Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 394 Kb.
səhifə4/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Turli xarakterdagi musiqani tushunishni tarbiyalashda tarbiyachi mahorati.
2. Yuqori ovozlilikni rivojlantirish
3. Lad, ritmik qobiliyatini rivojlantirish
4. Dinamik eshitish qobiliyatini rivojlantirish


3-Mavzu:Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqa kompozitorlari bilan tanishtirish.
Reja:

  1. Bolalar kompazitorlari

  2. Shermat Yormatovning bolalar xori uchun yaratgan asarlari

  3. Avaz Mansurov ijodi

  4. Nadim Norxo'djayev asarlari




  1. Tayanch iboralar: Bolalar kompazitorlari, bolalar xori, jamoa bo'lib kuylash,


  • Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yosh avlodni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, nomoddiy boyliklarimizni qadrlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalarni yuksak madaniyatli estetik didini yuqori darajada rivojlangan komil inson qilib tarbiyalashda musiqa ta'limining ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda kuchliroq ta'sir ko'rsatishi ayni haqiqatdir.

  • Musiqiy ta'limda jamoa bo'lib kuylash yuqorida ta'kidlab o'tilgan maqsad va vazifalarimni amalga oshirishda eng muhim va samarali omillardan biri hisoblanadi. Musiqa janrlari ichida eng "demokratik va ommaviy xususiyatga" ega bo'lgan tur — bu xor san'atidir

  • U insonlarning kundalik hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularni g'oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi.

Xor san'ati ommani estetik ruhda tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni xalq qo'shiqlari ijodiyoti durdonalari, klassik vokal-xor asarlar namunalari bilan ham tanishtiradi. Respublikamizdagi ijodiy jarayonning yuksalishi bolalar ijodi sohasida ham o'z aksini topmoqda. 1997 yildan boshlab o'tkazilgan "O'zbekiston vatanim manim" qo'shiq tanlovida boy va qiziqarli tajribalar orttirilgan. Unda barcha maktab xor jamoalari qatnashib, eng zo'r ijodiy kuchlarni namoyish etishgan. Jamoalarning ijro dasturi rang-barang bo'lib, unda Sh.Yormatov, N.Norxodjayev, D.Omonullayeva, X.Xasanova, A.Mansurov va boshqa kompozitorlar asarlarini qamrab olgan.

  • Shermat Yormatovning bolalar xori uchun yaratgan orginal jo'rli va jo'rsiz; asarlari , bolalar xori uchun qayta ishlangan va moslashtirgan bir qancha xalq qo'shiqlari mavjud. Ulardan: "Chittigul" (N.Karimov she'ri), "Bu gulshan soz" (bolalar folklor qo'shiqlari sosida) kabi vokal- xoreografik syiutalari, "Qor yog'ar" (B.Isroilov she'ri), "Maysa" (R.Tolipov so'zi), "Yalpiz" (Y.Shomansurov so'zi), "Qari chumchuq chaqimchi" (A.Obidjon so'zi) kabi a cappellalari mashhurdir. Muallifning 100dan ortiq bolalar xori va jo'rnavoz uchun yaratgan asarlari bor. Ular "Oymomojon rom bo'ldi", "Qizaloq", "Go'zal yurt madhiyasi", "Islom bobo" "Sog'lom avlod qo'shig'i", "Sumalak", "Bolaparvar qo'shig'i" va boshqalar

  • Avaz Mansurov ijodi zamonaviy yozuvning yorqin individual milliy uslub bilan ajralib turadi. "Quyosh bilan suhbat" (G'.Komilov she'ri), "O'zbekistonona-onajaon" (A.Ko'chimov she'ri), "Hur respublikam", "Muzqaymoq", "Baxtli bolalik", (H.Qayumov she'ri) "Dakan xo'roz", "Quvnoq bolalar", "Qo'shig'im, jon qo'shig'im ", "Ming assalom ustozlar", (P.Mo'min she'ri), "Xayr maktab", "Talabalar qo'shig'i", "O'zbekiston go'zal diyor", (N.Narzullayev she'ri), N.Narzullayev she'riga "Qo'riq yer qo'shig'i" kantatasi (1981), A.Isroilov so'ziga bolalar xori va orkestr uchun "Simfoniya"(1982), M.Kenjabayev she'riga "Mustaqillikka bag'ishlov" (1992), "Shodiyona" qasidalari(1994): "O'zga sayyoralik ropbot" (H.Qayumov librettosi, 1984), "Hayvonlar sultoni" (B.Isroilov va F.Safarovlar librettosi 1989) olalar operalari va boshqalar shular jumlasidandir.

Mustahkamlash uchun savollar:
1.Bolalar kompazitorlarini ayting
2.Shermat Yormatovning bolalar xori uchun yaratgan asarlarini ayting
3.Avaz Mansurov ijodi haqida yozing
4.Nadim Norxo'djayev asarlarini yozing



Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə