Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Ko’rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə120/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Ko’rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Ko’r tug’ilganlar.

  2. Erta ko’r bo’lib qolganlar.

  3. Uch yoshidan keyingi ko’r bo’lib qolganlar.

Ommaviy maktablarda ta’lim olganda yomon ko’ruvchi bola jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi kabi xususiyatlar predmetlarni tanib olish, ularning shaklini ajratish, o’ziga xos belgilarini bilib olishda ma’lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o’qish texnikasi egallab olish, o’qilganlarning mazmunini tushunishga halaqit beradi. Oddiy maktabda yomon ko’ruvchi bolalar doskada nima yozilganligini ko’rmaydilar, qarab bajariladigan ishlarni tashkil etishda yomon ko’radigan bolalar tez charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini pasaytiradi. Pedagoglarning oldidagi eng muhim vazifa - yomon ko’radigan bolani o’z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun PMPKga yuborishdan iborat. Yomon ko’radigan bolalarni o’qitish va tarbiyalash asosan maxsus (korrektsion) maktablarda amalga oshiriladi.
Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion o’qitish va tarbiyalash. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari bilan tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» – ko’r) – korrektsion pedagogika
(defektologiya)ning yana bir sohasi shug’ullanadi.
Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o’qituvchi korrektsion
ishlarning o’ziga xos jihatlarini bilishi zarur.
Refraktsiyasi anomaliyali bolalar tuzatuvchi ko’zoynak taqishlari kerak. Lekin ko’zoynak taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda bo’lishlariga muhtojlik sezadilar.
Maktabda va uyda o’quv ishlarini bajarishda sanitar-gigienik talablarga amal qilish lozim.
Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bola uchun ish o’rni to’g’ri va etarlicha yoritilgan bo’lishi kerak. Bunday bola dEraza yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o’tkazilishi kerak. Yaqinni ko’radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o’tkazilishi zarur. Uzoqni ko’radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o’tkazilishi talab etiladi.
O’qituvchi o’quvchining doska, jadval va xaritadagi o’quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Anomal refleksiyali bolalarda ko’zi charchashi ko’p kuzatiladi. Shuning uchun dars paytida ularga ko’rish ishlarini boshqa turdagi ishlar uyg’unlashtirib berishi zarur. Anomal refleksiyali bola 10-15 minut davomida intensiv ko’rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki dErazaga) qarashi kerak, bu ko’rish charchog’ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko’rish qobiliyati ancha og’ir bo’lgan – ko’r va yomon ko’radigan bolalarni o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko’rish qobiliyati og’ir buzilgan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.
O’z sinflarida og’ir ko’rish qobiliyati buzilgan bola bo’lgan o’qituvchilar bolaga differentsial yondashuv asosida munosabatda bo’lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko’rish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa ko’shimcha yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur. O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi,
Sinfida ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lgan o’qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə