Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja



Yüklə 394 Kb.
səhifə3/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Bolalar ovozini rivojlantirish Ovoz-axborotini o‘zatishning g‘oyat muhim tovush vositasidir, odamlarning o‘zaro aloqa bog‘lash vositasidir. Odamlarning ovoz bilan bog‘liq faoliyatining asosiy turlari nutq va qo‘shiq aytishdan iborat bo‘lib, ularga ayni vaqtda musika faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.
Ovoz – insonning katta boyligi bo‘lib, bu boylikdan u butun umri davomida foydalanadi. Shu munosabat bilan tovush xosila tizilmasini ustalik bilan mashq qildirish, chiniqtirish, uni mumkin qadar uzoq vaqt sog‘lom saqlashga intilish muhimdir.
Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‘shiq aytishga to‘g‘ri o‘rgatish odamni muzikaviy – ijodiy rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning ham samarali usulidir. Qo‘shiq aytishni rivojlantirish nutqning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli qo‘shiq aytishga bolalikda to‘g‘ri o‘rgatish muhimdir. Bunda bolaning qo‘shiq ovozni iloji boricha yertaroq, yehtiyot bo‘lib, g‘amxo‘rlik bilan rivojlantirish, uning tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e’tibor bilan qarash zarur.
Bola ovozining rivojlanishi bola yoshining ulg‘ayishi natijasida qo‘shiq aytishga aniq maqsadni ko‘zlab o‘rgatish tufayli yoki muntazam o‘quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi ijobiy ta’sir ostida, yoki bo‘lmasa har ikkala yo‘lning qo‘shilib ketishi tufayli yuz beradigan jarayondir.
Bola ovozining birlamchi manbai bo‘g‘iz bo‘lib,unda tovush naychalari oralig‘ida tutashgan tovush pardalari bo‘ladi. Qo‘shiq aytgan vaqtda markaziy asab sistemasining boshqaruvida faqat bo‘g‘iz emas, balki artikulyatsiya xosila tizilmai, nafas organlari hamda boshqa organ va sistemalar jalb yetiladi.
Boladagi tovush xosila tizilmasining ayrim organlari takomillashuvi jarayonida ba’zan ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar yuz beradi, ikkinchi tomondan shunday intervallar bo‘ladiki, bunda ayrim organlarning rivojlanishi deyarli sezilarsiz o‘tadi. Ularning shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.
Qo‘shiq aytishga o‘rgatishni tashkil yetishda shu narsa katta ahamiyatga yegadirki, bolalaning ovozi yosh jihatidan kamol topishining bir qancha davrlarini boshdan kechiradi. Ularning muddatlari turli bolalarda har hil bo‘lib, ba’zan juda katta farq qiladi.
Bunda bolaning ovoz diapozoni bir muncha qisqarishi, kuylash chog‘ida bir qadar o‘ng‘aysizlik, kuylab bo‘lgandan so‘ng charchoq paydo bo‘lishi, ovoz jarangida bir muncha o‘zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‘g‘ilishi mumkin.
Qo‘shiqchilik rivojida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan optimal ko‘rsatgichlarga yerishish uchun qo‘yidagi asosiy qoidalarni bajarish kerak.
a) qo‘shiq hamisha yerkin, tabiiy, zo‘riqmasdan aytilishi kerak;
b) qo‘shiq aytish xotirjamlikni, faollikni, yemotsional tayyorgarlikni, qo‘shiq aytish chog‘ida gavdani tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini, muayyan asarni ijro yetishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi, o‘zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab qiladi;
v) jarangdor, lekin ayni vaqtda mayin, yumshoq, ohangdor tovushni, butun diapozonda bir tekis bo‘lgan tovushni shakllantirishga, ovozning individual go‘zalligini saqlashga harakat qilish kerak;
g) ovozning jaranglash tembrini ovoz diapozoning markaziy qismidan yuqori va pastga qarab mustahkamlash hamda rivojlantirish, uning yeng chetdagi tovushlarini suiiste’mol qilmaslik, ovozning ishchi diapozoni –butun diapozonning shunday bir qismiki, uning doirasi oson va yerkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli shakllantiriladi degan fikrga asoslanish;
d) qo‘shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‘riqtirish mumkin emas;
e) doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‘liq holda qo‘shiq aytishdan ham naf kam;
j) qo‘shiq nutqining aniqligi (talaffuz) yaxshi bo‘lmog‘i uchun unli tovushlarni to‘g‘ri, aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, har bir kishida ma’lum darajada individual bo‘lgan qo‘shiq aytish rejimida ovoz xosila tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur;
Tovush paydo qilish organlarining tuzilishi. Bo’g’iz va burun bo’shliqlari nafas olish naycha yo’llari va o’pka tovush hosil qiluvchi a'zolar hisoblanadi. Hiqildoq nafas olish naychasi (traxeya) va halqum orasida joylashgan. Nafas yo’lining bo’shlig’i tikkasiga kesilgan holda qum soatiga o’xshaydi. hiqildoq ichidan shilimshiq parda bilan qoplangan va to’rtta tomoq tog’ayidan iborat. Ular qalqonsimon, ikkita qora ta'lat va barmoqsimon bo’ladi. Ular o’zaro bog’langan va m ushaklar bilan ta'minlangan, tomoq tog’aylari yoshiga qarab sekin - asta suyakka aylanib boradi. Bo’g’izning yuqori bo’limi-ustki boylam bo’shlig’i-yolqon tovush boylamigacha cho’zilgan. Morganievlar oshqozoni nomini olgan, ikki tom onlam a chuqurlashgan qism i yolqon tovush boylam idan haqiqiy ovoz boylam igacha cho’zilgan. Hiqildoqning pastki boylam bo’shlig’i barmoqsimon tog’ayning pastki chekkalarigacha yetadi, qalqonsimon tog’ay tovush paychasining uzunligiga bog’liq bo’lib, erkaklarda ayollarnikiga nisbatan uzunroq, kuchli rivojlangan. Bu hiqildoqning kattaligiga ta'sir qiladi. Ayollar hiqildoqining eng kattasi taxminan erkaklardagi eng kichkina bo’g’iz bilan teng. Hiqildoq til ostidagi harakatchan suyakka mahkamlangani va umurtqa oldi muskul pardasi bilan bog’langani sababli hiqildoq asta va faol harakat qilishi mumkin. Yolg’on tovush boylamlari ashula aytishda qatnashmaydi, lekin ular tarkibida suyuqlik bilan ta'minlaydigan bezlar bo’lib, ular haqiqiy tovush paychasini namlab turadi. Haqiqiy tovush boylam- larining qirg’oqlari sadaf rangga ega. Tovush paychasining ichida ikki guruh muskullar: ichki, tashqi cho’ziq muskullar tovush ishtirok etadi. Mazkur guruhdagilarning har biri ma'lum vazifani bajaradi. Tovush mushaklari ko’krak registrida tovush boylamlarining uzunligini, yo’g’onligini, kengligini o’zgartiradi, tovush oralig’ini kengaytiradi va toraytiradi. Tinch nafas olinayotganda boylamlar orasida uchburchakli keng darcha ochiladi. Tovush darchasi orqali havo bemalol keladi. Hiqildoqni ovqat tushib qolishidan him oya qilish uchun yutingan vaqtda tomoq uchburchakli kemirchak plastinka hiqildoq qopqog’i bilan berkitiladi. Burunning tarkibi suyakli va kemirchakli skeletdan iborat. Burun bo’shlig’i shilimshiq pardalar bilan qoplangan, bir- biriga teng ikkita yarimlikdan iborat bo’lib, bu joy burun chig’anog’i deyiladi va ularning ostidan bir nechta burun bo’shlig’idagi chiqish joylari ochiladi: peshonali, yiringli, panjarasimon. Halqum naysimon oraliq tushunilib, yuqorisi bosh miyaning tubi bilan chegaralanadi, pasti esa hiqildoq va ovqat yo’liga o’tadi. Oldindan unga og’iz va burun bo’shlig’i o’tadi, natijada uchta alohida anatomik kimyo paydo bo’ladi: burun - halqum bo’shlig’i bo’g’izi, og’iz- halqum bo’shlig’i bo’g’izi, va halqumning o’zi. Esnash yuqoridan tanglay pardalari bilan, pastdan esa ikki tomonlama tanglay dutachasi orqali tilgacha chegaralangan. Tanglay pardasi shilimshiq pardali plastinka bilan qoplangan va orqaga davom etgan qattiq tanglay hisoblanadi. Kichkina tilcha yumshoq tanglay yrtasida joylashgan, o’zining shaxsiy m ushaklariga ega. Hiqildoq nafas yo’ligacha davom etgan naycha halqali tomoq kemirchaklaridan tarkib topgan. Traxeya ikkita yirik nafas yo’liga bo’linadi, u hamma narsaning bo’g’izigacha maydalab ikkita o’pka hosil qiladi. Ko’krak bo’shlig’i qorin bo’shlig’idan diafragmasi bilan ajratilgan. Bu kuchli mushak orqasidan um urtqa pog’onasigacha, oldindan esa oftob o’ramasi bilan mustahkamlangan.
Lad (rus. — uygʻunlik, tartib), pardalar tuzilmasi, tuzuk — 1) keng maʼnoda, musiqiy-estetik tushuncha sifatida — pardalarning oʻzaro mutanosibligi, turli balandlikdagi musiqiy tovushlarning uygʻunligi; 2) musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri, musiqiy pogʻonalarning bosh parda (yoki asosiy pardalar qoʻshilmasi) atrofida oʻzaro bogʻlanish tizimi. Lad pogʻonalari oʻzining turgʻun (tayanch)ligi jihatidan bir-biridan farqdanadi, turgʻun boʻlmagan pogʻonalar turgʻun pogʻonalarga "tortilib" (intilib) turadi. Lad pogʻonalarining ketma-ket kelishi uning gammasinn tashkil etadi, ularning tartibli oʻzaro bogʻlanishi tovushqator yordamida ifodalanadi.
Lad pogʻonalarining soni va ular orasidagi intervallar sifatiga qarab ekmelika (balandligi oʻzgaruvchan tovushlardan iborat), angemitonika (yarim tonliksiz tovush-qatorlarga asoslangan), diatonika (shu jumladan, major va minor), xromatika kabi Lad turkumlari ajratiladi. Kuy rivojidagi tayanch va notayanch pogʻonalarning almashinuv jarayonining oʻziga xosligi modal (monodik), garmonik, tonallik va boshqa turlarni tashkil etadi. Bir asar davomida boshlangʻich Ladning balandligi (tonalligi) oʻzgarsa, ogʻishma yoki modulyasiya sodir boʻladi.
Sharq musiqa amaliyoti va nazariyasida Ladlar turlicha nomlanib kelgan: arabcha makam, forscha parda, oʻzbekcha maqom, ozarbayjoncha mugʻom va boshqa Ular oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, pogʻonalarning oraligʻi 90, 114, 180, 204 sentli intervallarga asoslanadi va koʻp pogʻonali turli Ladlarni tashkil qiladi. Ladlar turli xalqlar musiqa merosi, oʻtgan zamon va hozirgi davr bastakorlari va kompozitorlari asarlarining muayyan asosini tashkil etadi. Shu bilan birga 20-asr baʼzi musiqa yoʻnalishlari (atonal musiqa, dodekafoniya, sonorizm va boshqalar)da aniq bir Laddan chetlanish uchraydi; 3) musiqiy tovush-qatorning turi (mas. Major, minor)
Ritm (yun. rhythmos — uygʻunlik, mutanosiblik) — musiqaning jonli zarbasi, uning asosiy ifoda vositalaridan biri. Ritm - bir xil yoki turli uzunlikdagi tovushlar ketma-ketligi, metr yordamida tashkil etilgan. Musiqiy tovushlarning uzunligi tizimda aks etadi nisbiy muddatlar: butun, yarim, chorak, o'n oltinchi va boshqalar. Turli templarda bir xil davomiylik har xil vaqt davomida eshitiladi.
Davrlar bor mulk vazn: qisqa muddatlar engilroq, uzoq vaqtlar esa og'ir, qo'llab-quvvatlovchi, urg'uli sifatida qabul qilinadi. (ritmik urg'u). Qisqa muddatlar uzoq vaqtga intilishda birlashgan ko'rinadi. Bu xususiyat, masalan, sekin musiqani silliq, moslashuvchan, suyuq qiladi. Ritmning ekspressivligi musiqaning boshqa jihatlari-temp, garmoniya, dinamika bilan chambarchas bog'liq. Quyidagi munosabat kuzatiladi: ritmik naqsh qanchalik sodda bo'lsa, uning ifoda imkoniyatlari doirasi shunchalik keng bo'ladi. Hatto Ritm- ritmik naqshlarning eng oddiyi. Tez sur'atda u harakatni, yugurishni, oqimni, parvozni uzatadi. Sekin sur'atda - tinchlik, xotirjamlik, uyqusizlik, harakatsizlik: Ezilish ritmi va yig'ish ritmi ham neytraldir va ular boshqa tabiatdagi musiqada ishlatilishi mumkin. Nuqtali ritm faoliyatni birlashtiradi, chunki u shkala bo'yicha qo'shni bo'lmagan muddatlarni kvadratlik bilan bog'laydi (nuqtali raqam har doim 4, 8 yoki 16 qismga teng). Bu harakat bilan bog'liq janrlarda nuqtali ritmdan foydalanishni tushuntirishi mumkin.
Tembr (frans. timbre) — tovush sifati, tuyey, "boʻyogʻi"; musiqiy tovushning xususiy belgilaridan biri. Tembr tufayli bir balandlik va bir xil dinamikadagi tovushlarni farqlash mumkin. Tembr sadolanuvchi jismining materiali, tovush hosil qilish usuli, tebranish xususiyatlari, tovush yuzaga keluvchi va tarqaluvchi muhit va boshqalarga bogʻliq boʻlib, obertonlarnchng soni va jadalligi bilan aniklanadi. Nutqda Tembr orqali unli tovushlar ajratiladi. Nutq intonatsiyayemda Tembr yordamida turli hissiyotlar (xursandchilik, gʻamginlik, norozilik, qoʻrquv kabi) oʻz ifodasini topadi.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə