Mavzu: Ma’rifatparvar shaxslar va ularning asarlari. Kirish. I bob. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari



Yüklə 70,54 Kb.
səhifə1/6
tarix12.05.2023
ölçüsü70,54 Kb.
#109819
  1   2   3   4   5   6
Ibragimova Bibisora 19-20 TARBIYA kurs ishi 2023


Mavzu: Ma’rifatparvar shaxslar va ularning asarlari.


Kirish.


I BOB. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari



    1. Turkiston ma’rifatchilarining o‘ziga xos xususiyatlari.




    1. Axmad Donish, Furqat, Muqimiy, va boshqa dastlabki ma’rifatchilarning asarlarida ko‘tarilgan ahloqiy muammolar.

II BOB. Ma’rifatchilarning maqsadlari.
2.1. Abay, Anbar otin, Abdulla Avloniy, va Fitratlarning ahloqiy qarashlari.

2.2. Turkiston ma’rifatchilarining maqsadlari.


Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



Kirish.

Milliy ma'naviyatimiz islom dini bilan uzviy bog‘liq ekanini Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham o‘zlarining ko‘plab nutqlarida ta’kidlab kelmoqdalar. Bu borada juda ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, barkamol avlodni ma'nan shakillangan qilib tarbiyalashda dinimizdagi mehr-oqibat, rahm-shavqat, doimo atrofimizdagi kishilardan xabar olib turish kabi hislatlarni yoshlarning qalbiga singdirib, shu asosida ulg‘aytirmog‘imiz zarur bo‘ladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning ma'naviy-ma'rifiy hayotning barcha sohalarida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Ilm-fan va ta'lim sohasida ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda istiqlol davri, uning keng imkoniyatlarini, mohiyatini aks ettiradigan asarlar yaratildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ziyolilarga - ilm-fan, adabiyot va san'at namoyandalariga erkin ijod qilish, xalq ruhini chuqur his etish orqali yuksak saviyada asarlar yozish imkonini berdi. Ayniqsa, diniy qadriyatlar, ularning hayotimizdagi o‘rnini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar chop qilindi. Jumladan, islom tarixiga oid o‘nlab kitob va risolalar o‘zbek tilida kitobxonlarga taqdim qilindi.


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hayotimizda dinning ahamiyati haqida gapirib, “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ta'kidlagani kabi: “Barchamizga yaxshi ma'lumki, din azaldan inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir”.
Istiqlol yillarida el-yurtimiz taqdiriga daxldor bo‘lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o‘tmishidagi yopiq sahifalarni to‘la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo‘lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi. Ayniqsa, bu borada tadqiqotlar olib borish ilmiy jamoatchilik zimmasidagi katta burch ekanini juda yaxshi ma'lum.
Jadidlarning asarlarida diniy-ma'rifiy g‘oyalar, jumladan islom tarixini o‘rganish masalasiga juda muhim jihat sifatida qaralgan. Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘tgan asrning boshidayoq ”Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”, degan haqqoniy fikrlar bilan Turkiston ongu shu'urini uyg‘otishga da'vat etgani bejiz emas, albatta2.
Jumladan, 1892-yili I.Gasprali Turkiston o‘lkasida «usuli jadid» maktablarini ochishga izn va yordam so‘rab general-gubernatorga yozgan xati javobsiz qoladi. 1901-yili Munavvar qori, 1904 yili Avloniyning yangi maktab ochish haqidagi arizalari rad etiladi.
Jadid ma'rifatparvarlarining milliy o‘zlikni anglash borasidagi muhim ishlaridan biri yosh avlod ma'rifatida diniy ta'limga alohida e'tibor qaratishi bilan belgilanadi. Avvalambor, diniy ruhda yosh avlodning xat- savodini chiqarish, diniy e'tiqodni mustahkamlash, din tarixini bilishga alohida diqqat qildilar. Birgina o‘quvchilar uchun islom dini tarixini o‘rgatishga mo‘ljallangan bir qator darsliklar yaratildi. Munavvarqori Abdurashidxonovning “Havoiju-diniya” Abdulla Avloniyning “Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom”, Abdurauf Fitratning “Muxtasar tarixi islom” kabi darsliklari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda “Usuli jadid” maktablarida diniy fanlarning o‘qitilishi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari maxsus tadqiqot ob'ekti bo‘lgan emas. XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan boshlangan demokratik oshkoralik va qayta qurish jadidchilik harakati haqida cheklangan holda bo‘lsa ham ayrim haqiqatlarni aytish
imkonini berdi.
Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyingina ma'naviy-ma'rifiy hayotimizda jadidlarning o‘rnini, xususan islom tarixini o‘rganishda ularning qarashlarini xolisona yoritib berish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Jadidlarning ma'rifiy faoliyati, uning tub mohiyati, ularning asarlaridagi diniy g‘oyalar, xususan islom tarixi haqida keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Taasufki, bugungi kunda ma'rifatchilarning asarlaridagi diniy- ma'rifiy qarashlarni o‘rganish boshqa yo‘nalishlarga nisbatan ortda qolmoqda. Ularning badiiy g‘oyalari, tarixiy jihatlari o‘z sohasi mutaxassislari tomonidan yaxshigina tadqiq qilinmoqda. Ammo islomshunos, dinshunos va tarixchi mutaxassislar jadid adabiyotida islom tarixining o‘qitilishiga doir bironta maxsus yirik tadqiqot, monografik ishlanmalarni amalga oshirmaganlar. Tadqiqod bu boradagi izlanishlarning zaruratini yanada oshirib yuboradi.

Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə