Mavzu: Ma’rifatparvar shaxslar va ularning asarlari. Kirish. I bob. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari


Turkiston ma’rifatchilarining maqsadlari



Yüklə 70,54 Kb.
səhifə5/6
tarix12.05.2023
ölçüsü70,54 Kb.
#109819
1   2   3   4   5   6
Ibragimova Bibisora 19-20 TARBIYA kurs ishi 2023

2.2. Turkiston ma’rifatchilarining maqsadlari.

XX asr boshlarida diniy ruhdagi axloqiy qo‘llanmani o‘zbek tilida birinchi bo‘lib A. Avloniy yaratdi va ta'lim –tarbiya ishlarida uni tatbiq etadi.


A. Avloniy arab, fors, rus va azarbayjon tillarini yaxshi bilgan olim edi. Uning qardosh xalqlar va chet el tillarini bilishi pedagogik poetik ijodining taraqqiyoti uchun katta zamin hozirladi.
A. Avloniy “turkiy guluston yoxud axloq ” kitobini yaratishda o‘zbek va tojik adabiyoti klassiklarining yuqorida nomlari zikr qilingan asarlaridan ijodiy foydalandi, ” turkiy guluston yoxud axloq” katta- kichik 64 bobdan iborat bo‘lib, har bir bob ta'lim-tarbiya masalasiga bag‘ishlanadi va biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi.
Umuman olganda, mavzudan uzoqlashmay, islom tarixiga doir asarlar borasida Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom” (m. 1913) Abdurauf Fitratning «Muxtasar Islom tarixi», Mahmudxo‘ja Behbudiy (1914), Shokir Sulaymon (1918) kabi adiblarning ham «Qisqa Islom tarixi» XIX asrning oxirgi choragiga kelib, tuprog‘i g‘ayridinlar oyog‘i ostida toptalgan, davlat mustaqilligidan judo bo‘lgan Turkiston xalqi erta-indin e'tiqod mustaqilligidan ham mahrum bo‘lmasligiga hyech kim kafolat bera olmasligini nazarda tutib yozilgan bo‘lsa ajab emas.
Ammo bir haqiqat ayonki, ushbu darslikning asosi jadidlarga qadar bo‘lgan madrasalarda o‘qitilib kelingan shu yo‘nalishdagi darslik va qo‘llanmalar bo‘lgani shubhasiz.
XX asr boshlarida amaliy axloq muammolari jadid matbuotida keng o’rin oladi. «Taraqqiy”, «Sadoi Turkiston», «Ulug’ Turkiston», «Turon», «Xurshid» singari gazetalarda e’lon qilingan xajviy – jurnalistik asarlarda o’sha davr bayonlarining qoloqligi, chor ma’muriyatining to’rachiligi, paranjining yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so’m iona qilish o’rniga besh yuzlab so’mni restoranlarda foxishalarga sochayotgan axloqsiz sarmoyadorlar qattiq tanqid ostiga olinadi. Maxmudxo’ja Bexbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Hamza, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon kabi uyg’onish davrining Buyuk namoyondalari o’z badiiy asarlarida axloq muammolarini dadil ko’tarib chiqdilar va ana shu nashrlarda o’z publististikasi bilan ham faol ishtirok etdilar. Jadid matbuoti butun kuchini ozodlikni, Vatanni jondan sevuvchi, ilg’or, tushungan, har tomonlama qamol topgan erkin Turkiston fuqarosini tarbiyalashni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Afsuski, dastlabki fevral inqilobi bergan xurriyat uzoqqa cho’zilmadi. Bolsheviklarning 1917 yilning 25 oktyabrida amalga oshirgan davlat to’ntarishi tez orada uning yutuqlarini yo’qqa chiqardi. Lenin boshchiligida ishlab chiqilgan yangi mustamlakachilik rejasi asosida barcha taraqqiyparvar kuchlar qatag’on qilindi. Falsafaviy fanlar, shu jumladan, axloqshunoslik ham taraqqiyotdan to’xtadi. Ular mafkuraga bo’ysundirilib, soxtalashtirildi; erkin fikr tag – tugi bilan qo’porib tashlandi. Shu sababli jadidchilik o’z oldiga qo’ygan vazifalarni to’la ado etolmadi. Lekin, shunga qaramasdan Turkistondagi bu ma’rifatchilik harakati qisqa muddat ichida bo’lsa ham mazlum halqlarni ma’lum ma’noda uyg’ota oldi.
Buyuk sarkardalardan biri yozgan edi: «...Agar bizga xayotimiz shart-sharoitlari istalgan kasbni egallashga imkon bersa, unda bizga eng katta obru - e’tibor keltiradigan, xaqiqatligiga mutloq ishonchimiz komil bo’lgan g’oyalarga asoslangan kasbni tanlashimiz mumkin». Qiziqtirishni keng va tor ma’noda-bu insonning jamiyatdagi ijtimoiy yo’nalganligi. Shaxsiy qiziqish esa insonning faoliyatning ma’lum bir soxasiga moyilligini, qobiliyatini ifodalaydi. Qiziqish tug’ma bo’lmaydi. Boshida u qandaydir faoliyat soxasiga bo’lgan muayyan qiziqish sifatida yuzaga keladi, so’ng esa atrof muxit ta’sirida o’sib boradi. Bir qancha qismlarda yosh ofisterlarni quyidagi savolga javob berishlarini so’raydilar: «Kimning ta’siri ostida, sizda ofister bo’lishga qaror uyg’ondi?» 100 kishidan so’ralganda 28 tasi otalari, yaqinlari, (odatda, doimiy harbiy xizmatdagilar), 27 tasi adabiyot, kino televideniya, 18 tasi armiyada xizmat qilgan o’rtoqlari, harbiy bilim yurtidagi do’stlari, 14 tasi - urush qaxramonlari va veteranlari, shaxsan kuzatganlari orqali yuzaga kelganini aytadilar va faqat ikki kishi aniq bir javob bermadi. Ko’rinib turibdiki, qiziqish so’ng esa ofister kasbiga bo’lgan qiziqish ham turlicha yuzaga kelar ekan. Biroq «boshlang’ich impuls» qanday bo’lmasin, bu qiziqishning shakllanishi quyidagi ob’ektiv ijtimoiy jihatlarga tayanadi: ofitser mehnatining davlat ahamiyati, mazmundorligi va murakkabligi har tomonlama rivojlanish uchun keng imkoniyatlar va nixoyat, ofisterni o’rab turgan xalqning g’amxo’rligi va e’tibori. Ofister kasbiga bo’lgan qiziqishning shakllanishi bir qancha bosqichlardan o’tadi. Birinchi bosqichda o’smirda ko’p holda tashqi ko’rinishlarga asoslangan qandaydir harbiy mutaxasislikka bo’lgan xislat munosabat yuzaga keladi: «uchuvchi bo’lmoqchiman» (dengizchi, raketachi va x.). Ikkinchi bosqichda yuqori sinflarda, ba’zida esa harbiy o’quv yurtida xissiy munosabatiga ofister faoliyati ma’nosini tushunish va o’z qobiliyatlarini baholashga intilish tobora qushiladi. Buni aytish mumkinki, qiziqish shakllanishining rastional bosqichi. Oxirgisi, uchinchi bosqich - amaliy: ishda, xizmatda o’zini tekshirish, boshqacha aytganda, shaxsning o’z mavqeini aniqlab olish, xayotdagi o’z o’rnini mustaxkam aniqlab olish bosqichidir. Bu erda odatda yuzaga keladigan xayotiy ko’rsatmalar va kasbga qarashlar tasdiqlanadi. Albatta, insonning bir xilda ixlosi qoladi yoki qasb bilan qoniqmasligi ostida axloqiy kamchiliklarini yashirishga intilishlar bo’ladi, lekin bu narsa juda kam sodir bo’ladi. Xayotiy yo’lini taniyotgan o’smirni ofister xizmati romantikasi ham jalb qiladi. Shunday bo’lsa ham romantika har bir insonga yaqin deb ta’qidlashimiz, noto’g’ri bo’ladi, nazariy seminarlarning birida yosh ofister o’z tengdoshlarining o’ziga xos qirralari xaqida gapirib turib, qa’tiylik, ishbilarmonlik, maxorat aniq xisobni belgilab beradi va so’ng birdaniga qo’shib qo’ydi: «Endi romantika bilan uzoqqa borib bo’lmaydi!». Bu so’zlari qizg’in baxsga olib qeldi. Xa, javob berdi opponentlari (asosan ko’pchilikni tashkil qiladi) qat’iylik, ishbilarmonlik, maxorat, aniq xisob - juda muxim xislatlar. Lekin ularni romantikaga qarama-qarshi qo’yish kerakmi? Va umuman romantikaning o’zi nima, ofister xizmatida u nimada ko’rinadi?. O’rtoqlar bu savolga to’g’ri javob bera oldilar va o’z yosh xizmatdoshini ishontira oldilar. Romantika go’zallikka, yuksaklikka bo’lgan ravshan g’oya, orzu, intilishga ega bo’lgan insonning maxsus xolati. U asosan yoshlikka xos, har bir o’smir va qizning ongida o’zining «qizil elkanlari» bor, olam esa ulkan, insonlarga muhim va kerakli bir narsani qaxramonlik bilan amalga oshirish imkoniyati ularning oyog’i ostida. Romantika barcha turmush qiyinchiliklarini, vaqtinchalik bo’ladigan muvaffaqiyatsizliklarni engishga har doim oldinga va uzoqqa borishga rag’batlantiradi va imkon beradi. Yosh ofisterlar shuningdek otalari bilan ularga bergan xissiyotlar bilan to’lqinlanish, yuqori intilish, ijodiy ish soat, qoldi. Albatta, bu xislatlar xozirda o’z xususiyatiga ega, ular yanada keng ta’lim, maxsus tayyorgarlikka tayanadi. Sezilarli ravishda harbiy mehnat xususiyati o’zgardi. Buning barchasi romantikani mustaxkamlaydi, uning oldida yangi qo’lamlarni echib beradi. Iroda va bilimga ko’paytirilgan ofisterning orzusi, qiziqtirish, faol faoliyat bilan jo’shqin xissiyotlarning birikmasi xayotni to’laqonli xis etishiga imkon beradi. Romantika befarqlikka, beporvolikka dosh bermaydi. Xaqiqiysiga u faqat mehnat, aql, go’zallikning birligida namoyon bo’ladi va qiyinchiliklarni bartaraf etishda, og’ir harbiy xizmatning yuqori ahamiyatliligida mujassam etadi. Ofister kasbining har tomonlama zakovat va ulkan iroda kuchini talab qilishi bilan faxrlanadi. O’z kasbiga qiziqishi bo’lgan ofister o’z xizmatdoshlari va qo’l ostidagilari oldida tezda axloqiy obro’ - e’tiborga ega bo’lmoqda. Bu xizmatda kerakli shartlardan biri hisoblanadi. Shaxs oldida har qanday jamiyatda har doim 3 turdosh axloqiy obru - e’tibor turadi: Birinchisi-kundalik xayot amaliyotida insonlar tayanadigan oddiy umuminsoniy axloqiy me’yorlar obro’ - e’tibori. Bu - qariya, ayol, bolalar to’g’risida g’amxo’rlik, beadablik, dangasalikni qoralash, sodiqlikni qo’llashdir. Ular shu ma’noda «oddiyki», insonlar xayot faoliyatining kerakli axloqiy asosi, ular munosabatlarida o’ziga xos minimum bo’lib ob’ektiv ravishda xizmat qiladi. Inson har doim jasorat, saxiylik, olijanoblikka tan bergan, har doim qo’rqoq, yolg’onchi bo’lib tanilishdan qo’rqqan. Biroq antiganistik jamiyatda ijtimoiy zulm va illatlar bilan kurashda ming yillar davomida halqlar bilan ishlab chiqilgan bu axloq me’yorlari ekspluatatorlar tomonidan xayosizlik bilan toptalmoqda. Faqatgina, erkinlik, demokratiya va ularni shaxslar va butun xalqlar munosabatlarida orasidagi buzilmas xayotiy qoidalarga aylantiradi. Axloqiy obro’ - e’tibor ba’zi shaxslarning ularning muayyan yutuqlarida boshqa insonlar ongida ma’naviy axloqiy «qudrati» darajasini ko’rsatadi. Obro’ - e’tibor egasi shaxsiy (yoki jamoa) axloqiy xujjatlar imkoniyatiga ega: qo’llash, chiqarish, oldini olish, qoralash va xokazo. Axloqiy obro’ – e’tibor o’z ta’siri bilan amaldagi me’yorlar, qoidalar olgani, hayotdagi axloqiy prinstiplarning chuqur qabul qilinishi va to’liq tatbiq qilinishi bilan ta’minlaydi. Tabiiyki, obro’ - e’tibor rahbarlik va bo’ysunishning tashkiliy vazifalar o’rnini egallamaydi, balki birinchi navbatda axloqiy munosabatlarga axloqiy ta’sir qilishlarini ifodalaydi. Ofisterning axloqiy obro’ - e’tibori atrofdagilarda tan olingan yuksak axloqiy xislatlarga tayanadigan qo’l ostidagilarga bo’lgan uning axloqiy tasirining kuchidir. Xaqiqiy obro’ - e’tibor mezonlari asosida jamoa fikri insonnig muayyan axloqiy obro’sini shakllantiradi. Bunda uning faoliyati va imkoniyatlarining jamiyat oldida tan olinishi amalga oshiriladi. Ko’pincha, qandaydir bir ofister xaqida gap ketganda, quyidagi baholashlarni eshitish mumkin: aqlli, uddaburon, g’ayratli yoki, aksincha, xayol-fikri tarqoq tartibsiz, va xokazo. «Iftixorni yoshlikdan saqla», «Iftixor bor joyda xaqiqat bor» va boshqalar. Biroq iftixor tushunchasi bir ma’noli emas, u aniq ijtimoiy yo’nalishga ega, fuqaro urushigacha, masalan, markaziy o’rin egallagan iftixorning axloqiy etik kategoriyasi «xokim ekspluatator sinflar dunyoqarashini aniq bergan. «Mundir iftixori» degan iboralar ofisterning kasbiy yaroqligi va noteng xuquqlik o’lchov sifatida, bir guruh kishilarning boshqalar ustidan tabaqasiga, kelib chiqishiga ko’ra ustunligini ta’kidlash usulini bildirgan. «Harbiy iftixor tushunchasi manmanlik xissiyotida rivoj olgan deb F.A.Brokgauz va I.A.Evren enstiklopedik lug’atida aytiladi, botirlik jasoratlari manmanlikning rivojlangan xissiyotidir; g’oliblar shon-sharaf og’ushida bo’ladi... dushman bilan «jangni» tashkil qilgan barcha narsa jangchi uchun «sharafli» xisoblanadi: bunda uning iftixori: aksincha jangdan bosh tortish... – «diyonatsizlik»dir... Harbiy iftixor g’oyalari egasi va ifodalovchilari bo’lib armiyada ofisterlar xisoblanadi, chunki quyi unvondagilar xizmati majburiyat bo’yicha bo’ysunishi yoki zudlik bilan ishga olish bo’yicha xizmatdir». Diyonatsizlik beshavqat jazolangan. «Og’ir diyonatsizlik» uchun dorga osilardi va ofister «o’g’ri» deb e’lon qilinardi. «Engil diyonatsizlik» uchun xaqsiz va nafaqasiz xizmatdan xaydalanardi. Mavjud iftixor qoidasiga ko’ra o’z obro’sini to’kkan ofister ofisterlar yig’ilishida qoralanardi, hech kim unga qo’lini bermasdi. «Ofister adabliligi qoidalari», «yosh ofisterga maslaxatlar» «iftixorni eslatish» eski (drolun polklarida) va boshqa kabi eski ofisterlar kodekslarida birinchi o’rinda birinchi harbiy iftixor kategoriyasi turardi. Biroq uning barcha talablari mustabid xokimiyat idealogiyasi asosiy qoidalaridan kelib chiqqan – iftixor – biz avvalombor «xalq isyoni holida raxm – shavqat qilmaslik» ni talab qiladigan podsho va dinga bo’lgan sodiqlikdir. Harbiy iftixorni tushunish, shuhratparastlik tabaqalanganlik ruhi bilan singdirilgan edi. Ofister iftixori tushunchasida ba’zi bir ijodiy tomonlari – harbiy kasb faxri, botirlik, jasoratni talab qilish – bo’lgan umuman u ekspluatatorlar sinfi, ijtimoiy tengsizlik va noxaqiqatlikka xizmat qilgan. Harbiy etikada ofister ixtixori jamiyat, uning axloqiy qadriyatlariga bahoni ifodalaydi. Agar obro’ tushunchasi axloqiy munosabatda barcha kishilar tengligi prinstipidan kelib chiqsa, unda iftixor tushunchasi kishilarning axloqiy qadriyati bilan ularning aniq xislatlari va ishlariga ko’ra bog’liq. Ofister iftixori uning muxim axloqiy qadriyatlari sifatida avvalom bor harbiy burchini faxr bilan bajarishda, kasbiga, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Vatani uchun bo’lgan faxrida, ishlarida, o’rtoqlari o’zi oldida o’ta vijdonli bo’lishida namoyon bo’ladi. Jangchining amaliy xizmatlarini iftixor deb tan olib, uning jamiyatga munosib jangovar ishlarini belgilaydi. Vatan ikkinchi jahon urushi yillarida namoyon bo’lgan o’z qurolli ximoyachilari jasoratlarini yuqori baholagan. Jangchi, qomandir va siyosiy xodimlarga sovet Itifoqi qaxramoni unvoni berilgan. 7 miliondan ortiq kishilar orden va medallar bilan taqdirlangan. Qurolli kuchlar polk va diviziyalariga 10900 ta jangovor ordenlar topshirilgan. Yangi, demokratik informastiya insonni iftixori namunalarini butun shaxsiy tarkibga ofisterlar ko’rsatmoqda. Armiya va flot xayoti shunday misollarga to’la. Katta yoshdagi o’rtoqlarning yuqori kamol tayyorgarligi va yangi bilimlarga chanqoqligi, og’irligi va sabrliligi, xayrixoxligi va g’amxo’rligi, odobliligi va pristipialliligi yoshlarda o’chmas taassurot uyg’otadi. Harbiy iftixor armiyada, ayniqsa jangovor harakatlarda jamoa munosabatlariga o’ziga xos xususiyat beradi. Jangchi iftixori – bu shuningdek uning bo’lim, qism iftixori xaqida g’amxo’rligi, janglarda, har birining shaxsiy axloqiy xislatlari yoqqani ko’rinadigan sharoitlarda shuxratparastlik, kekkayishlik deb tasvirlanadi. Bunday xislat egasi o’z yutuqlari, ishlari va imkoniyatlarini real baholash qobiliyatini asta-sekin yo’qotadi. Uning faoliyatida bosh omillardan biri muayyan bir o’rinni, mansabni, imtiyozlarga erishish istagi bo’lib qoladi.
 

XULOSA


Mustaqilllik yillarida milliy-ma'naviy tiklanish, milliy tarixni anglash, tarixiy adolatni tiklash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek « Biz yaxshi bilamizki, hayot tinimsiz izlanish, tinimsiz kurashdir. Xalqimizning boshidan kechirgan behisob qiyinchiliklari, mardona mehnatining samarasini ko‘rish, undan bahramand bo‘lish vaqti yetib kelmoqda». Ijtimoiy–siyosiy va ma'naviy– ma'rifiy harakat bo‘lmish jadidchilik ham sobiq totalitar tuzum tomonidan ta'qiqlangan hodisalardan edi. Bu boradagi keng ko‘lamli yangilanishlar, ularning nomlari tiklanishi, asarlari o‘rganilishi tom ma'noda mamlakatimiz tarixida muhim voqyea hisoblanadi.
Ma'lumki, jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida uch asosiy yo‘nalish mavjud edi. Birinchisi - yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, ikkinchisi - umidli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish va nihoyat, uchinchisi - turli ma'rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish edi. Mazkur harakat maqsadalariga ko‘ra, Vatan, millat va davr oldida turgan ulkan ijtimoiy–siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy muammolarni Turkiston xalqlarini ma'rifatli qilish, ular hayotini qaytadan madaniylashtirish va zamonaviylashtirish yo‘li bilangina hal etish mumkin edi. Bunday miqyosli va tarixiy vazifani tor doiralarga mansub yoki muayyan tabaqaviy qarashlarga asoslangan oqim hal qilolmasdi.
Jadidchilik oqimining asoschisi, mashhur qrim-tatar allomasi Ismoilbek Gaspralining g‘oyalari amalga oshishi natijasida X1X asrning oxirlarida Turkiston hayotida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar bo‘ldi, hatto jahon tajribasida ko‘rilmagan shiddatli ijtimoiy-ma'rifiy to‘lqinni vujudga keltirdi, jadid allomalari Turkistonda milliy-mintaqaviy uyg‘onish jarayonini boshlab berdilar, ular yaratgan ilmiy-pedagogik, falsafiy- axloqiy, badiiy-publistik asarlar, yangicha maktablar, yangi teatr, yangi adabiy-badiiy janrlar mintaqaviy va umumjahon miqyosida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ushbu oqim o‘zida yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblarini jamlagan bo‘lib, ular yurtni obod va Vatanni mustaqil ko‘rishni orzu qildilar va shu yo‘lda fidoyilarcha kurashdilar. Ular turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish,gazeta va jurnallarda chop qilish, xalqning ijtimoiy- siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurishni maqsad qili qo‘ydilar. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
Jadid mualliflar maqsadlariga yetishda yangi jadid maktablarini ochish, xalqni savodli qilish, zamon bilan hamnafaslikni olib kirish maqsadida turli xil darsliklar yaratdilar. Mana shunday darsliklari orasida islom tarixi, islom odablariga bag‘ishlangan kichik darslik va qo‘llanmalar ham mavjud edi. Bunday an'anani jadidlarning o‘zlari yaratgan emas va ular mintaqada o‘qitilib kelingan islom tarixiga oid darsliklarni qisqartirish, muxtasar holatga keltirish yo‘lini tutdilar. Masalan, birgina Nosiruddin Burhoniddin Rabg‘uziyning "Qissasi Rabg‘uziy" asari (m. 1310) necha asrlar davomida "Qisas ul-anbiyo" nomi bilan ma'lumu mashhur bo‘lib, qanchadan qancha ota-bobolarimizni Otamiz Odam alayhis-salomdan Muhammad alayhissalomgacha o‘tgan payg‘ambarlar tarixi va zuhuri dini islom bilan tanishtirishga, shu yo‘l orqali ularning e'tiqodlarini shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qildi.
Shu ma'noda islom tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan jadid darsliklarining tillari va uslubiyotida ham ayrim tafovutlar kuzatiladi. Abdurauf Fitratning “Muxtasar Islom tarixi” darsligi yuqorida ta'kidlangani kabi tili, metodikasi hozirgi davr darsliklariga ancha yaqin ifodalangan bo‘lsa, Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom” darsligi o‘zining diniy istilohlarining saqlanib qolgani, eski til qoidalarining mavjudligiga ko‘ra boshqacha uslubga ega hisoblanadi.
Jadid ma'rifatparvarlrining asarlari bir birlarinikidan bir oz bo‘lsada farq qilishi tabiiy hol edi. Chunki ularning o‘rtasida ham mintaqadagi an'analarni mustahkam tutgan, xorijiy tajribalarni qo‘llab quvvatlagan vakillar mavjud edi. Masalan, Avloniy Fitratdan farqli ravishda bu borada jo‘g‘rofik ma'lumotlardan ko‘ra, arablarning etno-milliy ahvoli, etnomadaniy tarixiga e'tibor qaratadi.
Bitiruv malakaviy ish davomida ularning darsliklari muqoyasa qilindi va ularda ayrim tafovutlar mavjudligi ko‘rsatib berildi.
Mana shu o‘rinda ham ikki qo‘llanmada Payg‘ambar alayhissalomning tug‘ilgan sanalarida ikki xil yondashuv mavjud. Fitrat 570 milodiy sanani ko‘rsatsa, Avloniy 571 sanani ko‘rsatadi. Fitrat bu o‘rinda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tug‘ilgan yillarini aniq ko‘rsatgan, zero Al-Xorazmiy va Beruniy payg‘ambarimiz tug‘ilmaslaridan 50 kun oldin bo‘lgan Fil voqyeasini chog‘ishtirib, 570 yil deb ko‘rsatgan.
Keyingi voqyealar bayonida Fitrat va Avloniy ham bir-biriga yaqin ifoda yo‘lini tutganlar. Fitrat masjid qurilishi va qiblaning tayin bo‘lishi, musulmonlarning jihodga buyurilishini alohida mavzu qilib keltirgan bo‘lsa, Avlaoniy hijratdan keyingi Madina ahlining shodligi sarlavhasi ostida shu davrdagi hodisalarni tilga oladi. Bu borada Fitratning asosiy mavzu sifatida ilk masjid, qiblaning o‘zgarishi, jihodga buyurish kabi mavzularni keltirishi diqqatga sazovor hisoblanadi. Chunki bu voqyealarning har biri islom tarixidagi muhim hodisalardan sanaladi.
Fitrat “Jihodga buyurish” mavzusida ayrim tarixchilardan farqli ravishda buyruq-oyatni, hadislarni keltirib o‘tirmay, balki mavzuni aniqlashtirishga doir ayrim istilohlarning ta'rifini keltirib o‘tadi. Ayni shu jihat Fitratning uslubiy jihatdan ayrim jadid pedagoglaridan ustun turishini ko‘rsatadi. “Payg‘ambarimiz ishtirok etgan har bir jangni g‘azot, deb ataganlar va o‘zlari ishtirok etmay, lashkar yuborgan janglarni sariyya deganlar. Musulmonlar qariyb yigirmata g‘azot va sariyya uyushtirganlar. Ulardan mashhurlari: Badr, Uhud, Xandaq, Haybar, Makkaning fath
etilishi, xorijiylarning paydo bo‘lishi borasida ham tafovutli bayonga duch kelamiz. Hazrati Alining hiylaga uchrab, xafa bo‘lganidan so‘ng bir guruh kishilar uni yana jangga da'vat qilganlar. Ammo Hazrati Ali bunga rozi bo‘lmagach, ular bunga norozilik bildirib, xalifaga dushman bo‘lib qolganlar. “Ular bu voqyeadan darg‘azab bo‘ldilar va bora-bora hazrati Aliga dushmanroq bo‘lib qoldilar. Bu jamoani xorijiylar, ya'ni havorij, deb ataganlar
Xullas, hali uyushmagan jadidlar zamonaviy taraqqiyot talablariga javob bermaydigan xalq ta'limi tizimini isloh qilish, islom ta'limotini aqidaparastlikdan mosuvo etishdan iborat oddiy ma'rifiy va madaniy ishlarni maqsad qilib qo‘yadilar. Chunki ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalarda mutaassiblik, johillik, xurofotning hukmronligi, o‘quv uslubining o‘ta ibtidoiy va qoloqligi, aniq maqsadlar aks etgan dasturlarning yo‘qligi maktab va madrasalarda asosan diniy ta'limga e'tibor berilmayotganligiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, o‘quv muassasalarining rasman ruhoniylar ixtiyorida bo‘lganligi va ularning ko‘pchiligi o‘ta mutaassibligi ta'lim tizimini isloh qilishga, islom ta'limotining o‘zini qotib qolgan aqidaparaslikdan xalos qilishga imkon bermas edi.



Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə