Mavzu menejmentning nazariy asoslari (6 soat) reja: Boshqaruv va menejment


Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə14/15
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#158573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu1

Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari . Ijtimoiy-ruhiy usullarning asosiy maqsadi. Boshqarish sotsiologiyasi, boshqarish texnologiyasi, sotsiologik tadqiqo
Sotsial-ruxiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muxitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruxiyatini xisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talabini qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda sotsial-ruxiy metodlar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik iqlimni”, xar bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir.
£z mohiyatiga ko‘ra boshqarish metodlarining bu guruxi jamoaning shakllanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini xisobga olgan xolda ta’sir qiluvchi vositalarning majmudir.
Sotsial-ruxiy metodlar “Boshqarish sotsialogiya”si va “Boshqarish psixologiyasi”ga asoslanadi.
Boshqarish sotsialogiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o‘zaro aloqasi, jamoaning sotsial rivojlanishni rejalashtirish, mexnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muxim muammolarni ko‘rib chiqadi.
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlari va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan xodisalarni o‘rganadi. U kadrlar tanlashda, ularni joy-joyiga qo‘yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taksimlashda, xodimlarni rag‘batlantirishda, intizomni mustaxkamlashda va xokazolrda qo‘llanadi.
Psixologiya insonning ruxiyatini o‘rganuvchi fandir. Inson ruxiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, tassarruf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsning ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, xarakter va mijoz kiradi.
Sotsial psixologiya-bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning o‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruxlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining soxasidir.
Boshqarishning sotsial-ruxiy usullari quyidagi muammolarni echishga qaratilgan:
1. Kishilarning sotsial-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, xarkatlari va xokazolarni xisobga olgan xolda mexnat jamoalarini tashkil topshirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida birgalikda ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
2. Sotsial yurish-turish normalarini o‘rnatish va rivojlantirish. Shu jumladan yaxshi va namunali an’analarni qo‘llab-quvvatlash va sotsialistik urf-odatlarni joriy etish jamoa ongining o‘sishiga yordam beradi.
3. Sotsial rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag‘batlantirish, umumiy ta’lim darjasini oshirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy o‘sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mexnatga ijodiy munosabat va x.k.
4. Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy extiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bog‘chalari, klublar, profilaktoriyalar, sport inshootlari va xokazolarni qurish.
5. Mexnat jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga munosabatsizlikdan iborat sog‘lom sotsial- psixologik muxitni vujudga keltirish va uni qo‘llab quvvatlash;
6. Odamlarning o‘z mexnatidan, tanlangan o‘z mutaxasisligi va kasbidan mamnun bo‘lishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorlgi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish.
Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq, samarali bo‘lishini talab qiladi.
Sotsial tadqiqot usullarini o‘tkazish zaruriyati shundan iboratki, amaliy boshqarishda sotsial-ruxiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektining xolati to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish lozim.
Sotsial tadqaqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi:
*jamoa a’zolarining mexnatga va raxbarlarga munosabati;
* boshqarish metodlarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati;
*jamoaning extiyojlari va qiziqishlari;
*xodimlar shaxsiyati;
*xodimlar qo‘nimsizligi sabablari;
*xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;
*jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi;
*extiyojlarning qodirilish darajsi va xokazo to‘g‘risidagi axbrotlar. Bu axborotlar jamoalarda ishlab chiqirish samaradorligini oshirishga va xilma-xil extiyojlarini qodirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muxim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Sotsiaologik tadqiqotlar olib borishga korxonaning o‘z sotsiologik xizmatlari, shuningdek xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy munosabatlar va o‘quv yurtlarining xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Sotsialogik tadqiqotlar bir necha usullarda uyushtiriladi. Bunda sotsiologik axborotlarni maxsus tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin. Bulardan eng muximlari quyidagilardir (4.4-jadval).

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə