Mavzu: “Minglik” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi Mundarija kirish



Yüklə 55,62 Kb.
səhifə2/6
tarix27.06.2023
ölçüsü55,62 Kb.
#119014
1   2   3   4   5   6
“Minglik” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Kurs ishi maqsadi: Boshlang’ich sinflarda 1000 ichida ko’paytirish va bo’lishni pedagogik texnologiyalar asosida ôqitish metodlarini ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Boshlang’ich sinf ôquvchilariga 1000 ichida ko’paytirish va bo’lish mavzularini tushuntirishda interfaol usullardan foydalanish.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


I.BOB. MINGLIK ARIFMETIK AMALLARNI O`RGATISHNING PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARI
1.1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga minglik mavzusini tushuntirishda nomerlashni o‘rgatish metodikasi.
Sonlarni 1000 ichida nomerlash va bu sonlar ustida arifmetik amallar bajarish quyidagi sabablarga ko‘ra alohida ajratiladi.
Birinchidan, bu yerda sinf tushunchasi shakllantira boshlanadi (birlar, o‘nlar, yuzlar I sinfni—birlar sinfi tashkil etadi). Keyingi sinflar (IV sinf — minglar sinfi, VII sinf — millionlar sinfi va hokazo) birinchiga o‘xshash tuziladi, faqat ularda o‘nliklar va yuzliklarga boshqa birliklar guruhlanadi. Ko‘p xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish haqiqiy asos bo‘lishi uchun bolalar uch xonali sonlarni og‘zaki va yozma nomerlashni mustahkam va ongli ravishda o‘zlashtirib olishlari kerak.
Ikkinchidan, «Ming» bo‘limida hisoblashlarning og‘zaki usullarini o‘rganish asosan tugallanadi. Avvalgi o‘qitish bosqichlari kabi hisoblash usullari arifmetik amallar nazariyasiga tayangan holda ochib beriladi. Nazariy bilimlar o‘quvchilarga faqat hozir uch xonali sonlar uchun qo‘llaniladigan, avval o‘rganilgan hisoblash usullarini izohlabgina qolmay, balki yangi hisoblash usullarini «ochishga» imkon beradi. Shunday qilib, 1000 ichida arifmetik amallarni o‘rganish og‘zaki hisoblash ko‘nikmalarini egallash uchun, shuningdek, arifmetik amallar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish uchun zarurdir.Uchinchidan, mazkur bo‘limda hisoblashlarning yozma usullari ustida ish boshlanadi. O‘quvchilar qo‘shish va ayirishning yozma usullari bilan tanishtiriladi, chunki sonlarning bu sohasida muhim hollarni qarab chiqish va bu amallarning yozma algoritmlarini to‘liq ochish mumkin, shuningdek, yozma usullarning og‘zaki usullardan qo‘shish va ayirishning murakkab hollariga nisbatan qo‘llanilgandagi afzalligini ko‘rsatish mumkin. Tajribaning ko‘rsatishicha, ko‘paytirish va bo‘lishning yozma usullari bilan tanishishni «Ko‘p xonali sonlar» bo‘limini o‘rganguncha qoldirgan yaxshi. 1000 ichida yozma usullarni qo‘llanishning maqsadga muvofiqligini va ularning og‘zaki usullardan afzalliklarini har doim ham ko‘rsatishning iloji bo‘lmaydi. Hisoblashlarning yozma usullarini o‘rganishning bir joyga to‘planganligi (yozma ko‘paytirish va bo‘lish — «Ming» bo‘limida, yozma ko‘paytirish va bo‘lish — «Ko‘p xonali sonlar bo‘limida") yozma hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganishga tayyorgarlik ishini «Ming» bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning hosil bo‘lish prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanadi, shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og‘zaki mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1—2 tadan topshiriq kiritish lozim:

  1. Xona birliklarini taqqoslash: O'nlikda nechta bir bor? Yuzlikda nechta o‘n bor? O‘n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o‘ndan necha marta katta?

  2. Ikki xonali sonlarning o‘nlik tarkibi: 4 o‘nlik va 6 birlik; 8 o‘nlik va 5 birlikdan iborat son ayting.

  3. 1 dan 100 gacha boʻlgan sonlarning natural ketma-ketligi: 10 (20, 30 va hokazo) sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, 5 tadan, 7 tadan, 10 tadan) orttirib boring va sonlar qatorini davom ettiring.

Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni aytish bo‘yicha quyidagicha mashqlarni ham bajarish mumkin:

    1. Sanashni davom ettiring: 96, 97, …,…,…,.,.; 70, 80, 90, …,,..,…,.:..

    2. 34 dan keyin qanday son keladi? 134 sonidan keyin-chi? 234 dan keyin- chi? 46 sonidan oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldin-chi? 346 sonidan oldin-chi? 52 sonining qo‘shnilarini ayting; 452 sonining qo‘shnilarini ayting.

Sanab o‘tilgan mashqlar yuzdan katta sonlar mavjudligini, bunday sonlar ko‘pligini, ularning hosil bo‘lishi va atalishi bolalarga tanish bo‘lgan sonlarga o‘xshash ekanini o‘quvchilar tushunib olishlariga yordam beradi.
To‘rt xonali sonlarni nomerlashni o‘rganish uch xonali sonlarni nomerlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga tayanib olib borilishi kerak. Masalan, birinchi darsda yangi sanoq birligi — ming bilan tanishtirishda ishni quyidagilarni takrorlashdan boshlash kerak: 10 birlik =1 o‘nlik, 1 o‘nlik — yangi sanoq birligi, o‘nlarni xuddi birlar kabi sanash mumkin, yuzlarni xuddi birlar, o‘nlardek sanash mumkin. Bularning hammasini cho‘tda namoyish qilish foydali, bunda 1 tadan, 10 tadan, 100 tadan qo‘shib va ayirib sanash va har gal tegishli sanoq birliklari hisob cho‘tining qaysi simiga qo‘yilishini aniqlash lozim. Bundan, 10 ta yuz mingni tashkil etishga, ming — yangi sanoq birligi bo‘lib, u ham birlar kabi sanalishini aytish kerak.
Bolalar bularni yaxshi tushunib olishlari uchun dastlab bu holatni yaqqol namoyish qilishdan foydalanish kerak.
Faraz qilaylik: birinchi katta bog‘lam yuz — o‘nta kichkina bog‘lamlardan

  • O‘nliklardan hosil bo‘lsin. Bog‘langan o‘ntaliklardan iborat dastlabki «yuzta» cho‘pni o‘qituvchi bolalar oldida bitta bog‘lamga birlashtiradi, keyingi bog‘lamlar yuzliklar oldindan tayyorlab qo‘yilishi mumkin. O‘qituvchi yuztalab sanab, bitta yuztalik, ikkita yuztalik va hokazolar qanday atalishiga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi. Bu nomlarni o‘qituvchidan keyin takrorlab, bolalar o‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra ular uchun yangi bo‘lgan bu son turkumlari qanday hosil bo‘lishini kuzatishadi. Bolalarni birliklar, o‘nliklar, yuzliklar bilan sanash asosida keltiriladigan asosiy xulosa sanoqdagi har bir 10 birlik yangi, yanada yirikroq sanoq birligini tashkil etishiga keltirishdir.

Cho‘plardan tashqari, bolalar yuz ichida nomerlarni o‘rganishda va amallar bajarishda qo‘llana boshlagan qo‘llanmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu N. S. Popova taklif etgan «Kvadratlar va tasmalar» qo‘llanmasidir. U qalin qog‘ozdan tayyorlanadi: birlar kvadratlar bilan (o‘lchamlari 1 sm*1sm) belgilanadi, o‘nlar — har birida 10 ta shunday kvadratchalar bo‘lgan tasma bilan, yuzlar esa har birida o‘ntadan tasma bo‘lgan katta kvadratlar, bilan belgilanadi.
Bundan bir necha marta katta o‘lchamli shunday qo‘llanmadan sinfda namoyish qilinadigan qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
Predmetlarni sanashga bag’ishlangan darslarda bolalarni predmetlarni bittalab sanashgagina emas, balki ikkitalab, beshtalab sanashga o’rgatish mumkin.
2. Ikkita to’plamni ularni hosil qilgan elementlarning soni bo’yicha taqqoslash va tenglashtirish. Mashqlar bajarish asnosida katta (ortiq, ko’p), kichik, (kam), teng (shuncha) munosabatlarning ma’nosini ochib berish kerak.
3. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari. Tartib munosabatlari (...oldida kelish) bilan bolalar maktabgacha bo’lgan tajribalarida juda ko’p uchrashishgan. Maktabda esa bolalarning tartib munosabatlariga oid bilimlarini to’ldirish va sistemaga olish uchun har xil didaktik materiallardan foydalanish mumkin. Masalan: katakli taxtachaning bir qatoriga har xil rangdagi doirachalar qo’yib, bunday savollarni beramiz: qizil doiracha sanoq bo’yicha nechanchi? Yashil doiracha sanoq bo’yicha nechanchi? Uchinchi doiracha qanday rangda? va hokazo.
4. Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga tayyorlash. Masalan: Nargizaga onasi 4 ta katakli, 5 ta yo’lli daftar berdi. Nargizaga onasi nechta daftar berdi? Bolalarni qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga tayyorlash maqsadida berilgan ikki to’plamni birlashtirishga doir va to’plam qismini ajratishga doir mashqlar bajariladi. 5. Raqamlarni yozishga tayyorlash. Hoshiyalar rasmini chizish bilan bog’liq bo’lgan mashqlar raqamlarni yozishga tayyorlash imkonini beradi. Bunday mashqlar 1- sinf darsligining dastlabki har qaysi sahifasida berilgan. Bu mashqlarni bajarish bilan o’quvchilar ruchkani to’g’ri tutishni, satrni ko’rishni, sahifaga yozuvni joylashtirishni o’rganadilar. Dasturda 1- sinf uchun matematikada birinchi mavzu birinchi o’nlik sonlarini nomerlashdan iborat. Bu mavzu ustida ishlashda o’qituvchining vazifasi bolalarda sanoq malakasini hosil qilish, ularda birinchi o’nta son haqida tasavvur shakllantirish son bilan, uning nomi raqamlar yordamida bosma va yozma belgilanishi orasida moslik o’rnatish malakasini tarkib toptirishdan iborat, o’quvchilarni sonlarning natural qatorining ba’zi xossalari bilan, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat. Birinchi o’nlikning har bir soni bilan tanishishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin?
Birinchi o’nlikning har bir soni o’zidan oldingi songa birni qo’shish bilan va o’zidan keyingi sondan birni ayirish bilan hosil qilinishi kerak. Bu o’quvchilarga sonlarning qatordagi ketma-ketligini o’sib berish tarkibida ham, kamayib berish tarkibida ham o’zlashtirish imkonini beradi. Birinchi o’nlik sonlari ikki qo’shiluvchidan tashkil topish ham, alohida birliklardan tashkil topish ham mumkin.
2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi?
Bolalar oldin bosma raqamlar bilan tanishadilar, ular predmetlarning tegishli to’plamlari yoniga o’rnatib qo’yiladi.
3. Berilgan son sonlarning natural qatorida qanday o’rinni egallaydi?
Bunda bolalarga quyidagi savollarga javob topa olishga o’rgatiladi. Berilgan son sonlar qatorida qaysi sondan keyin uchraydi, qaysi sondan oldin keladi, sonlar qatorida berilgan sonning o’rni egallaydi.
Natural qatorning birinchi sonlari bilan tanishtirishda o’quvchilar oldin tevrakatrofdagi narsalar va ularning tasvirlari bilan ish ko’radilar. Katta sonlar 6, 7, 8, 9, 10 sonlar bilan tanishtirishda predmet ko’rsatmalilikdan foydalanish o’rgatiladi yoki sonli zinapoyachadan foydalanish mumkin.Birinchi o’nlik sonlarini o’rganishda esa shu sonlarning tarkiblarini qarashga oid ishlar o’rgatiladi. Bunda 2–5 sonlariga nisbatan bu sonlarning ikki qo’shiluvchidan iborat tarkibini eslab qolishga qoid ishlar qilinadi. 6–10 sonlariga nisbatan ishlar esa “10 ichida qo’shish va ayirish” mavzusini o’rganishda davom ettiriladi. Sonlar tarkiblarining har xil hollarini ko’rsatish uchun didaktik materialdan, rasmlardan, har xil jadvallardan, kvadratlardan foydalanish mumkin. Sonlar tarkibini mustahkamlash va takrorlashda “O’ylab top!”, “Estofeta”, “Arifmetik labirint” kabi o’yinlardan foydalaniladi. Masalan: “O’ylab top!” o’yinini o’tkazishda bolalarga 8 sonini qanday ikki qo’shiluvchidan hosil qilish mumkinligini topish taklif qilinadi. Eng ko’p holni topgan o’quvchi yutib chiqadi. 1–10 sonlari bilan tanishilganidan keyin bolalar 0 raqami bilan tanishadilar. Buni quyidagicha o’rgatish mumkin. Partaga uchta sanoq cho’pini qo’ying. 1 tasini oling. Nechta qoldi? (2). Yana bittasini (doirachani) oling. Nechta qoldi? Yana bittasini olinsa, nechta qoladi? (Bitta ham qolmadi). Oxirgi misolni yozing. 1-1=0 soni chiqadi. 0 soni bitta ham predmet qolmaganini ko’rsatadi. Shundan keyin 0 soni 1 soni bilan taqqoslanadi va tabiiyki 0 kichik boʻlib chiqadi.
Yuz ichida sonlarni nomerlashni o’rganishda o’quvchilar yangi sanoq birligi o’nlik va o’nlik sanoq sistemasining muhim tushunchasi – xona tushunchasi bilan tanishadilar. Ikki xonali sonlarning hosil bo’lish prinsiplarini nomi va yozuvini, sonlarni og’zaki va yozma nomerlash o’zlashtirishning asosidir.Yuz ichidagi sonlarni nomerlashni o’rganishda o’qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab gruppalab sanashga o’rgatish, yuz ichidagi sonlarni o’qish va yozishga o’rgatish, bolalarga o’ngdan chapga hisoblaganda birliklar (I xona birliklari) o’nliklar (II xona birliklari) qaysi o’ringa yozilishini aniqlash, u yoki bu xona birliklari 7 yo’qligini qanday belgilashni ko’rsatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo’shiluvchilarning yig’indisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar va terminlarni o’quvchilar o’zlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Nomerlashni o’rganishda ikki bosqich ajratiladi: 11–20 sonlarni va 21–100 gacha bo’lgan sonlarni nomerlash.20 gacha bo’lgan (11–20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21–100) katta bo’lgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga o’xshash: bu sonlarni og’zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o’ntalab gruppalashga va sonlarni yozishda raqamlarning o’rin qiymatlari prinsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi o’nlik sonlarining o’nli tarkibini o’zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi yuz ichida sonlarni o’zlashtirishga tayyorgarlik bosqichi bo’lib xizmat qiladi. Nomerlashni o’rganishda ikkinchi o’nlikni ajratish sonlarning o’nli tarkibini va raqamlarning o’rin qiymati prinsipini yaxshi o’zlashtirishga imkon beradi. 20 ichida so’ngra 100 ichida sonlar bilan tanishtirish, ushbu reja asosida amalga oshiriladi: a) tayyorgarlik; b) og’zaki nomerlash; d) yozma nomerlash. Ikkinchi o’nlik sonlarini o’rganishga oid ishlar, ya’ni tayyorgarlik ishi “O’nlik” mavzusini takrorlashda o’tkaziladi. Bunda bolalarga birinchi o’nlik ya’ni 1–10 gacha sonlarning o’zini bilish yetarli emasligini, 10 dan katta sonlarni sanay olish ham zarur ekanligini ko’rsatiladi. Bunda predmetlarni o’nlikdan o’tib sanashga oid mashqlar kiritiladi. Masalan: Sinfning birinchi qatorida nechta o’quvchi bor. II qatorda-chi? Sinfdagi o’quvchilarning hammasi qancha? SHuningdek, narsalar gruppasini sanash bo’yicha mashqlar kiritiladi. Xuddi shunday yo’l bilan cho’p donalarini juftlab, uchtalab, beshtalab sanash, kartonga taqilgan tugmalarni ham juftlab, beshtalab, o’ntalab sanash mumkin. Misol tariqasida ikkinchi o’nlik sonlarining nomini aytishga oid mashqlardan foydalanish ham mumkin. Sanoqda 4 sonidan keyin qaysi son aytiladi? 40 sonidan keyinchi? 7 sonidan oldin qaysi son aytiladi? 17 sonidan oldin-chi? 20 ga 1ni qo’shsak qanday son hosil bo’ladi? Bunday mashqlar o’quvchilarni birinchi o’nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ular ko’pligiga, ularni belgilash, bolalarga tanish bo’lgan sonlar orasida ma’lum o’xshashlik borligiga ishontiradi.Ikkinchi o’nlik sonlarini og’zaki nomerlashni o’rganish bolalarda o’n haqida tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho’plarni 10 tadan qilib bog’lab o’nta bir o’nni hosil qilishni ko’radilar. So’ngra o’ntalik cho’plarni sanash mashqlarini cho’plardan foydalanib, o’nlarni qo’shish va ayirishni bajarib bolalar o’nlarni ham birlar kabi qo’shish va ayirish mumkin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. So’ngra 11 dan 20 gacha sonlarning o’nlar va birlardan hosil bo’lishi, ularning nomi o’rgatiladi. O’qituvchi: Sanoqda 9 sonidan keyin keladigan sonni qanday hosil qilish mumkin? O’quvchi: 9 ga 1 ni qo’shish kerak. O’qituvchi: 9 ta cho’pga 1 ta cho’pni qo’shib qo’ying, cho’plar nechta bo’ldi? O’quvchi: 10 ta cho’p yoki bitta o’ntalik hosil bo’ldi. O’qituvchi: Sanoqda 10 sonidan keyin keladigan sonni qanday hosil qilish mumkin? O’quvchi: 10 ga 1 ni qo’shish kerak. O’qituvchi: bitta o’ntalikni bog’lab, yana bitta cho’pni qo’ying. Cho’plar hammasi bo’lib nechta bo’ldi? O’quvchi: 11 ta cho’p. O’qituvchi: Sizda hammasi bo’lib nechta o’ntalik va nechta alohida cho’p bo’ldi? O’quvchi: 1 ta o’ntalik va yana 1 ta cho’p. O’qituvchi: Demak, 11 sonida nechta o’ntalik va nechta birlik bor ekan? O’quvchi: 11 sonida 1 ta o’nlik va 1 ta birlik bor.9 +1=10 10+1=11 11=1ta o’nlik 1ta birlik bor. 10=1ta o’nlik 1ta o’nlik +1ta birlik=11 1 ta o’nlik 1ta birlik =11. Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shunga o’xshash olib boriladi, ya’ni ikkinchi o’nlikdagi boshqa sonlarning hosil bo’lishi va shu bilan birga sanoqda ularning kelish tartibi qaraladi. Ko’rsatmali qo’llanma sifatida cho’plardan tashqari har birida 10 tadan doirachalar bo’lgan poloskalardan foydalaniladi. Shu ko’rsatma qo’llanmalarga tayanilgan holda va ularga tayanmagan holda sonlarning o’nli tarkibi haqida olingan bilimni mustahkamlashga oid mashqlar kiritiladi: 1. 15 ta cho’p sanab qo’ying, bu nechta o’ntalik va nechta alohida cho’p bo’lishini aniqlang. 2. 1 ta o’ntalik cho’p va 4 ta cho’pni ajrating, hammasi bo’lib nechta cho’p olindi? 3. 18 sonida nechta o’nlik va birlik bor? 4. Qanday son 1 ta o’nlik va 9 birlikdan iborat. 5. 12 ta cho’p qo’ying, uning yoniga bittalab (20-25) cho’p qo’yib boring va nechta cho’p hosil bo’lishini ayting. 6. 17 ta cho’p qo’ying, ulardan bitta-bitta ajratib boring. (7-8 gacha) va nechta cho’p qolganini ayting? 7. 20 dan boshlab 10 hosil bo’lguncha bittalab ayirib sanang. YOzma nomerlash 10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni o’nli gruppalashga va raqamlarning o’rin qiymatlari prinsipini qo’llashga asoslangan: o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o’ringa, o’nliklar ikkinchi o’ringa yoziladi. Ikki xonali sonlarni yozishning o’rinli prinsipini ochib berish uchun abakdan foydalaniladi, u bir qatori cho’plar uchun, ikkinchi qatori qirqma raqamlar uchun ajratilgan ikki qator cho’ntaklari bo’lgan jadvaldir. O’qituvchi: Yuqoridagi cho’ntaklarga 5, 6, 8, 11, 10, 15 bo’lganda qanday solishini ko’rsatadi, so’ngra o’quvchilarga 17 ta cho’pni cho’ntaklarga qo’yib chiqishni aytadi. O’qituvchi: Bu yerda hammasi bo’lib nechta cho’p bor? O’quvchi: O’n yettita. O’qituvchi: Nechta o’nlik? O’quvchi: Bitta. O’qituvchi: Buni raqam bilan belgilaylik (pastki chap cho’ntakka 1 raqamini qo’yadi) 17 sonida nechta birlik bor? Buni raqam bilan belgilaylik. (pastki o’n cho’ntakka 7 raqamini qo’yadi) 17 soni yoziladi. O’ng tomondan birinchi yozilgan 7 raqami nimani bildiradi? O’quvchi: yettita birlikni. O’qituvchi: Ikkinchi o’rinda turgan 1 raqami nimani bildiradi? O’quvchi: Bitta o’nlikni. Xuddi shunga o’xshash bir necha son ko’riladi, so’ngra bolalar o’z daftarlariga sonlarni “o’nliklar” va “birliklar” yozuvli jadvallarga yozadilar va har qaysi raqamning qiymatini tushuntiradilar. 20, 10 sonlarini yozilishi alohida o’rgatiladi. (1, 2) raqami sonda 1 ta, 2 ta o’nlik birligini, 0 raqami sonda birlik yo’qligini bildiradi. Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo’llanmadan ya’ni jadvaldan foydalaniladi, bunda og’zaki nomerlash ham takrorlanadi. Masalan: 17 sonini belgilang. Bu sonda nechta o’nlik va nechta birlik bor? 18 sonidan keyin keladigan 13 sonidan oldin keladigan sonni belgilang. 15 dan 1 ta ortiq sonni yozishni 12+1, 18-1 misollarni echish va javobini yozishni natijani topishni tushuntirish o’rgatiladi. 12+1 ni tushuntirishda quyidagicha fikr yuritiladi. 12 ga 1 ni qo’shsak, 13 hosil bo’ldi, chunki songa 1 ni qo’shsak, sanoqda undan keyin keladigan son hosil bo’ladi. O’quvchilar sonlarni taqqoslar ekan, ular birliklardan tashkil topgan sonlarni yozish uchun bitta raqam (bitta belgi) o’nliklardan yoki o’nlik va birlikdan iborat sonni yozish uchun esa ikkita raqam (ikkita belgi) kerak bo’lishini ko’radilar. Bir xonali va ikki xonali son terminlari kiritiladi. Bir xonali va ikki xonali sonlarni farqlashga doir mashqlar bajariladi.
1. Ushbu sonlar qatoridan oldin bir xonali, keyin ikki xonali sonlarni yozib oling. 2, 13, 8, 17, 15, 6, 11, 10
2. 4 ta ixtiyoriy bir xonali sonni yozing va har bir sonni 10 ta orttiring, qanday sonlar hosil bo’ladi? Ularni qanday atash mumkin?
3. 1 va 2 raqamlar yordamida oldin bir xonali sonlarni keyin ikki xonali sonlarni yozing.
4. Faqat 2 raqamining o’zidangina foydalanib va ikki xonali sonni yozing.
Yuz ichida sonlarni nomlashni o’rganish 20 ichida o’rganilgandek reja asosida olib boriladi, dastlab og’zaki, so’ngra yozma nomerlash o’rgatiladi va 20 ichida sonlarni nomerlashni o’rganilgan tartibda boradi: 1. O’nliklar sanog’i, 10, 20, 30, 40, 50 ... sonlarni hosil bo’lishi va atalishi. 2. Sonlarning o’nliklardan va birliklardan hosil bo’lishi. Ikki xonali sonlarning o’nli tarkibi, 100 ichida sonlarning natural ketma ketligi. 3. Ikki xonali sonlarni yozma nomerlash, yozish va o’qish, birinchi va ikkinchi xona birliklari. 4. Sonlarni nomerlashni bilishga asoslanilgan qo’shish va ayirish usullari. 5. Ikki xonali sonni xona sonlarining yig’indisi bilan almashtirish. Demak, yuz ichidagi sonlarni nomerlash metodikasi 20 ichidagi sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi bilan o’xshash ekan. Bunda xona va xona sonlarini tarkib toptirish yangilikdir. Birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari sonlarning o’nli tarkibini tahlil qilish amaliy ravishda kiritiladi. Masalan: 56 sonida 5 o’nlik va 6 birlik bor. Buni boshqacha aytish mumkin: 56 soni I xonaning 6 birligidan va II xonaning 5 birligidan tashkil topgan. Xona soni tushunchasini egallash uchun 1, 2, 3 ... 9, 10, 20, 30 .. 90 kabi sonlar yozilgan kartochkalardan foydalaniladi. Bu kartochkalar yordamida istalgan ikki xonali sonni belgilab oladilar. Masalan, 6 soni va 20 soni yozilgan kartochkalardan 26 sonini hosil qilinadi. Teskari topshiriq ham berish mumkin: 18 va 81, 43 va 34 qaysi xona sonlarida tashkil topgan? Kartochkalar bilan bajariladigan bu amaliy ishlar har qanday sonni xona sonlarining qo’shiluvchilarning yig’indisi shaklida tasvirlashda yordam beradi. 97=90+7, 80+5=85. O’quvchilarning nomerlashga doir bilimlari keyinchalik 100 ichida qo’shish va ayirishni o’rganish vaqtida mustahkamlanadi. Yuz ichida sonlarni nomerlashni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni egallab olishlari kerak: 1. 100 ichida sonlarni nomlarini o’zlashtirish ular o’nliklar va birliklardan qanday hosil bo’lishini tushunish. 2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. Sonlarning natural ketma-ketligidagi o’rinlarini bilganlikka, shuningdek sonlarning o’nli tarkiblarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslay olish. 3. Yuz ichida sonlarni yozish va o’qiy olish, o’ngdan chapga sanalganda birliklar qaysi o’ringa va o’nliklar qaysi o’ringa yozilishini o’zlashtirish. 4. Natural ketma-ketlikni bilganlik asosida sonlarni qo’shish va ayirishni bilish, sonlarning o’nli tarkiblari asosida sonlarni qo’shish va ayirishni bilish, sonlarning xona qo’shiluvchilarining yig’indisi bilan namunaga qarab hozirgi xona qo’shiluvchilarining yig’indisi terminidan foydalanmay turib almashtirish malakasini egallab olish.

Yüklə 55,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə