Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja



Yüklə 394 Kb.
səhifə31/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini iodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‘kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga erishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy asboblarini (karnay, sunray, nog‘ora) jalb qilish tavsiya etiladi. Imkoniyat bo‘lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar va kichik sahnalashtirilgan ertaklar ham bo‘lishi tavsiya etiladi. Qo‘shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak.
Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining eng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‘shiq va o‘yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok etib, bolalar bilan xursandchilik qiladilar.
Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-odat udumlarini aks ettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlashtirish, mehnatni ulug‘lash kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi. Qo‘shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin. Qadimda sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘shiqlar yangraydi.
8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‘shiq, she’r, raqs, o‘yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini e’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim etadilar. Ular uchun katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyushtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan qo‘shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda xushchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga ega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram dasturiga kiritish kerak.
Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiynafosat soatlarini tashkil etish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish esa bolalar ma’naviyatini oshiradi.
Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yashaydigan barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘shiq va o‘yinlari bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda katta o‘rin egallaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Bolalar bog‘chasida ertaliklarni o‘tkazishdan maqsad nima?
2. Yil davomida o‘tkaziladigan bayramlarning va shu bayramda tarbiyachining o‘rni?

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə