Mavzu: pedagogik psixologiya fanining yuzaga kelish tarixi. Tayyorladi: Sayfiyev Mirsaid Mundarija



Yüklə 20,38 Kb.
səhifə4/6
tarix18.04.2023
ölçüsü20,38 Kb.
#106130
1   2   3   4   5   6
Mavzu pedagogik psixologiya fanining yuzaga kelish tarixi-fayllar.org

2. Eksperiment metodi. Sun'iy hosil qilingan psixologik sharoitda namoyon bo‘luvchi psixik faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Eksperimentator yoki tajriba o‘tkazuvchi psixik faoliyatning o‘ziga kerakli hodisasini maxsus tarzda hosil qiladi hamda uning namoyon bo‘lish sharti va xarakterini belgilaydi. Tajriba metodi o‘z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi.
Psixologik-pedagogik eksperiment - o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini tabiiy sharoitda maxsus usullar yordamida o‘rganishdir.
Mazkur eksperiment o‘quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta'lim sharoitida maqsadga muvofiq, ulardan o‘zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bo‘lib, maxsus uyushtirilgan ta'lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi. U quyidagi tuzilishga ıga: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yo‘l-yo‘riq, tajribaning bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash, eksperimentni rejalashtirish, olingan ma'lumotlarni ishlab chiqish, taxlil etish va izohlashdan iboratdir.
Anketa metodi. Kishilar psixikasini ommaviy so‘roq asosida o‘rganish demakdir. Bu metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarning munosabatlari o‘rganiladi. Anketa odatda uch turda o‘tkaziladi.
Ularning birinchi turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi
İkkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi.
Uchinchi turdagi anketada sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya ıtiladi.
Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Suhbat metodiırkin, nutqiy munosabat tufayli olingan kishi psixik faoliyatining xulosasini tekshirish demakdir. Bu metod yordamida inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obt'ekti va sub'ekti tanlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi.
Test metodi. Test - inglizcha «sinash», «tekshirish» degan ma'noni anglatadi, Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasb egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste'dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi.

Yüklə 20,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə