Mavzu: Ma’rifatparvar shaxslar va ularning asarlari. Kirish. I bob. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari


Abay, Anbar otin, Abdulla Avloniy, va Fitratlarning ahloqiy qarashlari



Yüklə 70,54 Kb.
səhifə4/6
tarix12.05.2023
ölçüsü70,54 Kb.
#109819
1   2   3   4   5   6
Ibragimova Bibisora 19-20 TARBIYA kurs ishi 2023

2.1. Abay, Anbar otin, Abdulla Avloniy, va Fitratlarning ahloqiy qarashlari.
Turkiston halqlarining axloqiy yuksaklik va ma’rifat vositasida milliy o’zligini anglash darajasiga ko’tarishda qozoq halqining buyuk farzandi Abay (1845 – 1908) axloqiy qarashlarining ahamiyati katta. Abay she’rlarida, shuningdek, «Iskandar», «Mas’ud» dostonlarida ezgulik, adolat, mardlik shijoat singari fazilatlar o’rnini illatlar egallab borayotganidan, xalqning yaxshilik bilan yomonlikni farqlay olmaydigan darajaga tushib qolganidan faryod chekadi:
Otalarga o’xshamay qoldi turqing,
Yopiray muncha ketdi, elim, halqing!
Birlik yo’q, baraqa yo’q, buzildi fe’l,
Qani yiqqan davlating, boqqan yilqing?
«Xulqi ketgan», «fe’li buzilgan», «aldamchi», «suq», «ochko’z» singari sirtdan qaraganda o’z halqiga nisbatan beshafqatlarcha, xatto xaqorat darajasiga ko’tarilgan bu so’z va iboralar aslini olganda, millatni jondan ortiq sevgan buyuk shoir qalbining alamli yig’isidir.
Shunisi qiziqarliki, Abayning axloqiy qarashlari ma’lum jihatlari bilan g’arblik mashhur zamondoshi, buyuk olmon faylasufi, adibi Fridrix Nistshening ba’zi qarashlariga yaqin. Ammo, ta’kidlash kerakki, Nistshedagi o’ta keskinlik, o’ta beqarorlik Abayga yot. Shunga qaramasdan, qadriyatlarni qayta baholash, lozim bo’lsa, butun millatni qayta tarbiyalash kabi g’oyalar Abayga ham xos. Xususan, u halqni o’z fe’lini o’zgartirishga, bu yo’lda lozim bo’lsa, an’anaviy xayot tarzidan, ota – bobolardan qolgan o’git – maqollardan, xatto asrlar mobaynida o’rgangan chorvachilikdan kechishga da’vat etadi. Chunonchi, Abay o’zining mashhur «Nasihatlar» deb atalgan axloqshunoslikka va amaliu axloqqa doir kitobida shunday deb yozadi; «Qozoqlarning bir – biriga dushman bo’lishining, birining tilagini ikkinchisi tilamasligining, rost so’zi kam, mansabparast, yalqov bo’lishliklarining sababi nimada? Bunga dunyoda o’tgan barcha donishmandlar shunday javob qiladi: Har qanday yalqov kishi – qo’rqoq va g’ayratsiz bo’ladi; har qanday maqtanchoq qo’rqoq qishi – aqlsiz nodon bo’ladi; har qanday aqlsiz nodon kishi – orsiz bo’ladi: har qanday rostsiz kishi – yalqov, kishi oldida tilamchi, ochko’z, suq bo’ladi; bunday hunarsiz kishilar hech qachon birovga do’st bo’lmaydi. Bu illatlarning hammasi to’rt oyoqli molni ko’paytirishdan boshqa narsa xayoliga kelmaydigan qishilardan chiqadi. Agar inson ekin – tekin, ilm – xunar, savdo ishlari bilan shug’ullansa, bunday yomon fazilatlar (ya’ni illatlar) unga dorimagan bulur edi».
«Nasihatlar» risolasining boshqa bir o’rinda Abay, maqollarni taxlil etish orqali, yuqorida aytganimizdek, ma’lum ma’noda an’anaviy qadriyatlarni qayta baholashga intiladi: «Bizning qozoqlarni aytib yurgan maqollari ichida, - Abay, - ishga yaroqlisi ham, yaroqsizi ham bor. Ba’zilar yaroqsiz bo’lishi u yoqda tursin, xattoki na musulmonchilikka va na odamgarchilikka to’g’ri keladi. Avvalo: «Faqir bo’lsang – orsiz bo’l»! deyishadi. Ordan ayrilib tirik yurgandan ko’ra, o’lgan afzal… «Oltinni ko’rsa farishta ham yo’ldan ozadi», deyishadi. Sadqai farishta ketgurlar - Ey! Bu shunchaki ularning o’z shum niyatlarini ma’qullamoqchi bo’lib aytganlari emasmi?... «Yarim kunlik umring qolsa ham, bir kunlik mol yig’», «o’zingda yo’q bo’lsa, otang ham dushman», «mol odamning jigar go’shti», «Moli ko’pning – yuzi yorug’, moli yo’qning yuzi - choriq», «egan og’iz uyalar», «Olag’on ko’zim berag’on»… Bundan ma’lum bo’ladiki, qozoqlar tinchlik uchun g’am emas ekan, balki aksincha mol dunyo uchun g’am chekadi ekan… Agar moli bor bo’lsa, o’z otasi bilan yovlashishga uyalishmas ekan… Ishqilib, o’g’rilik, shumlik, tilanchilik, qo’ying-ki, shunga o’xshash yaramas fazilatlar (ya’ni illatlar) bilan mol topsa ham buni ayb sanamasligimiz kerak ekan». Boshqa bir o’rinda buyuk mutaffakir iymon haqida so’z yuritib, yana ba’zi maqollar to’g’risida shunday deydi; «Imonga shak keltirgan bandalarni Olloh taolo avf etmaydi va payg’ambarimiz ham shafqat qilmaydi, bu mumkin ham emas. «Qilich ustida shart yo’q», «Xudoy taoloning kechmas gunohi yo’q» - degan qalbaki maqollarga suyanganning basharasi qursin».
Abay o’z millatini nihoyatda sevgan mutafakkir. U hech kimni xaqorat qilmoqchi yoki kamsitmoqchi emas; bu achchiq gaplar halq dardida o’rtangan mutafakkirning alamli farqlaridir. Abay odamlarning torlashib, maydalashib ketayotganidan, erdagi o’z insoniy vazifasi va ma’suliyatini bajarmayotganidan g’azablanadi: «Suqrot og’u bergan, Iona Arkni olovga tashlagan, Isoni dorga osib, payg’ambarimiz salloloxu alayxi va sallamni tuyaning o’limtigiga ko’mgan Kim? Halq! Shunday bo’lgach, halqda aql yo’q. Yo’lini top-da, halqqa raxnamolik qil». Ko’rinib turibdiqi, buyuk qozoq mutafaqirining axloqiy ideali halqqa raxnamolik qila biladigan odam. Albatta, u a’lo odam emas, lekin a’lo odam vazifasini ma’lum ma’noda bajara oladigan inson. Bunday insonni tarbiyalash voyaga etkazish, lozim bo’lsa, yaratish (ma’naviy jihatdan) mumkin; «Odam onadan aqlli bo’lib tug’ilmaydi, - deydi Abay, - balki tug’ilgandan keyin, dunyoda nima yaxshi, nima yomon ekanligini eshitib, ko’rib ushlab, topib, zehn qo’yib aqlli bo’ladi». Boshqa bir o’rinda esa, mutafakkir, mana bunday deydi: «Agar davlat mening qo’limda bo’lganida, inson farzandini tuzatib bo’lmaydi, degan odamning tilini kesib tashlardim…» Shunday qilib, Abay tug’ma axloqiylikni butunlay inkor etmasa-da insonning axloqiy darajasi tarbiya bilan bog’liqligini qat’iy ta’kidlaydi. Ayni paytda tarbiyaga va axloqiy darajaga muayyan ijtimoiy muxitning, zamonning ta’sirini asosiy sababchi deb biladi: «Inson bolasini zamonaviy parvarish qiladi, kimda – kim yomon bo’lsa, ayb zamondoshlarida, - deydi faylasuf – shoir. Uning xaqligini insonni axloqiy – ma’naviy jihatdan anchagina tubanlashtirib, uni e’tiqodsizlik, yolg’onchilik kasaliga mubtalo qilib qo’ygan mustamlakachilik va ayniqsa, sho’rolar zamonasining salbiy ta’sirida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Umuman olganda Abayning she’riy asarlarida va ayniqsa, «Nasixatlar» risolasida ko’tarilgan axloqiy muammolar bugungi kunda har jihatdan ilmiy tadqiqqa loyiq. Garchand Buyuk Turkiston mutafakkiri ko’pgina illatlar haqida o’z halqiga nisbat berib, fikr yuritsa-da, ular, ba’zibir istisnoli – faqat qozoqlarning an’anaviy turmush tarziga taaluqli jihatlarni xisobga olmaganda, umumturkiy ahamiyatga molik axloqiy nuqsonlardir. Shu bois Abayning falsafiy – nazariy hamda amaliy – didaktik fikrlari va talqinlari biz uchun doimo qimmatlidir. Turkiston ma’rifatparvarlarining yana bir yirik namoyondasi Dilshod Barnoning shogirdi Anbar otindir (1870). Uning Axloqiy qarashlari lirik – falsafiy she’rlarida va «Qarolar falsafasi» (1898) risolasida o’z aksini topgan. Anbar otin ham, inson axloqiy darajasini aql, ilm – ma’rifat bilan bog’laydi va ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi. Uning asarlarida axloqsizlik botqog’iga botib borayotgan jamiyatga nafratni, shariyat va tariqat namoyondalari aynib ketganligi, boylardan insof ko’tarilganligi haqidagi fikrlar mardona ilgari suriladi. «Muqimiyga», «Mingboshi kal Omin xajviy», «Olimjon xoji ta’rifi» kabi she’rlarida ana shu yo’nalishini ko’rish mumqin. Tanqidiy – badiiy shakldagi bu yo’nalish «Qarolar falsafasi» risolasida falsafiy – taxliliy shakl qasf etadi.
«Qarolar falsafasi» asari asosan bir – birining ziddi bo’lmish ikki muammmo – ijtimoiy adolat va ijtimoiy zulm tushunchalariga bag’ishlangan. Risola ko’p o’rinlarda falsafiy - majoziy talqinlardan iborat. Chunonchi, risola davomida ayniqsa, uning birinchi faslida qora va oq ranglarining majoziy hamda botiniy mohiyati o’ziga xos ta’sirida ifodalanadi. Qora mehnati tufayli dunyoni yashnatayotgan insonlar qalbining oqligi, oq tana – yu oq bilak kimsalar qilayotgan ishlarining qoraligi tanqidlanadi va ular shu orqali axloqiy mazmun kasb etadi. Anbar otin shunday deb yozadi: «Ul qaro halq oftob so’zanida mehnat qilib, o’zlari har qancha kuyganlari holda, xosillarini hamtovoqlariga tufxa qilurlar. Misol andoqdurki, qozon bovujud qoradur, o’zi o’tda kuyib qora g’ulgoni holda ovqat pishirib odamlarni to’ydirur.
Ul zamonda odam axloqiy ul darajada eturki, xurusi mijoz gala xotunlik rusumini tark etar va har er bitta xotin ila farogatvor kun kechirgay …
Ul vaqt qizlar ilmi dunyoviy taxsiliga muyassar bulur, urfon taxtida qaror topib, ellar va urug’lar safiga doxil bo’lurlar, alar xayratga va mehnatda erlarga hamfo va yvar bulub, obru topib, xurmat va iqromga sazovor bulurlar».
Anbar otin adolatli podsho muammosiga alohida to’xtalib, o’sha davr uchun nixoyatda orginal, kutilmagan va xozirgi zamonda ham ahamiyatini yo’qotmagan fikrlarni bildiradi. U, dastavval «urus keldi» deganda hamma ma’rifat axli, endi halqning, ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy xayoti yaxshi tomonga o’zgaradi deb kutganini, lekin bu ishonch oqlanmaganini, aksincha, «urus podshox musulmonlarga zarrachayinki xalovat bermaganini» aytadi. Ba’zi bir ruslar xukmronligini oqlaganlarga qarshi shunday deydi: «Agar urus shoxi darhaqiqat odil bo’lsa, va aning xoxishi qaram halqlar ham urus misoli ozod bo’lsun va barcha xaloyiq urus birla barobar bulub ruhgor kechirsun desa, amorat va xukmronlik qonunini din qonunlaridan mustasno keltursin». Boshqa bir o’rinda faylasuf – shoira: «Davlat ishini dini islomdin yiroq tuting…», degan fikrni bildiradi.
Qarshi birlashmoq, qo’lda qurol bilan chiqmoq. Bu yo’lni shoira shunday ifodalaydi:
«albatta, aqlu – idrok va jamoatga taqya qilib, barcha shayx sufiylardan yiroq va barcha tarsu vaxmdin emin bo’lib, zolimlarga qarshi muboriza qilmoq, yakkalikdan xazar qilmoq, bu tadbirlar ila zulmni nobud etib, zulmaini bartaraf qilmoq zarurdir».
Albatta, Anbar otinning barcha axloqiy qarashlarini mutloq to’g’ri deb qabul qilish nojoiz. Chunonchi, u sufiylik tariqatlarining hammasini mohiyatan reakstion, degan fikrni ilgari suradi va sufiylarni mustamlakachi amaldorlar ra’yiga qaraydigan rasmiy din peshvolari bilan chalkashtirib yuboradi. Lekin, shunga qaramasdan, Anbar otinning asarlari, ayniqsa, «Qarolar falsafasi» risolasi xozirgi kunda ham ijtimoiy – axloqiy ahamiyatini yo’qotgan emas.
Bundan tashqari, Anbar otin shoira va faylasuf olima sifatida ham, shaxs sifatida ham kishini xayratga soladigan darajada matonatli, pokiza inson, yuksak axloq egasi bo’lgan. U umrini Turkiston xalqlari ma’naviyatini yuksaltirishga bag’ishladi, nogiron bo’lishiga qaramay, adolatning paxlavoni bo’lib kurashdi. Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonimizga bu tom ma’nodagi qaxramon ayol orzu qilgan kunlar keldi, Anbar otinning olimona va shoirona bashorati amalga oshdi. Turkiston ma’rifatparvarlari orasidagi yana bir mutafakkir ta’limshunos, pedagog va axloqshunos Abdulla Avloniydir (1887 – 1934). Uning XX asr boshlarida Turkistonda mashhur bo’lgan «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913) asari axloqiy muomalalarga jadidchilik nuqtai – nazaridan yondoshishi, ko’pchilikqa tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Agar Anbar otinning «Qarolar falsafasi» risolasida dolzarb axloqiy muammolarga majoziy – falsafiylik, ilmiy, nazariy xulosalar orqali yoritilsa, Avloniy asarida fazilatlar va illatlarga ko’proq ta’rif berish, ularni sharhlash yo’li bilan yondoshadilar. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida an’anaviy – falsafiy yondoshuv bo’lmish antropolgik nuqtai - nazar bo’rtib ko’zga tashlanadi. Ammo bu yondoshuvning yangilangan mohiyati shunda ediki, tadqiqot ob’ekti sifatida makon va zamondagi umumiy mavxumiy inson emas, balki, muayyan, XX asr boshlaridagi, milliy ozodlikka, yangicha xayot tarziga intilishni o’z oldiga niyat qilib qo’ygan Turkiston fuqarosi olinadi. Ana shu yangi inson tarbiyasi bosh masala tarzida o’rtaga tashlanadi. Faylasuf pedagog, avvalo millatni tarbiyalashni o’z ustiga olgan tarbiyachi muammosiga to’xtaladi: otalar – to’ychi, uloqchi, bazmchi, ilm qadrini bilmagan, muallimlar – o’zlari tarbiyaga muxtoj, dorilmuallimini tugatish kerak bo’lgan mudarrislar esa - darslari beimtixon, islox yaqiniga yo’lamaydigan kishilar. Shu bois millat yoshlari tarbiyasini usuli jadid tarafdorlari ta’lim – tarbiya tizimini zamonaviylashtirish, islox qilishga intilayotgan ziyolilar qo’lga olishi kerak. Avloniy Rossiya xukumati u er – bu erda yangicha maktablar ochgani – shunchaki jahon jamoatchiligini chalg’itish ekanini, ochiq bo’lmasa ham, quyidagi ishora bilan aytib o’tadi: «…xukumat hammaning otasidir. O’z fuqarosining bolalarini tarbiya qilmoq lozim. Shuning uchun bizning Rusiya xukumatimiz o’gay bo’lsa ham har erda bizlar uchun maktablar ochib, bolalarimizni tekin o’qitur».  Avloniy ana shu «o’gay tarbiyadan» ko’ra milliy tarbiyamiz usullarini yangilashni afzal biladi va o’z davrini «Tarbiyaning zamoni – tarbiyaning ayni vaqti deb ataydi. Uning bu boradagi qarashlari xanuz o’z kuchini yo’qotmaganligini, tarbiya – hozir hamjamiyat uchun dolzarb muammo ekanini Prezident Shavkat Mirziyoev nutqlaridan birida Avloniydan mana bunday deb ko’chirma keltiradi: «Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, «Tarbiya bizlar uchun yo xayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat masalasidir». Avloniy tarbiyani, qadimgilar va o’rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlari an’analariga suyanib, uchga bo’ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi. Shular orasidan axloq tarbiyasiga alohida urg’u berib, uni «insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland darajada berguvchi» tarbiya deb baholaydi. Fazilatlarni faylasuf – pedagog yaxshi xulqlar, illatlarni esa – yomon xulqlar deb ataydi. Matonat, diyonat, sharaf, xayo singari musulmon Sharqi uchun an’anaviy bo’lgan fazilatlar sharhi bilan birgalikda Avloniy vijdon, Vatanni suymoq singari Turkiston mintaqasi uchun yangi talqinda taqdim etilgan fazilatlar haqida alohida to’xtaladi. Vatanni suymoq lozim bo’lsa, uning yo’lida jonini fido etmoq yuksak axloqiy insonga xos fazilatdir. Inson Vatanni tanlamaydi. «Biz Turkistonliklar o’z Vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho’llarni, eskimuslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik erlarni boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, xavosi yaxshi, tiriklik oson erlarga o’z Vatanlarini tashlab xijrat qilurlar edi». Vijdon esa Avloniy nazdida, inson niyatlari va qilmishlarini aks ettiruvchi eng musaffo axloqiy ko’zgudir, «inson aqli va fikrining haqiqiy mezoni». Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq», «yomon xulqlar» ga – illatlar taxliliga katta o’rin ajratadi. Millat taraqqiyotiga eng kuchli to’siq bo’ladigan illatlardan biri sifatida alloma jaholatni keltiradi: «Jaholat insoniyatning eng zo’r dushmani va yomon xulqlarning boshligidir».  Avloniy g’azab, shaxvat, xasad, ta’ma singari illatlarga ham atroflicha ta’rif beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, Abdulla Avloniy axloqshunoslik tushunchalarining faqat pedagogiq emas, balki ham falsafiy, ham badiiy jihat dan talqinini beradi. Chunonchi, u muayyan axloqshunoslik tushunchasi yoki axloqiy me’yorning sodda, lo’nda ta’rifini taqdim etar ekan, ba’zi hollarda Suqrot, Aflotun, Arastu, Ibn Sino singari xakimlarning fikrlarini isbot tarzida keltirsa, goxo ularni nazmiy tizmalar bilan o’quvchiga etkazishga harakat qiladi. Umuman olganda, Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» risolasi XX asr Turkiston axloqiy tafakkurida eng salmoqli o’rinni egallaydigan, ham nazariy, ham amaliy axloq muammolarini falsafiy va pedagogik yondoshuv orqali xal etishga bag’ishlangan yirik asardir. Shuningdek, u izzat-nafs, ayniqsa iroda masalasiga alohida to’xtalib o’tadi. «Iroda va ixtiyor» sarlavxasi ostidagi kichik bobda Fitrat farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining to’rt banddan iborat qoida – bosqichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota – onaning zo’ri emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini ta’kidlaydi. «Ota – onalarning xaq huquqlari» bobida ham balog’atga etgan farzandning erkinlik darajasi haqida fikr yuritiladi. Umuman olganda, Fitratning «Oila» kitobida amaliy axloq bilan axloq nazariyasi muammolari uyg’unlashib ketgan. Lekin unda pedagogik – didaktik uslub emas, jangovor chorlov uslubi ustun. Fitrat uchun yuksak axloqiylik, erk va erksevarlik bilan mustaxkam bog’liq. Turkiston va Turkistonlikni ozod qurish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Uni o’qigan kishi na faqat axloqiy fazilatlar nimalardan iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki, milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nima-yu, unga qanday qilib erishish mumkinligini anglab oladi. Shu bois mutafakkir – jadid Abdurauf Fitratning «Oila» asari Turkiston milliy uyg’onishda benixoya katta rol o’ynaydi. Ayni paytda, u hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan ajoyib axloqiy – ma’rifiy risola sifatida alohida e’tiborga molik. XX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning ilmli, har jihatdan yuksak axloq – odob egasi bo’lishlari uchun ziyolilar orasida jiddiy harakat avj oladi. Zero, oiladagi bola tarbiyasi ya’ni yosh avlod tarbiyasi asosan onalar qo’lida ekani hammaga ayon bo’lib qoladi. Shu bois ilg’or, ziyoli ayollar nafaqat qizlar maktablarini ochib, maktabdorlik qilish, balki axloqiy – tarbiyaviy risolalar yozish yo’li bilan ham bo’lajak ziyoli onalarni voyaga etkazishga xissa qo’shadilar. Boshqa bir tatar ziyoli ayoli Faxr ul- Banot Sibgutullox qizining sakson etti saboqdan iborat «Oila saboqlari» (1913) risolasi esa tarbiyaning turli tomonlarini birvarakay o’z ichiga oladi. Axloqshunos olima o’z risolasi mohiyatini quyidagicha belgilaydi: «Oila saboqlari xonimlarga, qizlar maktabi shogirdlariga oila vazifalari to’g’risida foydali ma’lumot bergani kabi o’quvda tamom engillik va bir tarafdan asosli bir axloq sabog’i hamdir». U o’n ikkinchi saboqda tarbiyani «ilmni axloqning tani, negizi» deb ta’riflaydi. Asar falsafiy mushohadalardan ko’ra ko’proq amaliy ko’rsatmalardan iborat.

Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə