Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 394 Kb.
səhifə30/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Musiqiy ta’lim jarayonida musiqa savodini o‘rgatishdan asosiy maqsad nimalardan iborat ?
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy tarbiyasi mashg‘ulotlarda, kundalik hayotda qanday takomillashadi?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy tarbiyasi haqida nimalarni bilasiz


15-mavzu:Bolalar bog‘chasida bayram ertaliklari
Reja:

  1. Bayram ertaliklari bog‘cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga

  2. Bolalar bog‘chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar

  3. Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor



Tayanch iboralar: Bayram ertaliklari, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, urf-odatlar.

Bayram ertaliklari bog‘cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan iboratdir.


O‘zbekiston Mustaqillikka erishdi. Istiqlol sharofati tufayli qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‘lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari shaklan va mazmunan o‘zgarmoqda. Bolalar bog‘chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni.
2. O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
3. Mehrjon bayrami.
4. Yangi yil bayrami.
5. Vatan himoyachilari kuni.
6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
7. Navro‘z bayrami.
8. Xotira va qadrlash kuni.
9. Gul va qushlar bayrami.
10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram ertaligi.
11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri.
Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1 sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e’zozlash, unga munosib farzand bo‘lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o‘tkazilib, ular O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar. Kichik va o‘rta guruh bolalari tomoshabin sifatida qatnashadilar. Ertalikdagi o‘yinlar, inssenirovkalarda xalqimizning erishgan yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxsh etishi odamlarning bir-biriga mehr-oqibati, qadriyatlarimiz ko‘rsatilishi kerak. Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondoshib, zamonaviy bolalar qo‘shiqlari bilan bir qatorda, o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə