Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə91/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

o’quvchilarga tegishli omillar:

  • -davomat pastligi, mashg’ulotga kechikib kelishi;

  • -zarur tayyorgarliksiz kelishi;

  • -ilmiy atamalarni bilmasligi;

  • -diqqatni jamlay olmasligi;

  • -eshitish qobiliyatidagi va tinglash ko’nikmasidagi kamchiliklar;

  • -qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi;

  • -dars mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasining pastligi;  -manfaatdorlikning kamligi va boshqalar.

Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar:

  • ta’lim vositalarining etishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo’lishi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi;

  • mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlarini va sonini to’g’ri tanlamaslik;

  • vositalarni mashg’ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo’ymaslik;

  • vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar.

Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg’ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg’ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.
3. Tarbiya texnologiyasi tushunchasi
Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va

ungaerishishga sharoit yaratadi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining

shakllari; metodlari, usullari va vositalarini oʻqituvchi toʻgʻri tanlab natijalarga erishishini ta’minlaydi. U

ilmiy modellashtirish (loyihalashtirish) asosida amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy maqsadlar

bir xil ma’noda beriladi hamda oʻqituvchi tomonidan insonning shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini

rivojlantirishning muayyan bosqichlarini obyektiv ravishda oʻlchash va baholash imkoniyatlarini yaratadi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi har qanday pedagogik tizimda - ilmiy muammolar bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan tushunchadir. Biroq, agar ilmiy muammo tarbiyalanuvchiga bilim berish, ilmiy tafakkurini oshirish hamda koʻnikma va malakalarini shakllantirish kabi maqsadlarni ifodalaydigan boʻlsa, u holda tarbiya texnologiyasi oʻqituvchiga oʻquvchilarni tarbiyalash yoʻlyoʻriqlari va ularga erishish vositalarni toʻgʻri yoʻnaltirishga yordam beradi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy muammo sifatida oʻquvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun lozim boʻlgan va komil insonga xos barcha insoniy fazilatlarni muayyan shart-sharoitlarda uzluksiz tarbiyalash asosida takomillashtirishni nazarda tutadi, bu esa ta’lim mazmunining oʻziga xos xususiyatlarini ham belgilaydi.
Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turtki asosan nimada ekanligi toʻgʻrisida savol paydo boʻladi. Pedagogikada inson tarbiyasiga qoʻyiladigan, uning hayotida yuzaga keladigan talablar va uning huquqiy imkoniyatlari, ijtirmoiylashuvi, shaxsiy rivojlanish darajasi oʻrtasidagi ziddiyatlar bunda asosiy manba boʻlib hisoblanadi. Ushbu talablar uning yosh xususiyatlarigamuvofiqkelgandagina, insonni tarbiyalash va uni shaxs sifatida rivojlantirish jarayonining boshlanishiga turtki boʻladi. L.S.Vigotskiy bolaning biror harakat-u kattalarning yordamisiz bajara olishi mumkin boʻlgan holatini dolzarb rivojlanish hududi deb atagan. Bola oʻqish jarayonida biror yangi narsani oʻqituvchining yordami bilan salohiyatli tarzda oʻzlashtirishga qodir boʻlgan daraja yaqin rivojlanish hududi bilan belgilangan. Hududlar orasidagi masofa ziddiyatli tarbiyaviy holatni vujudga keltiradi - tarbiyaviy jarayonning bunday holati shaxsni shakllantirishda vujudga keladigan va erishiladigan yutuqlar oʻrtasidagi tafovut mavjud boʻlganda yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshiliklarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻqituvchi-tarbiyachi belgilangan tarbiyaviy maqsadlarni oʻz maromida uzluksiz, mukammal amalga oshirishi lozim. Shundagina tarbiyaviy nuqsonlarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga shart-sharoit yaratiladi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə