Мавзу: Moliyaviy va Investitsion tahlil Илмий раҳбар: Юсупов а бажарди: Эсонов С. А. Тошкент – 2023 Moliyaviy va Investitsion tahlil. Reja



Yüklə 54,04 Kb.
səhifə4/5
tarix04.03.2023
ölçüsü54,04 Kb.
#101919
1   2   3   4   5
Moliyaviy tahlil” fanidan mustaqil ishi

Investitsion tahlil.

Investitsion tahlil – bu investorlarning samarali qaror qabul qilishi uchun investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, asoslash va baholash uchun bajariladigan metodik va amaliy uslublar, usullar majmuidir.


Investitsiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy konsepsiyalar (maqsadlar, tushuncha).
Investitsiyalarni tahlil qilish, ularning samaradorligi. darajasini aniqlash bir qancha iqtisodiy konsepsiyalarga tayanib amalga oshiriladi.
Har qanday firma investitsiya qilar ekan, avvalo, o‘z boy-liklarini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsad firmaning foydani ko‘paytirish kabi ko‘pincha asosiy deb qaraladigan boshqa bir maqsadidan ancha kengroqdir. CHunki firmaning aso-siy maqsadi foydani ko‘paytirishdan iborat deyilganda foyda va rentabellilik darajasini darhol ko‘paytirishni emas, balki bozordagi o‘z sektorini kengaytirish yoki nomoddiy aktivlarini oshirishga qaratilgan tijorat strategiyalarini tushunish qiyin bo‘lar edi. Demak, firma boyligini oshirish investitsiyalashga undovchi anchagina universal bo‘lgan sababdir.
Firma boyligi o‘z ichiga firma o‘z kapitalining bozor qiymatini (UKBQ) hamda firma majburiyatlarining bozor (MBQ) qiymatini oladi. YA‘ni:
Firma boyligi O‘KB + MBQ
Firma boyligi — firma egalari (xoh ular yagona xo‘jay-in, xoh minglab aksiyadorlardan biri bo‘lsinlar) ixtiyorida bo‘lgan (yoki ular xohlasalar va o‘z mulklarini sotsalar, pul ko‘rinishida olishlari mumkin bo‘lgan) real boylikdir. SHu narsa ravshanki, firmaning real boyligi uning kapitali (yuqori likvidli aktivlar ko‘rinishida turgan kapitalni istisno qilgan holda) kanchalik ko‘pligi bilan emas, balki bu kapital tovarlar va xizmatlar bozorida firmaga qanday holatni ta‘-minlab berishi bilan belgilanadi. TTTu sababga ko‘ra, investitsiyalar firmalarning raqobatbardoshligini yaxshilasa va ular kapitalining daromadliligini oshirsa, ularning boyligi ko‘-payadi hamda egalari yanada boyiydilar. Aks holda investitsiyalar firma balansi passivlarini ko‘paytirgani holda uning raqobatbardoshligini oshirmasa, firmaning rentabelliligi pasayib ketishi, buning oqibatida esa uning boyligi kamayi-shi mumkin.
Aytilganlardan xulosa shuki, investitsiyalar, shu jumladan, real aktivlarga qilinadigan investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini baholashning asosiy mezoni bo‘lib, ularning firma boyligiga qanday ta‘sir etishi hisoblanadi.
II. Pul tushumlari haqida tushuncha.
Pul tushumlari -(pul ob‘ekt oqimlarining, safi yog‘u) iqtisodiy adabiyotlarimizda yaqindan buyon ko‘llanilayotgan atama bo‘lib, firma tijorat faoliyati natijasida olingan sof tu-shumlarni, ya‘ni pul kirimlari va chiqimlarini ko‘rsatadi.
Pul tushumlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Asosiy faoliyat bo‘yicha:
• naqd pul evaziga sotishdan olingan pul tushumi;
• pul o‘tkazish yo‘li bilan sotishdan olingan pul tushumlari.
2. Investitsiyalar bo‘yicha:
• qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalardan daromadlar;
• shu‘ba korxonalar va xorijdan tushumlar;
• aktivlarni sotishdan keladigan tushumlar.
3. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha:
• qimmatli qogozlarni sotishdan olingan tushumlar;
• qarzlar.
Firmaning pul chiqimlari quyidagalarni o‘z ichiga oladi: 1. Asosiy faoliyat bo‘yicha:
• xom ashyo va materiallar uchun to‘lovlar; -V;
• ish haqi to‘lovlari:
• soliq to‘lovlari;
• sug‘urta to‘lovlari.
2. Investitsiyalar bo‘yicha:
• asosiy kapitalni sotib olishga;
• asosiy kapitalni montaj qilishga.
3. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha:
• foizlar va dividendlar to‘lashga;
• sudalar va obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarni so‘ndirishga.
Pul tushumlari va chiqimlari o‘rtasidagi farq, ya‘ni sof pul tushumlari firma boyligi oshishini ta‘minlovchi sof pul krldig‘idir. Ammo firma faoliyatining yakuniy natijasini baholashda buxgalter yondashuvi bilan moliyachi yoki iqtisodchi yondashuvi o‘rtasida farq bor.
Buxgalter yondashuviga ko‘ra, firma faoliyatining yakuniy natijasini soliqlar to‘lagandan keyin firma ixtiyorida qol-gan sof daromad tashkil etadi. Moliyachi va iqtisodchi yondashu-viga ko‘ra, yakuniy natijaga nafaqat firma ixtiyorida qolgan srf daromad, balki foydalanilishi me‘yoriy hujjatlar bilan cheklab qo‘yilgan, ammo pirovardida firmaning umumiy boyli-giga qo‘shilib, uni ko‘paytiradigan pul mablarlari ham kiradi. Bunday mablag‘larga amortizatsiya ajratmalari hamda hisob-langan, ammo to‘lanmagan soliqlar kiradi.
Amortizatsiya o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, asosiy kapitalning ma‘naviy va jismoniy eskirishiii qo|shash uchun mablag‘ jamg‘arishni ta‘minlaydigan maksadli §jratmadir. Bu ajratmalar mikdori uch omilga bogliq:
•asosiy kapital tarkibiga kirgan uskunaning balans qiymatiga;
• uskunaning xizmat muddatiga;
• uskuna uchun beyagilangan amortazatsiyani xrsoblash uslubi.
Amortizatsiya ajratmalari maqsadli pul jamg‘armasini tashkil etish manbai bo‘lgani holda, shuningdek, firma foyda-sidan boshqa xarajatlar singari ayirib tashlansa-da, firma mulki bo‘lib qolaveradi. Firma asosiy kapitalni yangilashga kirishganda amortizatsiya jamg‘armasidan sof foyda kabi foy-dalaniladi. SHu nuqtai nazardan amortizatsiya jamg‘armasini shakllantirish firmaning investitsiya zahirasini jamg‘arish-ni anglatadi.
SHu sababga ko‘ra, hisoblangan amortizatsiyani firma ti-jorat faoliyatining yakuniy natijasiga, ya‘ni (sof) pul tushumlariga kiritish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobiniig Amerika standartlari GAAR (Genegally Asserted Assoipting Rrincip les) atamalaridan foydalansak, pul tushumlarini aniqlash tenglamasi quyidagicha yoziladi:
PT= MRT- (JX-A) - FT-Sto‘l.
Bu erda: PT — pul tushumlari;
MRT - mahsulot realizatsisidan tushum;
JX - jami xarajatlar;
A - amortizatsiya;
FT - foiz to‘lovlari;
S to‘l.- to‘langan soliqlar.
Iqtisodiy nazariya nuktai nazaridan qaraganda har qachon firmaning boyligi kelajakda bo‘ladigan barcha pul tushumla-rining hozirgi qiymatiga teng. Investitsiyalar maqsadga mu-vofiqligini aniklash uchun barcha pul tushumlari va chiqimla-ri to‘g‘ri baholanib, ular firma boyligini qanchaga ko‘paytiri-shi aniklab olinadi. Olingan natija esa yakuniy karor qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bitta korxonaning asosiy maqsadi foyda olish va iqtisodiy salohiyatni o‘stirishga qaratilgan. Investitsiyalar ushbu maqsadga erishishning vositasidir. Ammo, har bir sarmoyadorning qarorlari muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun investitsion tahlil natijalariga asoslangan bo‘lishi lozim.
To‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilgan investitsion tahlil quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:
- investitsiyalarning real ehtiyojlarini va investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligini baholash;
- korxonaning taktik va strategik maqsadlarini inobatga olgan holda sarmoyaviy yechimlarini tanlash;
- investitsiyalarning haqiqiy natijalariga, rejalashtirilgan yoki rejadan chetga chiqishlarga ta’sir etuvchi barcha omillarni aniqlash;
- investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar uchun xavf-xatarlarni aniqlash;
- korxonalarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan investitsion monitoringdan keyingi tavsiyalarni ishlab chiqish.
Investitsion tahlilning turlari bo‘yicha: kapital qo‘yilmalarga investitsiyalar va moliyaviy investitsiyalar tahliliga ajratiladi.
Investitsiyalar obyekti bo‘yicha: to‘liq korxona tahlili va alohida investitson jarayonlar tahliliga bo‘linadi.
Davri bo‘yicha: investitsiya oldi, joriy, operativ va investitsion faoliyatdan keyingi tahlilga ajratiladi.
Analitik izlanishlar hajmi bo‘yicha to‘liq va tematik tahlil turlariga bo‘linadi.
Shakli bo‘yicha investitsion tahlil: ichki va tashqi tahlil turlariga ajratiladi.
Investitson tahlil quyidagi tizimli ketma-ketlikda o‘tkaziladi:
- zarur axborotlarni tanlash va tayyorlash;
- dastlabki axborotni qayta ishlash va tahliliy axborotni shakllantirish;
- analitik axborotni talqin qilish;
- xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.
Investitsion tahlil ikkita muhim bosqichni o‘z ichiga oladi.Ularning har biri o‘z ichiga yana bir necha bosqichlarni oladi:
1-investitsion loyihaning samaradorligini baholash;
2-risklarni baholash.
Investitsion tahlilda moliyaviy tahlilning gorizontal, vertikal, trend, qiyoslash, koeffitsiyent, integral usullaridan foydalaniladi.


Yüklə 54,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə