Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Ta'limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə126/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Umumiy pedagogika majmua

2. Ta'limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquqlari
Ta'limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;
ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;
davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta'minlash; o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish; o‘quv va o‘quv-uslubiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
3.Umumiy o’rta va o’rta-maxsus, kasbiy ta’limini boshqarish
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy o‘rta ta’lim haqida”gi Nizomi. O’zbekiston Respublikasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida»gi Nizomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Umumiy o’rta ta’limning maqsadi va vazifalari.

  3. Umumiy o’rta ta’limni tashkil etish.

  4. O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  5. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  6. Umumiy o’rta ta’limni boshqarish.

  7. Mablag’ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

  8. Xalqaro hamkorlik.

Nizomga asosan, umumiy o’rta ta’limning maqsadi o’quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro’yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, majburiy va qo’shimcha komponentlar umumiy o’rta ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi.
Majburiy komponent davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va o’quvchilarni tayyorlashning o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o’rganish va kasb egallash uchun etarli bo’lgan zarur darajasini belgilaydi.
Qo’shimcha komponent o’quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiytexnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo’shimcha o’quv yuklanmalarining hajmi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O’quvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o’tkazish ham nazarda tutiladi.
Bosqichli nazorat o’quv yili tamom bo’lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim xalqaro hamkorlik asosida ham tashkil etiladi. «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida»gi Nizomning sakkizinchi bo’limida qayd etilganidek, umumiy o’rta ta’limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta’lim muassasalari halqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba o’rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg’armalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Mazkur Nizom umumiy o’rta ta’lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini
o’zida ifoda etadi.
«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to’g’risida»gi Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi maslalar yoritilgan

  1. Umumiy qoidalar.

  2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni

tashkil etish.

  1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o’quvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  2. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.

  4. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag’ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

  5. Xalqaro hamkorlik.

Umumiy qoidalarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o’rta ta’lim negizida o’qitish muddati 3 yil bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə