Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Oʻqituvchining tarbiyaviy maqsadlarni toʻgʻri tanlashi, volyuntaristik (koʻngilchanlik) xarakterga



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə92/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Oʻqituvchining tarbiyaviy maqsadlarni toʻgʻri tanlashi, volyuntaristik (koʻngilchanlik) xarakterga

ega boʻlmasligi lozim. U pedagogikaning uslubiyoti, jamiyatda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, ushbu jarayon

yoʻzasidan qabul qilingan maxsus qonun va qoidalar asosida belgilanadigan maqsadlar va milliy qadriyatlar

toʻgʻrisidagi falsafiy tasavvurlar, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va

boshqa oʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tarbiya texnologiyasida oʻqituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli darajada boʻlishi va bosqichma-bosqich bir-biriga boʻysunishi, ketma-ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati - davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim.Aytish mumkinki, asosiy daraja - mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati toʻgʻrisidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja - ta’lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya’ni davlat ta’lim standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va ta’lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja - muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi.
Shaxsni shakllantirish, boshqarish tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma’naviy va axloqiy xislatlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta oʻylab toʻzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi,shakl va metodlari, shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, oʻqituvchining tarbiyalash maqsadlarini toʻgʻri belgilashi va yoʻlga qoʻya olishiga nisbatan gʻoyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.
Barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar 3 asosiy jihatlarga ahamiyat berishlari lozim: nazariy, ruhiy, amaliy.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə