Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Tayanchharakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə121/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Tayanchharakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funktsiyalarining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. nerv tizimining kasallanishi (bolalar tserebral paralichi (BTsP), poliomielit);

  2. tayanch-harakat apparatining tug’ma patologiyasi; sonning tug’ma chiqqanligi; bo’yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog’onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo’l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo’li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug’ma mayiblik);

  3. orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo’l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).

Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo’lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini tserebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo’ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korrektsiyaga ham muhtoj bo’ladilar.
Harakatlanish buzilishlari o’rtacha darajada bo’lgan bolalar yurishni o’rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining engil shaklida bolalar uyda va ko’chada mustaqil, qo’rqmay yura oladilar, o’zlariga to’la xizmat ko’rsatadilar.
4.Inklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari.

“Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə