Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə119/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi:

  • eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari, shuningdek, eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko’ra ularni o’qitish qonuniyatlarini pedagogik jihatdan o’rganish;

  • eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta’lim mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga oshirish;

  • eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o’qitishning didaktik va maxsus metodikalarini

yaratish;

  • qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha maxsus ta’lim texnologiyalarini

yaratish, pedagogik sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va boshqalar.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida eshitish qobiliyati bir oz pasaygan bolalar o’qishi mumkin. O’qituvchi bola tomonidan darsda bildirilayotgan fikrlarni yaxshi eshita olishiga e’tibor berishi, buning uchun bolani birinchi yoki ikkinchi partaga, iloji bo’lsa o’rta qatorga o’tkazish kerak. Shuningdek, o’qituvchi bola uning gaplarini to’g’ri tushuna olganligi, topshiriqni to’g’ri bajarayotganligini nazorat qilib turishi kerak. Ba’zida eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida eshitadigan tengdoshlari bilan birga muvaffaqiyatli o’qiydilar.
O’qituvchi eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bola sinfga qabul qilinganda ularning psixofiziologik hamda nutq rivojlanishi xususiyatlarini bilishi talab etiladi.
Ko’rish qobiliyati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Ko’rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash xususiyatlari bilan tiflopedagogika shug’ullanadi (yunoncha «typhlos» – ko’r) – korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Ko’rish ko’rish analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya ko’rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma’lumotlarni oladi. Bolaning ko’rish qobiliyati buzilganda uni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Bolalarda ko’rish qobiliyati buzilishining sabablari turlicha bo’lib, ular nasliy kasalliklar, homila ona qorinida rivojlanayotganda ko’rish organlari patologiyasining yuzaga kelishi, homiladorlik paytida onaning tokeplazmoz, qizamiq va boshqa og’ir kasalliklar bilan og’rishi va hokazo omillardan iborat bo’lishi mumkin.
Ko’rish qobiliyatining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi.
Tug’ma ko’r bo’lish homilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko’rish nuqsonlarining yuzaga kelishida nasliylik ham ko’zga tashlanadi.
Orttirilgan ko’rlik odatda ko’rish organlari – to’r pardasi, shoh parda yoki markaziy nerv tizimining kasallanishi (meningit, miya shishi, meningoentsifalit), organizmning umumiy kasallanishidan keyingi asoratlari (kor, gripp, skorlatina), shuningdek, miya yoki ko’zning jarohatli shikastlanishi (boshi yaralanishi, shikastlanishi) oqibatida bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə