Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


-Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada musiqa savodini tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari



Yüklə 394 Kb.
səhifə29/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

14-Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada musiqa savodini tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari.
Reja:
1. Musiqiy ta’lim jarayonida musiqa savodini o‘rgatishdan asosiy maqsad
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy tarbiyasi mashg‘ulotlarda, kundalik hayotda takomillashtirish
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy tarbiyasi
Tayanch tushunchalar: MTT, oila, tarbiyaviy ishlar, ta`limiy ishlar, musiqa savodini
Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‘cha yoshidan boshlab shakllantirishga bog‘liq.
Darhaqiqat, musiqa savodini o‘rganish bog‘cha yoshidan boshlanadi. Ko‘pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida bog‘chaga qatnab, bog‘chadagi musiqa mashg‘ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko‘pgina qo‘shiqlar va o‘yinlarni o‘rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‘ladilar. Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo‘ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga tanish bo‘ladi. Garchi ana shu bilimlar sistemaga solinmagan bo‘lsa-da, musiqa o‘qituvchisi bolalarda musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o‘sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko‘rishi mumkin.
Bolalar tashkilotlarida musiqa ta’limiga asos solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o‘qitish metodikasini yaxshi bilishi, bog‘cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va ivdividual xususiyatlarini, ularning musiqa va qo‘shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur.
Musiqa ta’limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad
– bolalarning musiqa uquvini o‘stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho‘zimi kabi o‘ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o‘rganishlari va nota yozuvini o‘rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi
– nota yozuvini o‘rganishga kirishiladi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg‘u pyesalarini tinglash, musiqaviy o‘yinlar bilan shug‘ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‘ulotlari ko‘pincha badiiy so‘z bilan belgilanadi. Bola badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san’at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli metodlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘ulotlari kichkintoylarda badiiy estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, ijodiy fikri va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o‘yin va postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi.
Musiqa uquv qobiliyati asosan quyidagi musiqa uquv turlaridan iborat bo‘ladi: musiqaviy uquvi, musiqaviy tovushlarning baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr uquvi (musiqa tovushlarining bir-biridan farq qiladigan, o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish qobilyati), ritm tuyg‘usi va musiqa xotirasi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotida olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish.
2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ularini hosil etish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish.
3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‘stirib borish.
4. Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashula aytishning dastlabki ko‘nikmalarini hosil etish, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish.
5. Musiqa asaralaridan ta’sirlanish, shu asosda bolalarda musiqaviy did va badiiy muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish.
6. Turli musiqa mashg‘ulotlari jarayonida improvizatsiya qilish musiqadagi badiiy obrazni o‘yin va xor ovozlar vositasida ifoda etish, ma’lum musiqaviy mavzuga yangi o‘yin o‘ylab topish.
7. Musiqaviy tarbiya mashg‘ulotlarini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada o‘tkaziladigan turli mashg‘ulotlarda va marosimlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlardan keng foydalanish, turli ertaliklar, konsertlar uyishtirish vositasida musiqa kundalik hayotimizning ajralmas yo‘ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha hosil qilish.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə