Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


-Мавзу: Turli xarakterdagi musiqani tushunishni tarbiyalash



Yüklə 394 Kb.
səhifə2/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

2-Мавзу: Turli xarakterdagi musiqani tushunishni tarbiyalash.
Reja:

  1. Turli xarakterdagi musiqani tushunishni tarbiyalash.

  2. Yuqori ovozlilik, lad, ritmik, tembrli va dinamik eshitish qobiliyatini rivojlantirish

Tayanch tushunchalar: Musiqa, yuqori ovozlilik, lad, ritmik, tembrli va dinamik eshitish qobiliyat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa faoliyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, faoliyat davomida olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatlar mustaqil jarayon ko’rinishida bo’lishi bilan birga, ular bir-biri bilan uzviy bog’liq va aloqadorlikda bo’ladi. Bu esa, ushbu fanni o’qitilishining tabiiy qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Musiqiy faoliyatlar – musiqa tinglash, jamoa bo’lib (xor bo’lib) qo’shiq kuylash, musiqa savodi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqaga ritmik harakatlar bajarish hamda bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish jarayonida bolalarga mavzu doirasidagi musiqiy-nazariy bilim va tushunchalar beriladi, ularning amaliy ijrochilik ko’nikma va malakalari shakllantiriladi.
Ayniqsa, kata va tayyorlov guruhlarida bolalarning turli mavzu va janrlardagi bolalar dunyosiga mos, quvnoq musiqa asarlarini zavq-shavq bilan tinglash; bolalar cholg’ularida musiqaga jo’r bo’lishlari, o’z imkoniyatlariga mos qo’shiqlarni jamoa bo’lib ijro etishlari, ularda musiqa san’atiga bo’lgan qiziqishini tarbiyalash, musiqa madaniyatini shakllantirish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlarning eng muhim qismlaridir. Musiqani faol ravishda tinglash o’quvchilarda o’ziga xos badiiy nafosat, estetik did va ijrochilik malakalarini rivojlanishiga kuchli ta’sir etadi. Musiqa tinglangandan so’nggi u haqdagi bolalarning tahliliy suhbati, nazariy ma’lumotlarga beriladigan tushuncha, ta’rif, amaliy ko’rsatmalar juda katta ta’limiy va tarbiyaviy maqsad va vazifalarni bajarishi bilan, bolalarda musiqiy obrazlilikni, ifodaviylikni, musiqa janrlari, asar badiiy mazmunini anglash, ongli idrok etish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga olib keladi. Shuning uchun, musiqa faoliyatlarida ushbu faoliyatga juda ehtiyotkorlik va ma’suliyat bilan yondoshgan holda ish tutmog’i lozim bo’ladi. Musiqa tinglash faoliyati o’zining bajaradigan vazifasiga ko’ra, darsda yetakchi faoliyat hisoblanadi. Chunki, qo’shiq kuylash, musiqaga mos ritmik harakatlar bajarish, bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish va hatto musiqa savodi faoliyatida ham musiqiy asarlar avvalo tinglanadi. Musiqa asarlarini tinglash, tahlil qilish, kuylash va ongli idrok etish hissiy va ruhiy kechinmalar bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladigan murakkab pedagogik va psixologik jarayondir. Uning ta’sirida paydo bo’ladigan har qanday hissiy, badiiy-emosional kechinmalar ayniqsa, bolalar qalbida o’ziga xos oliyjanob tuyg’ularni o’yg’otadi, musiqaning sehrli olamiga yetaklaydi va ularni hayotni anglashga, tushunishga, voqyea-hodisalarga o’z munosabatini bildirishga o’rgatadi. “Inson faqat yoshlik yillaridagina ona tilini ham, musiqa madaniyati, savodini ham, kuy go’zalligini idrok etish, tushunish, his etish, zavqlanish qobiliyatini egallab oladi” - deb yozadi mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy. …agar shu yoshlik chog’idanoq bola qalbiga musiqa go’zalligi ta’sir ettirilsa, agar bola musiqiy tovushlarda ifodalangan inson his-tuyg’ularini, uning ko’p qirrali ma’nolarini sezsa, u hech qanday o’zgarish bilan erishib bo’lmaydigan madaniyat cho’qqisiga ko’tariladi”. Musiqani tushunish, uning tarbiyaviy-ta’sirchan g’oyaviy-badiiy mazmunini his etishlari ko’p jihatdan o’qituvchining musiqa tinglash faoliyatini tashkil qilish mahorati, tajribasi, qo’llaniladigan ish usul, shakl, vositalariga bog’liq bo’ladi.
Bu o’rinda quyidagicha tavsiyalarimizni alohida ta’kidlab o’tishni o’rinli deb bilamiz:
1 Eng avvalo tinglash va kuylash uchun tanlanadigan asarlar repertuarining bolalar yoshi, qiziqishi, uni idrok etish, tushunish ko’nikma va malakalarining rivojlanganlik darajasiga muvofiqlash, mavzu va asar xilma-xilligiga, g’oyaviy- badiiy mazmunini tarbiyaviy-ta’sirchanligiga e’tibor qaratish. Chunki, har qanday badiiy-musiqiy asarning ta’limiy va tarbiyaviy hamda pedagogik qiymati uning g’oyaviy – badiiy saviyasi bilan belgilanadi;
2 Asarlarni tanlashda uni dars mavzusi bilan bog’likligini inobatga olish va tahlil Jarayonini shunga muvofiq rejalashtirish. Masalan, yakkanavozlik, jo’rnavozlik, musiqaning ifoda vositalari, ansambl, xor ijrochiligi, vokal-xor malakalari, musiqaning ommaviy janrlari, xalq qo’shiq va kuylari, nota yozuvi bilan bog’lash nazariy qoidalar darsni u yoki bu faoliyatida asosiy mavzular bo’lib kelishi mumkin.
3 Tahlil jarayonida bolalarni asar haqida o’z taassurotlari, fiklarini aytish, asar mazmunini, g’oyaviy – badiiy qiymatiga baho berish, xarakterli jihatlarini tahlil qilib borishlariga imkongiyat yaratish.
4 O’quvchilarning musiqani ongli idrok etish malakalarini shakllantirishga e’tiborni qaratish, har bir bolaning o’z sevimli musiqiy asarlar doirasini paydo qilish, ularni musiqa asarlari mualliflari haqida bilishga qiziqish va muhabbat uyg’ota borish.
5 Har xil mazmundagi, turli murakkablikdagi va janrlarda yozilgan, o’zbek, qordosh xalqlar hamda chet el musiqalari, shuningdek, ularning bastakor va kompozitorlari asarlari bilan tanishib borishlari, ya’ni, musiqiy zahira to’plashlariga erishish.
6 Tinglangan har bir musiqiy asar haqida bolalarning umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy xulosa chiqarish, bolalarning ushbu jarayon faolligi, egallagan bilim, ko’nikma va malakalariga baho berish, rag’batlantirish, kelgusi mashg’ulotlarga nisbatan yanada ko’proq qiziqish, mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanishlariga rag’bat uyg’otish. Musiqa tinglash va tahlil qilish faoliyatini shunday tarzda tashkil qilish kerakki, shu jarayonda bolalar tomonidan bilim va musiqiy nazariy tushunchalarni egallashlari uchun qulay imkoniyat yaratish, musiqa darslarini sifat va samaradorligini ta’minlashning eng qulay yo’lidir. Tarbiyachi pedagog har bir faoliyat jarayonida ta’kidlab o’tilgan mezonlarga muvofiq ish tutsa, bolalarni musiqani idrok etish va uni tahlil qila olish darajalaridagi o’zgarishlarni kuzatib, bu faoliyatni yanada samarali usul va vositalarini topib, qo’llab borgan taqdirda asta- sekinlik bilan o’quvchilarda quyidagi ko’nikma va malakalar shakllanadi:
– musiqa asarini tinglash madaniyati;
– musiqa asarlarini tinglash orqali asar mazmuni va xarakterini anglash;
– musiqaning ifoda vositalari, janrlari, tembrlari, xalq, bastakor, kompozitorlik ijodiga mansubligi, mualliflari, mashhur ijrochilari haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish;
– asarlarni xor, orkestr uchun yozilganligi, xor asarlarini erkaklar, bolalar, ayollar, aralash xor ijrosi uchun mo’ljallanganligi, aniqlay olish;
– musiqani eshitib, milliy cholg’u sozlarini, cholg’u janrlarini anglash;
– musiqada o’zgarishlarni, xarakterni his qilish va unga mos harakatlarni bajarish;
– musiqiy asarga baho berish, o’z tushuncha va taassurotlarini ifoda eta olish (musiqiy badiiy did).
Albatta, har bir bola har bir darsga muayyan darajada individual va ijodiy yondoshadi. Ayniqsa, musiqa darsi va musiqiy imkoniyatlarni tashkil qilishda o’zining, bolalarning imkoniyatlari va unga muvofiq shart- sharoitlarni hisobga oladi. Ammo bolalarning musiqa asarlarini ongli idrok etishlari, musiqa tinglash va tahlil qilish jarayonida umummusiqiy va musiqiy- nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni egallab borishlariga erishish, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishning eng muhim sharti va musiqa ta’limi va tarbiyasining bosh maqsadi ekanligini unutmagan holda har bir darsni va musiqiy faoliyatlarni qiziqarli va mazmunli tashkil qilish, ularda bolalarni faol ishtirokini ta’minlash har bir musiqa pedagogining birinchi darajadagi vazifasi hisoblanmog’i kerak.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə