Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Eshitish qobiliyati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari, ularni turlarga ajratish



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə117/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Eshitish qobiliyati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari, ularni turlarga ajratish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli bo’lgan bolalar ko’pchilikni tashkil etadilar. Eshitish – borliqni tovushli hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson (tirik jonzod)ning tovushlarni anglash va farqlash qobiliyati. Eshitish eshitish organi yoki tovush analizatori (tovush ta’sirini qabul qiluvchi va ajratuvchi murakkab nerv tizimi) yordamida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyatining buzilishi ko’p hollarda muddatli bo’ladi. Masalan, o’rta qulog’ning tashkil topishi, shamollash, oltingugurt to’siqlarining yuzaga kelishi, tashqi va o’rta qulog’ining anomal tuzilishi (quloq suprasining bo’lmasligi yoki etarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yo’llarining bitib qolishi, quloq pardasidagi nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda. Zamonaviy meditsina ularni davolashning samarali metodlariga ega. Ular qatoriga konservativ va opErativ metodlarni kiritish lozim. Odatda samarali davolash, ba’zan uzoq vaqt davolash tadbiri olib borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi.
Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og’rish, zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab bo’lishi mumkin. Qulog’i og’irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko’ra: nasliy, tug’ma va kelib chiqqan tarzda turlarga ajratiladi. Yoshlikda eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keluvchi sabablar orasida quyidagilari alohida ko’rsatiladi: homiladorlikning birinchi uch oyida onaning virusli kasalliklar bilan og’rishi (qizamiq, kor, gripp, gepatit viruslari va boshqalar), rivojlanishdagi tug’ma nuqsonlari (masalan, labi va tanglayidagi yoriq), chala tug’ilish, kichik vaznli tug’ilishi (1500 dan kam) hamda yomon tug’ilishi kabilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga homiladorlik davrida onaning spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishi, antibiotiklarni qabul qilishi ham sabab bo’lishi mumkin. Karlikning nasliy o’tishi holati juda kam kuzatiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə