Mavzu: Ma’rifatparvar shaxslar va ularning asarlari. Kirish. I bob. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari


I BOB. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari



Yüklə 70,54 Kb.
səhifə2/6
tarix12.05.2023
ölçüsü70,54 Kb.
#109819
1   2   3   4   5   6
Ibragimova Bibisora 19-20 TARBIYA kurs ishi 2023

I BOB. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari



    1. Turkiston ma’rifatchilarining o‘ziga xos xususiyatlari.

Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi faqat ijtimoiy – siyosiy jihatdangina emas, balki ma'naviy-ma'rifiy tomondan ham juda katta o‘zgarishlarga olib keldi. Mazkur ijobiy o‘zgarishlar tufayli, tariximiz saxifalarida qoralanib kelingan davrlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, oqimlar, buyuk allomalarimiz meroslari endilikda hayotimizning barcha soxalarida qaytadan o‘z o‘rnini egallamoqda, xalqimizning ma'naviy dunyosini boyitish, poklash va rivojlantirish yo‘lida tobora ulkan ahamiyat kasb etib bormoqda.


Ijtimoiy–siyosiy va ma'naviy–ma'rifiy harakat bo‘lmish jadidchilik ham sobiq totalitar tuzum tomonidan ta'qiqlangan hodisalardan edi. Tabiiyki, uni xolisona o‘rganish mumkin emasdi. Chunki jadidchilik o‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsad Turkiston xalqlarini mustamlakachilar zulmidan ozodlikka olib chiqish, ularni har tomonlama shaxs erkinligini ta'minlaydigan yangi jamiyat qurishga tayyorlashdan iborat edi. Buning uchun jadidlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni eng muhim va ob'ektiv zaruriyat deb hisobladilar:

  1. Turkiston xalqlarini erkparvarlik, millatparvarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

  2. Turkistonliklarni jahonning boshqa millatlari bilan har jihatdan teng yashay olish, jahon madaniyati sivilizatsiyasidan xabardor bo‘lish darajasiga ko‘tarish.

  3. Turkiston uchun yagona bo‘lgan milliy g‘oyani yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish va boshqalar.

Shuningdek, jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida uch asosiy yo‘nalish mavjud edi. Birinchisi – yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, ikkinchisi – umidli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish va nihoyat, uchinchisi – turli ma'rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish edi.
  Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston o’lkasi general – gubernatorlaridan biri A.N.Kuropatkinning o’z kundaliklarida, biz Turkiston halqlarini yarim asr mobaynida jahon madaniyati va sivilizatsiyasidan chetda tutib turdik, degan so’zlari yaqqol anglatadi. Lekin, ayni paytda, rus taraqqiyparvar ziyolilari orqali rus va jahon ilm – fani va madaniyati ham chor ma’muriyati to’siqlari orasidan sizib kirar edi. Shu ijobiy ta’sir asta – sekinlik bilan mazlum Turkistonda yangi uyg’onish davrini boshlab berdi. Mahalliy ziyolilar orasida o’z halqini ozod ko’rishga va jahonning boshqa millatlari bilan tenglasha oladigan darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu uyg’onish Ovrupo ma’rifatchiligiga nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli bo’ldi. Shuningdek, o’rta asrlar o’rtaga tashlagan ma’rifatparvarlik g’oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda yangicha - ma’rifatchilik tarzida namoyon bo’lish imkoniyati yaratildi. Zero o’sha g’oyalarni yangilangan shakllarda amalga oshira oladigan faoliyatli ziyolilar vujudga kelgan edi. Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar. Ma’rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib bordi.
Bular
-maorif (yangicha maktablar ochish, ta’lim usulini yangilash);
-san’at (badiiy adabiyot, teatr);
-va matbuot.
Pirovard maqsad millatni, bir tomondan, ilmli – ma’rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg’unlashuvi natijasida o’zligini, o’z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga etkazish edi. Turkiston ma’rifatchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida katta ishlar qilindi. Turkiston ma’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g’oyalar asosan badiiy va didaktik shakllarda o’z aksini topdi. Ayni paytda an’anaviy axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho – hukmdor shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar xukmdor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma soxasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san’atning gullab yashnashiga yo’l ochib bersa – halq xayoti farovon bo’ladi, fazilatlar kuchayib, illatlar zaiflashadi. U, xukmdor donishmandlik fazilatiga albatta ega bo’lishi lozim, davlatning mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina ma’rifatli va yuksak axloq egalari bo’la oladi.



Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə