Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari



Yüklə 394 Kb.
səhifə32/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari
MTM da olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga bog‘cha yoshidan boshlab shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqiylikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari kichintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularni ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Kichik va o‘rta guruhlarda bayram ertaliklari
1. Mustaqillik bayrami. Bu bayram tadbiri 1-sentabrda o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlanadi. Bolalar Vatanimiz haqidagi she’rlarni yoddan o‘qib, qo‘shiqlar ijro etadilar.
2. Mehrjon bayrami – Bobodehqon va ona zaminni ulug‘lovchi bayramdir. U 25-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘tkaziladi.
3. Archa bayrami. Bu bayramda Qorbobo, Qorqiz va sevimli ertak qahramonlari ishtirok etadilar.
4. 8-mart – Onajonlar bayrami.
5. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanadi.
6. Sog‘lom va polvonjon tadbiri esa 1-iyunda o‘tkaziladi.
Katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari
1. «1-sentabr – Mustaqillik bayrami». Bayram tadbirlari orqali bolalarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.
2. 1-oktabr – «O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni».
3. Til bayrami. Bu bayram «Til – dil kaliti», «Ona tilim – jonu dilim» nomlari ostida nishonlanadi.
4. «Mehrjon bayrami» – hosil bayrami.
5. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni. Shu munosabat bilan «Qomusimiz – nomusimiz» tadbiri o‘tkaziladi.
6. «Archa bayrami» ertaligi.
7. 14-yanvar. «Vatan himoyachilari kuni».
8. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan konsert uyushtiriladi.
9. 21-mart – Navro‘z bayrami. Bu tadbirda, asosan, urfodatlarimiz va qadriyatlarimiz haqidagi sahna korinishlari va kuyqo‘shiqlar ijro etiladi.
10. Gullar va qushlar bayrami may oyida o‘tkaziladi. Bolalar O‘zbekiston gullari va qushlari haqida she’r hamda qo‘shiqlar aydatilar.
11. «Sog‘lomjon va polvonjon», «Sog‘lom tanda – sog‘ aql» tadbirlari 1-iyunda o‘tkaziladi. Bayramda turli estafeta va bellashuvlar uyushtiriladi.
12. Maktabda kuzatish bayrami. «Xayr, bog‘chajon – salom, maktab!».

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə