Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja



Yüklə 394 Kb.
səhifə1/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari
REJA:
1. Musiqaviy qobiliyatni o’stirish.
2. Musiqa vositalari yordamida tevarak-atrof ona tabiatga estetik munosabatni tarbiyalash.
Tayanch so’zlar: Musiqa, qobiliyat, san’at, madaniy, estetik tarbiya, eshituv idroki, tovush, so’z, bo’g’in, ona tabiat.
O‘zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yoshlar tarbiyasida musiqa san’ati insonning yoshligidan unga bevosita va kuchli ta’sir o‘tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o‘rin tutadi. Demokratik jamiyat madaniy hayotida yanada kengroq o‘rin tutayotgan musiqa kishiga butun hayot davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa insonga quvnoq kayfiyatni bag’ishlaydi inson qalbining yo’ldoshidir, go’zallikni his etishga o’rgatadi. Musiqa nafosat tarbiyasining bir bo’lagi.

Inson bolaligidan musiqa tinglash, qo’shiq xirgoyi qilish, turli musiqali ovoz ostida raqs xarakatini bajarishga intilib boradi. Mana shu intilish natijasida insonda qobiliyat, iqtidor va iste’dod rivojlanib boradi. Musiqa insonga quvnoq kayfiyatni bag’ishlaydi inson qalbining yo’ldoshidir, go’zallikni his etishga o’rgatadi. Musiqa nafosat tarbiyasining bir bo’lagi. Inson bolaligidan musiqa tinglash, qo’shiq xirgoyi qilish, turli musiqali ovoz ostida raqs xarakatini bajarishga intilib boradi. Mana shu intilish natijasida insonda qobiliyat, iqtidor va iste’dod rivojlanib boradi. Musiqa yagona san’at bo‘lib, inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug‘yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. Demak, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalashda musiqaning ham munosib o’rni borligi ayni haqiqat, bolani estetik tarbiyalashdek sharafli ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bizga, ya’ni, bo’lajak kadrlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida


kuchli emotsional tuyg‘u uyg‘otadi. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma’naviy va qat’iy ahloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko‘tarishga yordam beruvchi musiqa kerak, deb hisoblagan.
Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida kuchi ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning shakllanishini ta’minlaydi, yaxshi musiqali didni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va manaviy kayfiyatning ulkan manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakllanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqiylikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar shakllanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go‘zallikni idrok etishiga bevosita bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlarini tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
❖ maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqaga mehr-muhabbat va qiziqish uyg’otish, boshlang‘ich musiqali didni tarbiyalash.
❖ maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqani idrok etishga, uning tinglash qobiliyati, estetik didi, umumiy madaniyatni rivojlantirish.
❖ maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirish.
❖ musiqa asarlarini idrok etishni tarbiyalash.
❖ musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga, musiqali ritmik harakatlarga o‘rgatish metod va usullari.
❖ musiqaviy qobiliyat, musiqaga emotsional munosabat, musiqani tinglay bilish, ritmni his etish malakalarini shakllantirish.
❖ bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa asboblarini chalish faoliyatlarida eng oddiy ijrochilik malakalarini shakllantirish.
❖ umumiy musiqa qobiliyati, individual qobiliyatlar, ashulachilik ovozi va harakatlarning ifodaliligini o‘stirish.
Musiqiy tarbiya vazifalari:
1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.
2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).
3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.
4. Bolalarda emotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish.
5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).
6. Bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish (barcha faoliyatlar asosida).
Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Maktabgacha bo‘lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning eng go‘zal va esda qoladigan damlarini o‘z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o‘qitiladi. Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy-estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi:
– bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;
– estetik did va hissiyotni shakllantirish;
– hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish;
– bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;
– bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z faoliyatlariga olib kirish.
Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta’limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o‘qitilish ahamiyati oshib bormoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir mashg’ulotning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o‘ylashga o‘rgatishdir. Musiqa san’atining ahamiyati musiqa shunday san’at turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg’otishining o‘zini bir mo‘jiza deb atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri – ta’lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go‘zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san’atning xalqchilligi to‘g‘risidagi ta’limotga suyanib, bolalarning ob’yektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste’dodini o‘stiradi hamda ularda yuksak ma’naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg‘u va fikrlarni rivojlantirish, go‘zallikni ko‘ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi. Bolalarni go‘zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko‘ra bilishga o‘rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, histuyg‘ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulqatvoriga ta’sir o‘tkazadi. Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish tug’risidagi masalaga to’xtaymiz. Idrok san’ati o’zidan keyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini sistemalashtirish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman namunalaridan foydalanish.
5. Musiqa asarining obrazlar soni va formasiga qarab asta-sekin murakkablashib borish.
Estetik va emotsional muhit musiqa olamida bolaga emotsional qulayliklar yaratib, undagi ijodga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Biroq, musiqiy muhitning samaradorligi faqat tashqi sharoitlargagina bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki bola musiqiy rivojlanishini tartibga soluvchi muloqot, musiqiy-nazariy hamda psixologik bilimlarga ham bog‘liqdir. mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo’yilgan davlat talablari” da musiqiy ta’limni bolalarda rivojlantirish ijtimoiy – hissiy rivojlanish yo’nalishida va jismoniy rivojlanish yo’nalishlarida ko’rsatib o’tilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasi bola tarbiyasida muhim bosqich sanaladi. Musiqa tarbiyachisi bolalarni estetik va ahloqiy jixatdan tarbiyalashda alohida o’rin tutadi. Muassasadagi musiqiy tarbiya estetik tarbiyaning muhim sohasidir.
Musiqa bolalar uchun quvonch va kechinmalar dunyosi bo’lib, musiqiy va amaliy faoliyat turlarida namoyon bo’ladi, ya’ni musiqa tinglash, qo’shiq aytish, musiqa jo’rligida xarakat qilish va bolalar musiqa asboblarini chalish jarayonida ularda hissiy tuyg’ulari rivojlanib boradi.
Musiqa bolalarni rivojlantirish uchun boy manbadir. Bolalarda hissiyotning rivojlanishiga ko’maklashishi musiqaning eng yaqqol namoyon bo’ladigan rolidir: alla bolalarni tinchlantiradi va xotirjam qiladi, alla eshitib uxlagan bolalar o’z qo’g’irchoqlariga ham alla aytadilar. Tinchlantiruvchi musiqa albatta qo’shiq bo’lishi shart emas. Barcha zamonlarda va xalqlarda onalar o’z go’daklariga takrorlanuvchi ikki notali ohangni past ovozda kuylaganlar. Har bir madaniyatda mehr-muhabbat va bayramlar haqidagi oddiy qo’shiqlar mavjudki, bolalar ularni yodlay oladilar va bu ularga o’z his- tuyg’ularini ifodalashga yordam beradi. Marsh bolaga faxr tuyg’usini va g’ayrat, tetiklikni bag’ishlaydi.
Musiqa mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar:
 guruhda ijodiy muhit yaratish;
 bilimlarni ongli o’zlashtirishga erishish;
 ta’lim va tarbiya mushtarakligiga erishish
 musiqa san’atidagi go’zallikni, hunuklikdan ajrata olish, doimo nafislikka intilish;
 san’atdagi nafislik va go’zallikni anglashga yo’naltirish;
 musiqa asarlarini diqqat bilan tinglashga, kuylanayotgan qo’shiqlarni ifodali ijrosiga erishish;
Musiqani butun kun davomidagi ko’plab faoliyat turlari qatoriga kiritish mumkin. Biroq musiqa foniga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondoshmoq zarur. Musiqa chalinayotgan aksariyat hollarda u bolalarning diqqat markazida bo’lmog’i lozim. Jonli musiqa, ayniqsa, bu kattalarning mashhur musiqasi bo’lsa, kattalar uchun yoqimli bo’lishi mumkin, lekin u bolalarni chalg’itishi mumkin.
Musiqa har kungi rejimli daqiqalarga rioya etishni yoqimliroq qiladigan tarzda foydali omil bo’lishi mumkin. Buning uchun tegishli qo’shiqlarning, masalan, tabrik qo’shiqlarini to’qish yoki tanlab olish mumkin. Butun guruh yig’ilgan mahalda ashula aytish ajoyib mashg’ulot. Qo’shiqlar dam olish vaqtida bolalarni tinchlantirishning ajoyib vositasi hisoblanadi.
Ma’lumki, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda musiqa mashg’ulotlari katta o’rin tutadi. Bunday guruh bolalari bilan musiqa rahbari logoped o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlasa o’z maqsadiga yetadi. Chunki bu soha bo’yicha musiqa mashg’ulotlarini tashkillash bo’yicha xozirgi kunda metodik qo’llanmalar kam.
Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa rahbarlari ko’proq logoritmikaga e’tibor qilishlari ko’zda tutiladi. Bunda:
 to’g’ri nafas olishni yo’lga qo’yish;
 ovozni rivojlantirish ustida ishlash;
 temp va ritm ustida ishlash;
 eshitish va xotirani rivojlantirish;
 umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;
 so’zlarni xarakatlar bilan to’g’ri ishlay olish;
 intonatsiya va shu registrlar ustida ishlash;
 o’yinlar.
Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. Mashg’ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:
 mashg’ulot bayoni, yangi qo’shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg’u asboblari uchun tayyorlangan ko’rgazmalar;
 qismlarni bir-biriga uzviy bog’lay olish;
 bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo’lish;
 texnika vositalaridan foydalana olish;
 testlar va boshqotirmalar yordamida bolalar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab borish;
 musiqaviy xarakatli o’yinlarni atributlar va o’yinchoqlar yordamida tashkillash.
Mashg’ulotni rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
 - Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;
 - Ovoz sozlash mashqlarida musiqali zinacha ko’rgazmali qurollardan, tarqatma test banklaridan va rasmlardan foydalanish;
 - Qo’shiq aytishda rasmlarga qarab qo’shiq nomini topish;
 - Laparlar va raqslarda katta rasmli kubiklardan, magnit tasmalardan foydalanish;
 - Musiqali xarakatli va obrazli o’yinlarni o’rgatilganda shu o’yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o’rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarni mustaqil xarakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o’rin egallaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalar mashg’ulot jarayonida o’z samarasini beradi. Bolalarning musiqa tafakkurini rivojlantiradi. Idroki va hissiyotini tarbiyalaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar yorqin va quvnoq ranglarni xush ko’radilar, ularda bu orqali quvnoqlik hissiyotlari rivojlanib boradi. Shu sababli bayram ertaliklarida musiqa rahbari, tarbiyachilar yorqin rangdagi kiyimlarda bo’lishlari talab qilinadi. Qora rang bolaning kayfiyatini buzadi, ya’ni unga salbiy ta’sir qiladi.
Jajji kichkintoylar o’z o’yinlari orqali hayotni aks ettiradilar, ular taqlidchandirlar. Ular orasida kelajakdagi musiqa rahbarlari borligini unutmasligimiz kerak. Musiqa rahbari o’z mehnati orqali yetishtirgan bog’dan meva olsa, bu meva bizning kelajakdagi shogirdlarimizdir.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.


1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish mazmun mohiyati.
2. Musiqaviy qobiliyatni o’stirishda qanday usullardan foydalaniladi?
3. Musiqa vositalari yordamida tevarak-atrof ona tabiatga estetik munosabatni tarbiyalashda tarbiyachi mahorati.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə