Mavzu: Oqsil strukturalarini oldindan aytish va modellashtirish


-rasm. Peptid zanjirining



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#151411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Oqsil strukturalarini oldindan aytish va modellashtirish

2-rasm. Peptid zanjirining -spirallanishi.

3-rasm. Peptid zanjirining -strukturasi.
Oqsillarning uchlamchi strukturasi:- polipeptid zanjirining ixcham fazoviy konfarmatsiyasi tushiniladi. Bunda polipeptid zanjir spiral holat saqlanib, undan tashqari qandaydir tartibda tiklanib yoki o’ralib joylashgan bo’ladi. Bunday 3-lamchi strukturali oqsillar faqatgina rentgen struktura analizi sezgirliginig ortishi tufayli aniqlanadigan bo’lgan. Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq oqsillarning uchlamchi strukturasi aniqlangan. Ulardan ayniqsa ximotripsinogen, ribonukleaza, insulin, mioglabin, pepsin, gemoglabin, lizotsim, kaltsiy bog’lovchi oqsil, karboksipeptidaza va boshqalar ancha to’liq o’rganilgan.
Oqsil molekulalarining uchlamchi strukturasini saqlab turishda kovalent (disulfid) bog’lar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Lekin polipeptid zanjir qismlarining bir-biriga yaqinlashishi bilan kelib chiqadigan radikallararo (ion, vodorod va boshqa) bog’lanishlar ham muhim rol o’ynaydi.

4-rasm. Oqsillarning oligomer strukturasi:
a). – ikkilamchi struktura, b). – uchlamchi struktura, v). – to’rtlamchi struktura.
Oqsillarning uchlamchi strukturasi dinamik holatda bo’lib, muhitning ta`siriga qarab o’zgarib turadi. Ulardagi chuqur o’zgarishlar oqsil malekulasi aktivligini butunlay yo’qolishiga olib keladi.

5-rasm. Polipeptid zanjiridagi aminokislotalar radikallari o’rtasidagi bog’lanish tiplari.
Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi:- yirik malekulali oqsillar 2 ta va undan ortiq, ayrim hollarda ko’plab polipeptid zanjir, past molekulyar birikmalar, metall ionlaridan tashkil topgan biologik aktiv struktura holatida bo’ladi. Undagi har bir polipeptid zanjir protomer yoki kichik birlik deb ataladi.
Oqsillarning to’rtlamchi stpukturasi deyilganda, ana shunday kichik birliklardan tashkil topgan oqsil molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi tushiniladi. Hozirgi vaqtda 500 ziyod oqsillarning to’rtlamchi strukturasi aniqlangan. Ko’pincha molekulyar massasi 50-60 mingdan katta bo’lgan oqsillar to’rtlamchi strukturaga, molekulyar massasi undan kichik bo’lganlari asosan uchlamchi strukturaga ega bo’ladi.
To’rtlamchi strukturasi eng yaxshi o’rganilgan oqsillardan gemoglabin, immunoglobulin, laktatdegidrogenaza, glutamatdegidrogenaza, katalaza, tamaki mozaikasi virusiining oqsili va boshqalarni misol qilish mumkin.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə