Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro'yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə87/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro'yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi:

  • ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;

  • pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;

  • samarali va ahamiyatli meyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;

  • shaxsning o'z taqdirini o'zi belgilash va o'zini o'zi namoyon qila olishi asosida o'z rivojlanishini ta 'minlash.

Shu tariqa o’qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivoj-lanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o'z-o'zini anglash quyidagilarni qamrab oladi: o'zini boshqalarga qiyos qilish asosida o'z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o'zi to’g’risidagi kreativ ko'rinishlar va tasavvurlari to'plami; individual kreativ o'ziga xosliklaming bir butunligi va uyg’unligi , ichki birligi; shaxsning o'z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o'zini namoyon qila olishi va o'zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o'zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o'zining o'rnini anglay olishi (V.A.Slastenin).
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining kasbiy mahorati cho'qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsifiaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi:

  • fikrning ravonligi;

  • fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olishi;

  • o'ziga xoslik (originallik);

  • qiziquvchanlik;

  • farazlar yaratish qobiliyati;

  • xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)

M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sotsial — ijodiy faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.
Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon — natija tavsifidan, kreativlikni belgilashda esa sub’ekt — shartlilik tavsifidan foydalanadi.
Ijod mezonlari, uning psixologik mexanizmlari, ijodiy tafakkurning rivojlanish texnikasi V.A.KanKalik, Ya.A.Ponomarev, S.Yu.Stepanov, T.V.Frolov va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan.
D.B. Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilab berilgan. Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni ko'rsatadi hamda uning uchta bosqichini ajratadi:
shaxsning bu bosqichiga, unga tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz qabul qilish xarakterlidir;
intellektual faollikning evristik bosqichi. Bu bosqichda o'z faoliyati tarkibi va tuzilmasini tahlil qilish davom etadi, yangilik ochish oqilona hal qilishga imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanadi;
intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo'lga kiritilgan empirik qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo'lib qoladi.
rag’batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq (ekstensiv) aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə