘lganidek, shogirdlarning ham o‘z ustozlari oldida burch va vazifalari bor. Qani, ana shu burch haqida kin aytadi?
Bola: Ustozlarga itoatli bo‘lish, nasihatlariga rioya qilish. Bola: Ustozning dushmani bilan do‘st tutinmaslik.
Bola: Ustozning qarindosh-urug‘larini hurmat qilish. Bola: Ustozning quvonch va qayg‘usiga sherik bo‘lish. Bola: Ustoziga hamisha rost so‘zlash.
Bola: Ustozini xafa qilmaslik, uning sirlarini saqlay bilish. Bola: Ustozi oldida xokisor bo‘lish.
Bola: O‘zining yomon odatlarini tark etish.
Boshlovchi: Barakalla, bolajonlar, javoblaringiz meni mamnun etdi. Men buvijonimdan eshitgan bir rivoyatni aytib beraman.
(Rivoyat aytadi.)
Boshlovchi: Aziz ustozlarni ulug‘lovchi qanday maqollarni bilasiz? Bola: Ustoz – otangday ulug‘.
Bola: Ustoz ko‘rmagan shogird, Olam sirini bilmaydi.
Bola: Ustozlar aqli – donolar naqli.
Bolalar «Yurtim» qo‘shig‘ini kuylaydilar (G.Qo‘chqorova musiqasi)
Boshlovchi: Mana shunday mas’uliyatli kasb egalari bo‘lmish ustoz murabbiylar, jajji bolajonlarga bor mehrini berib, sabr-toqat bilan mehnat qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir kuni bayram bo‘lsin!
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Turli yosh guruhlarida o‘tiladigan bayramlarni farqlab bering?
2. Bayramlarda ishtirok etishda tarbiyachining o‘rni qanday?



Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə